veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
5
2023-yil 2-son
TIL VA ADABIYOT
TA’LIMI
ANGUAGE AND LITERATURE
TEACHING
L
Я
ПРЕПОДАВАНИЕ
ЗЫКА И ЛИТЕРАТУРЫ
Dolzarb mavzu
Bu o‘z-o‘zidan o‘quvchilarimizning darslarga qizi qish
xususiyatini oshirish va o‘qituvchilarning har tamonla-
ma ta’lim-tarbiyaga e’tiborini kuchaytirishni talab etadi.
Yuqoridagi talablar ta’lim tizimi uchun juda muhim bo‘lib,
aksariyat xorijiy davlatlardagi kabi ta’lim va fan sohalari
rivojlanishini baholash va monitoring qilish orqali ta’lim
sifatini oshirishga qaratilgan ilg‘or tajribalarni sohaga
jalb qilish kerakligini anglatadi.
Ta’limni baholash xalqaro tadqiqotlarida ishtirok
etish O‘zbekistonga nima beradi?
– tadqiqotlarda olingan natijalar mamlakat ta’lim si-
fati va uning xalqaro standartlarini hisobga olgan holda
uning xalqaro reytingda egallagan o‘rni to‘g‘risida xulo-
salar chiqarish imkonini beradi;
– milliy ta’lim tizimini isloh qilish, ta’lim mazmuni-
ni, pedagog kadrlar tayyorlash va ularning malakasini
oshirish dasturlarini takomillashtirish hamda mutaxas-
sislar tomonidan darsliklarning yangi avlodini yaratish-
da qo‘llaniladi;
– xalqaro tadqiqotlar ta’lim sohasidagi milliy tad-
qiqotlarni sifatli o‘tkazishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi;
– xalqaro standartlar darajasida yuqori iqtisodiy sa-
maraga asoslangan milliy baholash tizimini yaratish im-
konini beradi;
– O‘zbekistonda turli tashkilotlarning yetakchi mu-
taxassislarini jalb qilgan holda xalqaro tadqiqotlarda
ishtirok etish orqali mahalliy mutaxassislarimizda mo-
nitoring tadqiqiotlarini o‘tkazish madaniyati rivojlanadi,
ta’lim sifatini baholashning xalqaro standartlarga mos-
lashuviga olib keladi;
– milliy ta’lim sifatini baholash nazorat materiallarini
xalqaro tadqiqotlarda qo‘llaniladigan nazorat material-
lari sifati darajasida ishlab chiqish imkonini beradi.
Mazkur tadqiqotlar doirasida O‘zbekiston
Respublikasi o‘quvchi-yoshlarining savodxonlik dara-
jalari ilk bor sinab ko‘rilar ekan, bunga o‘ta mas’uliyat
bilan tayyorgarlik ko‘rish talab etiladi. Buning uchun,
xalqaro tadqiqotlar talablariga mos ravishda ishlab
chiqilgan topshiriqlar asosida tajriba-sinovlar o‘tkazish,
o‘quv jarayonlariga bosqichma-bosqich integratsiya
qilib borish orqali o‘quvchilarda maxsus ko‘nikmalarni
rivojlantirib borish muhim ahamiyat kasb etadi, umum-
ta’lim muassasalari rahbarlari, pedagoglar, o‘quvchilar
foydalanishlari maqsadida o‘quvchilarning matematik,
tabiiy-ilmiy fanlar va o‘qish savodxonligini baholashga
qaratilgan topshiriqlarni o‘rganish muhimdir. Buning
dalili sifatida ko‘rish mumkinki, 2022-yilda ta’lim 7 tilda
olib boriladigan maktablar uchun milliy reyting asosida
6-, 7- hamda 10-sinf darsliklari nashrdan chiqib, o‘quv-
chilar shu darsliklar bo‘yicha bilim olmoqda. Hozirgi
vaqt
da pedagoglar uchun “Pisa testlari”ni yechish
ko‘proq qiyinchilik tug‘dirmoqda. Shu muammoni bar-
taraf etish uchun eng avvalo test tushunchasini chuqur
tushunib olishimiz zarur.
Dostları ilə paylaş: