o’qitishning eng tabiiy samarali usulidir, chunki ilmiy bilimlar mantig`i o’zida
muammoli vaziyatlar mantiqini namoyish etadi.
Muammoli vaziyatlar kiritilib, an’anaviy, bayon etish o’quv materialining eng
maqbul tarkibi hisoblanadi. Pedagog muammoli vaziyat yaratadi, tinglovchini uni
yechishga yo’naltiradi, yechimni izlashni tashkil etadi. Muammoli o’qitishni boshqarish
pedagogik mahoratni talab etadi, chunki muammoli vaziyatning paydo bo’lishi
individual holat bo’lib, tabaqalashtirilgan va individuallashtirilgan yondashuvni talab
etadi.
Muammoli o’qitish, ijodiy jarayondan nostandart ilmiy - o’quv masalalarni
nostandart usullar bilan yechishni taqozo etadi. Tahsil oluvchilarga mashq uchun
beriladigan masalalar, olingan bilimlarni mustahkamlash va malakalar hosil qilish
uchun xizmat qilsa, muammoli masalalar esa faqat yangi yechimlar izlashga qaratiladi.
O’quv materialini muammoli taqdim etilishining mohiyati shundaki, unda
ma’ruzachi bilimlarni tayyor holda taqdim etmasdan, tinglovchilar oldiga muammoli
masalalar qo’yadi, ularni yechimining yo’llari va vositalarini izlashga undaydi.
Muammo, yangi bilimlar va harakat usullar sari, o’zi yo’lga boshlaydi.
Shuni qat’iyatlik bilan ta’kidlash lozimki, bu yerda yangi bilimlar ma’lumot
uchun emas, balki muammo yoki muammolarni yechimi uchun beriladi. An’anaviy
pedagogik usuldagi – bilimlardan muammoga qarab – tinglovchilar mustaqil ilmiy
izlanish ko’nikma va malakalarini hosil qila olmaydi, chunki ularga o’zlashtirish uchun
tayyor natijalar taqdim etiladi. Muammoning yechimi ijodiy fikrlashni taqozo
etadi.O’zlashtirilgan bilimlar shablonlarni takrorlash bilan bog`liq bo’lgan reproduktiv,
psixik jarayonlar, muammoli vaziyatlarda hech qanday samara bermaydi.
Agar inson muntazam tayyor bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirishga o’rgatilgan
bo’lsa, uning tabiiy ijodiy qobiliyatini so’ndirish ham mumkin; u mustaqil fikrlashni
«esdan chiqaradi» fikrlash jarayoni muammoli masalalarni yechishda a’lo darajada
namoyon bo’ladi va rivojlanadi.
|