Ingliz tilini o’rganishda antonim so’zlarning ahamiyati ilmiy rahbar: ndpi chet tillar fakulteti dotsenti, f f. n. M. S. Qayumova 2-kurs magistiranti M. T. Gapparova



Yüklə 25,42 Kb.
səhifə1/2
tarix02.12.2023
ölçüsü25,42 Kb.
#171191
  1   2
Sinonimiya til birliklari orasidagi semantik mikrosistemalardan


INGLIZ TILINI O’RGANISHDA ANTONIM SO’ZLARNING AHAMIYATI
Ilmiy rahbar: NDPI chet tillar fakulteti dotsenti, f.f.n. M. S. Qayumova
2-kurs magistiranti M.T. Gapparova

Annotatsiya
Ushbu maqolada til o’rganuvchilarining lug’at boyligini kengaytirishda antonimlarning ahamiyati haqida fikr yuritiladi. Antonim so’zlarning xususiyatlari misollar orqali yoritib beriladi.
Tayanch tushunchalar: antonimlar, maqollar, til o’rganuvchilarining lug’at boyligi.

Antonimlar (zid maʼnoli soʻzlar) — grekcha anti — „zid“, „qarama-qarshi“ onoma yoki onyma — „nom“ degani boʻlib, qarama-qarshi tushunchalarni ifodalaydigan soʻzlarga nisbatan ishlatiladi, yaʼni maʼno jihatdan bir-biriga zid boʻlgan soʻzlar antonim deyiladi. Antonimik juft hosil boʻlishi uchun ikkita mustaqil tushuncha maʼno jihatdan oʻzaro qarama-qarshi boʻlishi kerak. Feʼllardagi boʻlishli-boʻlishsizlik xususiyati antonimlikni vujudga keltirmaydi. Biz koʻpincha antonimlarni maqollarda koʻp uchratamiz.


Eng avvalo, antonimlar so‘z boyligini kengaytirish uchun zarurdir. Antonimlarni o'rganish orqali o'quvchilar so'z doirasini samarali ravishda ikki baravar oshirishlari mumkin. Masalan, “chiroyli” so‘zini tushunganingizdan so‘ng, uning antonimi “xunuk”ni bilish sizga butunlay yangi g‘oyalar va tavsiflarni ifodalash imkonini beradi. Qanchalik ko'p antonimlarni o'rgansangiz, tilingiz shunchalik aniq va rang-barang bo'ladi. Bu ko'p qirralilik yozma va og'zaki muloqotda bebahodir.
Masalan: like a bat out of hell- go like a bomb-in a crack (bir zumda, tezda) iboralari sinonim ekanligiga hech qanday shubha yo‘q. Lekin shuni unutmaslik kerakki sinonim iboralar leksik tarkibida biror komponent ayni bir so’z bilan ifodalangan bo’lishi mumkin. Ammo bunda iboralar tarkibidagi boshqa-boshqa so’z bilan ifodalangan komponetlar o’zaro sinonim bo’lmasligi shart. Aks holda bir iboraning variantlariga teng bo’ladi.
Masalan: on one’s own- under one’s own power-of one’s own hat (mustaqil ravishda) sinonimik qator tarkibidagi “own” so’zi takrorlanayotganiga qaramay ular variantdosh emas, sinonim birliklar hisoblanadi. Chunki variantlanish alohida hodisa hisoblanib bunda ibora boshqa bir iboraga aylanmaydi, bir iboraga xos obraz birligi lug‘aviy ma’no birligi saqlanadi. Variantlanish iboraga xos yaxlitlikning o‘z doirasida, shu yaxlitlik yo‘l qo‘ygan darajada voqe bo‘ladi.
“Masalan, be on smb’s back-get on smb’s back (kimningdir boshiga chiqib olmoq); bad egg- bad hat (iflos, past odam) birliklari variantdosh iboralardir.”1
Frazeologik sinonimlar bilan variantlar o’rtasida ko’pgina umumiy tomonlar mavjud. Kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, frazeologik sinonimiya variantdoshlikka nisbatan ancha keng tushunchadir. Frazeologik sinonimlar va frazeologik variantlar ingliz tilining kuchli tasviriy uslubiy manbalari sanaladi. Shuning uchun lug’atlarda frazeologik sinonimlar ham frazeologik variantlar ham o’z aksini topishi lozim. Variantdosh frazeologik birliklarni sinonim frazeologik birliklardan farqlash frazeologik stilistikaning eng muhim masalalaridan biridir. Bu hol ayniqsa sinonim iboralarning uslubiy tarmoqlanishi haqida so’z yuritilayotganda muhim ahamiyat kasb etadi.
“Sinonimiya–ma’no asosida belgilanadigan hodisa. Ayni bir ma’nolilik monosemantik frazeologik birliklarda ibora bilan ibora orasida belgilanadi. Agar sinonimik munosabatga polisemantik ibora qatnashsa iboradan emas balki konkret frazeologik ma’nodan kelib chiqish lozim.”2 Chunki har bir frazeologik ma’no o’zicha sinonimga ega bo’lishi yoki bo’lmasligi mumkin.Masalan “feel one’s oats” polisemantik iborasini olsak, birinchi ma’nosi “o‘ynoqi, chopqir bo‘lmoq” bo‘lib tulporlarga nisbattan qo‘llaniladi va hech qanday sinonimga ega emas. Ikkinchi ma’nosi bo‘lsa insonlarga nisbattan ”sho‘x, hazilkash bo‘lmoq“ bo‘lib “make good cheer” iborasi bilan sinonim hisoblanadi.
Sinonimik munosabatga qatnashuvchi (bir sinonimik uyaga birlashuvchi) iboralarning miqdori ham har xil: ko’pchilik uyalar ikki sinonimli, uch sinonimli uyalar ham anchagina, to’rt iborani birlashtiruvchi uyalar ham mavjud.
Masalan ingliz so‘zlashuv uslubiga xos sinonim iboralar: rough as bags-bad hat (dag‘al, qo‘pol) give smb down the blanks- lay the blast (tanbeh bermoq); be up in the air- get off one’s bike-hit the ceiling (qattiq g‘azablanmoq); cool beggar- cool car custumer-smart Aleck (surbet); to be out of one’s box-go out of one’s mind-to be soft in the head-addle brained-go nuts (aqldan ozgan, esini yegan).
“Frazeologik uyalar tarkibiga turli ko’rinishli hamda turli xususiyatli frazeologik birliklar kiritilishi mumkin:
1) Umumiy komponentlarga ega bo’lgan frazeologik sinonimlar: have a head on one’s shoulders -have one’s head screwed on (the) right way – tushunadigan, aqli raso, zehnli; bunday frazeologik qatorlar analogiya asosida vujudga keladi.
2) Ma’nodosh hamda ma’nodosh bo’lmagan komponentlarga ega bo’lgan frazeologik sinonimlar: (as) clear as day (day—light)-(as) plain as a pikestaff (as the nose on your face) –kunday ravshan, ochiq-oydin; (as) crazy as a fox - (as) mad as a march hare (as a hatter) esi og’gan, jinni; clear va plain, crazy va mad so’zlari ma’nodosh so’zlar hisoblanadi.
3) Umumiy komponentlarga ham, ma’nodosh komponentlarga ham ega bo’lmagan frazeologik sinonimlar: down at heel-out at elbow-bechorahol, isqirt kiyingan; in a crack-like a bat out of hell (bir zumda, ko‘z ochib yumguncha);”3
Frazeologik qatordagi sinonim iboralar umumiy bir ma’noni anglatishiga qaramay har doim ham birining o‘rniga ikkinchisi qo‘llanila olmaydi. Chunki har bir ibora o‘ziga xos emotsionallikga, uslubiy semalariga ega bo‘ladi. Sinonimlik uchun xos bo‘lgan umumiy ma’no semalaridan tashqari o‘ziga xos ma’no qirralarini o‘zida mujassamlashtiradi. Masalan an eager beaver hamda ball off fire sinonimlari uchun umumiy sema, ”tinib tinchimas” lik bo‘lsa, birinchi birlik ko‘proq tirishqoq, serharakat ishchilarga nisbattan qo‘llaniladi. Ikkinchi iboramiz esa olov, uchar, epchil odamlarga nisbattan qo‘llaniladi.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlab o‘tish mumkinki, sinonimlik hodisalarini o‘rganish ingliz tili frazeologizmlarini kengroq tushunishga hamda ularning o‘zaro semantik stilistik munosabatlarini kengroq ochib berishga asos bo‘lib xizmat qiladi. Sinonimik munosabatlar frazeologik birliklar uchun xarakterlidir. Aynan mana shu ma’no munosabatlari tufayli frazeologik birliklarning ma’noviy paradigmalarini tuzish, hamda ularni semantik jihatdan izohlash, uslubiy o‘ziga xosliklarini ifodalab ko‘rsatishimiz mumkin.



Yüklə 25,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin