Inklyuziv talim jahon miqyosidagi hujjat (Yunesko)


-O’zbekiston Respublikasida inklyuziv ta’limni qo’llab quvvatlashda amaliy tajribalar



Yüklə 357,81 Kb.
səhifə75/78
tarix24.12.2023
ölçüsü357,81 Kb.
#191742
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   78
Inklyuziv talim jahon miqyosidagi hujjat (Yunesko)-1

146-O’zbekiston Respublikasida inklyuziv ta’limni qo’llab quvvatlashda amaliy tajribalar
Hozirgi kunda qator ekologiq ijtimoiy va boshqa sabablarga ko’ra, shuningdeq homiladorlikdan keyingi patologik asoratlar natijasida bola rivojlanishi va birinchi navbatda, uning ongi, atrof-muhit tahlili holda faoliyatini nazorat qilish va boshqarish funksiyalarining rivojlanish masalasini o’rganish muhimdir.
Ota-onalar qishloq sharoitida yordamga muhtoj bolalariga talab darajasida yordam ko’rsatish imkoniyatiga ega emas. Birinchidan, moddiy tomondan imkoniyat cheklanganligi, ikkinchi tomondan esa, yordamga muhtoj bolalarning go’dakligidan ulorning nuqsonlarini aniqlash uchun o’qituvchi va psixologlarning malakasi talab darajasida emas.
Tarbiyachilar, psixologlar, o’qituvchilarning maxsus defektologiyaga asoslangan o’quv dasturlarda olgan bilim va malakalari ularning maxsus guruhlordagi faoliyatlari davamida aniq tashhis qo’yish va sifatli davalashni amalga oshirish imkoniyatini yaratadi.
Inklyuziv ta’limning asosiy maqsadi — yordamga muhtoj bo’lgan bolalarga samarali bilim olish uchun sharoit yaratishdir.
Ushbu sharoitda yordamga muhtoj bolalarni integrasiyalash va reabilitasiya qilish, har bir bolaning rivojlanish darajasini hisobga olgan holda ularga mos samarali inklyuziv talim turini tanlash lozim.
1996 yilning noyabr oyida YuNESKO ishlari bo’yicha O’zbekiston Milliy komissiyasi tashabbusi asosida Toshkentda «Maxsus ta’lim sohasida inklyuziv usullar» movzusida milliy o’quv dastur muvaffaqiyatli amalga oshirilgan. 1998 yilning oktyabr oyida Buxoro shahrida ushbu mavzu bo’yicha mintaqaviy anjuman tashkil etilgan edi. Mazkur anjuman YuNESKO, YuNISEF (BMTning bolalar jamg’armasi), Butunjahon sog’liqni saqlash tashkiloti va Xalqaro mehnat tashkiloti bilan hamkorlikda amalga oshirilgan. Ushbu tadbirlar notijosida 2001 yilda O’zbekiston Xolq ta’limi vazirligi qoshida Inklyuziv ta’lim bo’yicha manba markazi tashkil etildi. Hozirgi kunga qadar ushbu markaz tomonidan bir necha o’quv seminarlari o’tkazildi va qator dasturlar amalga oshirib kelinmoqda.
2004 yilning iyun oyida «Sen yolg’iz emassan» respublika jamoatchilik bolalar jamg’armasi tashabbusi asosida Toshkent shahrida «Yetim bolalarning ijtimoiy muhofozasi» mavzusida ilk bor xalqaro anjuman tashkil etildi. Ushbu anjuman doirasida nogiron bolalar uchun talim dasturlari ham muhokama etildi.
2005 yilning may oyida Toshkent shahrida Respublika bolalar mjtimoiy moslashuvi markazi va «Sen yolg’iz emassan» respublika jomoatchilik bolalar jamg’armasi tomonidan «Ijtimoiy nochor bo’lgan bolalarga ko’mak berishning samarali shakl va usullari» nomli xalqaro forum o’tkazilgan edi. Ushbu forum tavsiyanomalari asosida YuNESKO ishlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi O’zbekiston Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda YuNESKO tashkiloti rahnamoligida Osiyo va Tinch okeani mintaqasidagi madaniy markaziga (Tokio, Yaponiya) maxsus loyiqa taqdim etilgan edi. Ushbu YuNESKO markazi tomonidan «O’zbekistonda inklyuziv ta’limni joriy etish bo’yicha bog’cha va o’rta maktablarda tajribaviy guruhlar ochish» nomli loyiha qo’llab-quvvatlandi va yaqin kunlarda amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.
Loyihaning asosiy maqsadi nogiron bolalarda turfa xil malakalarni oshirish va ularning qobiliyatlorini barqaror rivojlantirish uchun sharoit yaratishdan iborat.
Ta’lim tibbiy va ijtimoiy xizmat bilan birgalikda olib boriladi. Oila va maqallada ota-onalar uchun profilaktika hamda reabilitasiya ishlari bo’yicha o’quv mashg’ulotlari tashkil etiladi. Ota-onalar nogiron bolalarini tarbiyalash va ularning aqliy rivojlanishlarini rag’batlantirish bo’yicha pedagogik usullar, shuningdeq ularning mustaqil bo’lishlari uchun tengdosh sog’lom bolalar bilan muloqot qilishlari bo’yicha o’qitiladilar.

Yüklə 357,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin