Prezident maktabi testlari kanali
http://t.me/pmtests
Prezident maktabi ingliz tili testlari kanali
http://t.me/pmtests_english
19-mart 2023-yil
A daraja
“ASSESSMENT DEVELOPMENT" LC,
“CURIOSITY” LC,
“PERFECTO ACADEMIA” LC
4
11.
Mis eshik ruchkalari taxminan 8 soat ichida oʻzlarini dezinfeksiya qiladi. Mis
bakteriyalar, zamburugʻlar, viruslar va boshqa mikroorganizmlar uchun zaharli hisoblanadi.
Demak, eshik ruchkalarini misdan tayyorlash orqali biz bakteriyalarning tarqalishini
kamaytirishimiz mumkin.
Quyidagilardan qaysi biri yuqoridagi xulosani kuchaytiradi?
A) Boshqa turdagi moddalardan tayyorlangan eshik ruchkalari bakteriyalarni tezroq yo’q
qiladi. Shuning uchun eshik tutqichlarini misdan tayyorlamaslik kerak.
B) Mis arzon mahsulot sifatida qaralgani uchun ko’pchilik misdan foydalanmaydi.
C) Eshik tutqichlari misdan yasalgan bo’lsa ham uni tozalab turish lozim. Aks holda yomon
oqibatlarga olib kelishi mumkin.
D) Mis tutqichlarda qolib ketgan bakteriyalar 8 soatdan so’ng aniq yo’q bo’ladi va undan
keyin odamlarga xavf tug’dirmaydi.
12.
O’yin o’ynash ko’pincha yoqimli mashg’ulot sifatida ko’riladi. Ammo, bu har doim ham
zavqli emas. Ayniqsa, o’yin o’ynash vaqtidagi charchoq hosil bo’lishi juda yomon. Ba’zan
o’yin o’ynashni jazo sifatida qo’llash mumkin. Gap shundaki, bu jarayon dastlab
jazolanuvchiga yoqishi mumkin. Ammo, kuchli charchoq hosil bo’la boshlagach bu holat
jazolanuvchiga xuddi og’ir mehnat qilayotganday ta’sir o’tkaza boshlaydi. Shuning uchun
ham hamma narsaning me’yorini bilish juda muhim. Hatto, hamma sevimli deb bilgan
telefon o’yinlarini o’ynash ham og’ir jazo bo’lib xizmat qilishi mumkin.
Quyidagilardan qaysi biri yuqoridagi xulosani kuchaytiradi?
A) Hamma narsaning me’yorini bilgan odamlar ularga amal qiladilar.
B) Me’yordan ozgina chetga chiqish unchalik yomon oqibatlarga olib kelmaydi.
C) Me’yoridan ortiqcha ovqatlanish ham odamga kuchli og’riq berishi mumkin.
D) Odamlar hamma narsaning me’yorini o’zlari belgilaydi va agar ular uchun ko’proq o’yin
o’ynash me’yor bo’lsa, demak bu tabiiy holat.
13.
Mobil telefonlar birinchi marta ishlab chiqarilishni boshlaganida, yirik telefon
kompaniyalari ushbu yangi texnologiyani deyarli reklama qilmadilar. Aloqa kompaniyalari
tomonidan kuchli reklamalar bo'lmaganiga qaramay, mobil telefonlar sotuvi boshqa har
qanday iste'mol tovarlari sotuvidan ko'ra tezroq o'sdi. Demak, biz biror tovarni sotib olsak,
biz buni reklamadan ta’sirlanganimiz uchun emas, balki ularni xohlaganimiz uchun sotib
olamiz.
Quyidagilardan qaysi biri yuqoridagi argumentdagi nuqsonni bildiradi?
A) Argumentda odamlar mobil telefonlardan foydalanishi muhimligi aytilmoqda.
B) Matnda birgina mobil telefonlar misolidan umumiy xulosa chiqarilmoqda.
C) Matnda mobil telefonlarning inson sog'lig'iga mumkin bo'lgan xavf-xatarlari e'tiborsiz
qoldirilgan.
D) Matnda telefon kompaniyalari yomon marketing qo’llagani aytilmoqda.
Dostları ilə paylaş: