Inklyuziv talim jahon miqyosidagi hujjat (Yunesko)


-Jahon miqyosida va O’zbekistonda inklyuziv talimning nazariy va amaliy asoslari



Yüklə 357,81 Kb.
səhifə66/78
tarix24.12.2023
ölçüsü357,81 Kb.
#191742
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   78
Inklyuziv talim jahon miqyosidagi hujjat (Yunesko)-1

131-Jahon miqyosida va O’zbekistonda inklyuziv talimning nazariy va amaliy asoslari.
Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 18 noyabrda qabul qilgan "O’zbekiston Respublikasining nogironlarni reabilitasiya qilish bo’yicha 1996-2000 yillarga mo’ljallangan Davlat dasturi"da sog’lom avlod tarbiyasiga davlat ahamiyatiga ega bo’lgan vazifa sifatida qarash lozimligi ko’rsatilgan.
"O’zbekiston Respublikasi nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to’g’risida O’zbekiston Respublikasining 1991 yil 18 noyabr № 422-XII Qonuni"ning 2-moddasida "Nogironlar O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va boshqa Qonun hujjatlari bilan mustahkamlab, quyidagi barcha ijtimoiy, iqtisodiy, hamda shaxsiy huquq va erkinliklarga egadirlar. Nogironlarni kamsitish ta’qiqlanadi va qonunga muvofiq jazolanadi" deb qat’iy belgilangan. Bundan tashqari Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 11 noyabrda qabul qilgan "O’zbekiston Respublikasi nogironlarni reabilitasiya qilish bo’yicha 1996-2000 yillarga mo’ljallangan Davlat Dasturi"da eng avvalo, nogironlikning oldini olish, nogironlarni tibbiy, ijtimoiy reabilitasiya qilish, ularning yashash muhitini yaxshilash va sog’lomlashtirish, erta tashxisni yo’lga qo’yish , ta’lim-tarbiya berish va korreksion pedagogik ish olib borish, kasb-hunarga yo’naltirish, nogironlar bilan korreksion-pedagogik davolovchi ishlar olib borish uchun uchun kadrlar tayyorlash masalalar yoritilgan.
O’zbekiston Respublikasida inklyuziv ta’limni joriy qilish ishlari dastlab 1996 yilning noyabr oyida BMTning YuNESKO ishlari bo’yicha O’zbekiston Milliy komissiyasi tashabbusi asosida Toshkentda "Maxsus ta’lim sohasida inklyuziv usullar" mavzusida Xalq Ta’limi Vazirligi, Respublika ta’lim markazi bilan hamkorlikda Respublika seminari o’tkazilishi bilan amalga oshirila boshladi.
1998 yilning oktyabr oyida yana xalqaro YuNESKO tashabbusi bilan Buxoro shahrida yirik Konferensiya o’tkazilganligi aniqlandi. Konferensiya alohida yordamga muhtoj bolalarni ijtimoiy qo’llash, reabilitasiya qilish, ta’limga jalb qilish, moddiy, texnikaviy yordamlarni tashkil qilish va ularni to’laqonli jamiyatga moslashtirishga oid turli tashkiliy uslubiy ishlarni amalga oshirishda Markaziy Osiyoda ko’p tarmoqli aloqalar o’rnatish maq sadida tashkil etilgan.
Ushbu halqaro konferensiyada O’zbekiston Republikasi XTV va uning tasarrufidagi turli ma’muriy tashkilot vakillari ham ishtirok etib, o’z tajribalari bilan fikr almashdilar va respublikada ushbu muammoni hal qilish masalalari bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Shu bois O’zbekistonda alohida yordamga muxtoj bolalarni to’laqonli maxsus ta’limga jalb qilish va integrasiya usulida ta’lim olish 2001-2002 yillarda birmuncha faollashgan. Bunga asos Xalq ta’limi vazirligi, Respublika ta’lim markazi, YuNESKO, YuNISEF, "Opereyshen Mersi", "Mersi Projekt" nodavlat xalqaro tashkilotlar va O’zbekistonda faoliyat ko’rsatuvchi milliy tashkilotlari, jumladan ‘‘UMR", "Ziyo", "Imkon", "Hayot", "Umidvorlik", "Yorug’lik", "Muruvvat"(Samarqand), "Mezon", "Mehrigiyo", "ShANS", "Nihol", "Korreksion pedagogik Reabilitasiya markazi" kabilar bilan xdmkorliqdagi loyihalar bo’yicha amalga oshirib kelingan ishlar, chora - tadbirlardir.

Yüklə 357,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin