Inklyuziv ta’limning o‘ziga xosliklari nimalardan iborat va bu tizim nima uchun O‘zbekistonga kerak


— Umumiy MTTdagi bolalar qancha vaqt oralig‘ida tekshiruvdan o‘tishlari kerak?



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə3/15
tarix01.06.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#121506
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining hamkorlikka doir ish hujjatlarini oʻrganish kurs ishi

— Umumiy MTTdagi bolalar qancha vaqt oralig‘ida tekshiruvdan o‘tishlari kerak?
— Har yili umumiy maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tuman sog‘liqni saqlash bo‘limlari bilan birgalikda pediatr, nevropatolog, oftalmolog, stomatolog, otorinolaringolog, xirurg-ortoped mutaxassislari ishtirokida 3-6 yoshli bolalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tashkil etiladi. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasalarida esa, bunday ko‘rik ko‘proq, ya’ni 2015 yil 2 noyabrdagi 420-sonli «Ambulator-poliklinika muassasalarida bolalarga tibbiy xizmatlar ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha choralar to‘g‘risida» buyruqqa asosan yiliga ikki marta o‘tkaziladi.
— Qandaydir jiddiy kasallikni aniqlash uchun bolaning MTTda tibbiy ko‘rikdan o‘tishi yetarlimi yoki qo‘shimcha ravishda shifoxona yoxud poliklinikaga tashrif buyurib turishi zarurmi?
— Rejali tibbiy ko‘rik chog‘ida mutaxassis tomonidan salomatlik rivoji va holatida qandaydir salbiy o‘zgarishlar aniqlansa, sog‘liqni saqlash muassasasi sharoitida qo‘shimcha tekshiruvlar o‘tkazish tayinlanishi mumkin.
— Jismoniy nuqsoni bor bolaga jamiyatga moslashishi uchun qanday ko‘mak berish kerak?
— Muvaffaqiyatli inklyuziyaning zaruriy sharti shuki, o‘ziga xos nuqsonlari bo‘lgan bolalarga ham «oddiy» bolalarga bo‘lgani kabi qulay sharoitlarni barpo qilishdir. Ham jismoniy va ijtimoiy-psixologik muhitdan foydalanishni ta’minlash muhim hisoblanadi. Har bir bolani guruhda «nuqsonli» bolalar ham bo‘lishiga, ularga yordam berish zarurligi, sabr va e’tibor ko‘rsatish lozimligiga tayyorlashdan iboratdir. Jamiyat va boshqa bolalarning ota-onalarini ham ijtimoiy inklyuziyaga tayyorlash talab etiladi.Buning uchun qator choralarni qabul qilish kerak: imkoniyati cheklangan insonlarga nisbatan insonparvarlik bilan yondashish qadriyatini targ‘ib qilish tizimini barpo etish, ta’lim olishning to‘siqsiz muhitini yaratish, sog‘lom tengdoshlari bilan ta’lim olish jarayonida ko‘mak berish, har bir bolaning rivojlanish darajasini inobatga olgan holda shaxsiy ta’lim rejasini ishlab chiqish darkor.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin