Multimedia vositalarining afzalliklari va uni ta’limda qo`llash muammolari. Hozirgi amaliyot shuni ko`rsatmoqdaki, multimedia vositalari yordamida tinglovchilarni o`qitish an’anaviy ta’limdan ikki barobar samarali bo`lmoqda.
Ta’lim sohasida multimedia vositalari yordamida tinglovchilarga bilim berish afzalliklari quyidagilardan iborat:
- ta’lim jarayonida berilayotgan materiallarni chuqurroq va mukammalroq o`zlashtirish imkoniyatining mavjudligi;
- ta’limning turli shakllaridan bir vaqt o`zida foydalanish imkoniyatining paydo bo`lishi.
- boshqa fan sohalari bilan yaqindan aloqa qilish ishtiyoqini yanada oshishi;
-dars jarayonida bilim olish vaqtining qisqarishi natijasida vaktni tejash imkoniyatiga erishilishi;
-olingan bilimlarning kishi xotirasida uzoq muddat saqlab qolish va uni amaliyotda qo`llash mumkinligi.
Multimediani ta’lim jarayoniga qo`llashning ayrim muammolari ham mavjud, jumladan:
- ta’lim uchun zarur bыlgan o`quv materiallarini hamda boshqa zaruriy ko`rsatmalarni elektron qo`llanma shaklida yoki o`quv kompyuter dasturlari ko`rinishida ishlab chiqish;
- ishlab chiqilgan o`quv kompyuter dasturlari uchun multimedia elementlarini qo`llash.
Multimediali o`quv materiallarini ishlab chiqishda hozirda Respublika ilmiy metodik markazlarida va uni ta’lim jarayonida qo`llash bыyicha tatqiqot ishlari boshlab yuborilgan. Bunga yetakchi mutaxassislar jalb qilingan va ta’lim o`quv materiallari yo`nalishlari bo`yicha yaratilmoqda.
Multimedia vositalari bilan ishlash.Video yoki audio multimedia vositalarini kompyuterda juda ko`p dasturlar orqali ishlatiladi. Video, audio bilan ishlovchi dasturlar qatoriga, jumladan, Windows Media Player, Winamp va boshqalar kiradi.
Windows Media Player dasturini ishlatishni ko`rib o`tamiz.
Windows o`rnatilgan barcha kompyuterlarda Windows Media Player dasturi Windows bilan birgalikda o`rnatilgan bo`ladi. Windows Media Player dasturini ishga tushirish uchun Windowsning Pusk tugmasi bosiladi, keyin Bosh menyudagi Programmi menyu ostidan Standartnie qismiga kiriladi va Windows Media Player ishlatiladi.