Inkulyuziv ta’limda tarixni o’qitish



Yüklə 16,4 Kb.
tarix25.12.2023
ölçüsü16,4 Kb.
#196549
INKULYUZIV TA\'LIMDA TARIX FANINI O\'QITISH mavzusidagi maqola tahlili


INKULYUZIV TA’LIMDA TARIXNI O’QITISH
Ushbu maqolaning kirish qismida O'zbekiston Respublikasida alohida ta'lim ehtiyojlariga ega bo'lgan bolalar tahlili va dastlabki baholash ishlari 1996-yildan boshlandi. Aynan shu yil noyabr oyida YUNESKO ishlari bo'yicha O'zbekiston Milliy komissiyasi tashabbusi asosida Toshkentda maxsus ta'lim sohasida inklyuziv usullar, mavzusida milliy o'quv dasturi muvoffaqiyatli amalga oshirildi. 2001-yil O'zbekiston Xalq Ta'limi Vazirligi qoshida inklyuziv ta'lim bo'yicha manbamarkazi tashkil etildi. Hozirgi kunga qadar ushbu markaz tomonidan bir necha o'quv seminarlari o'tkazildi. Ko'p yillar davomida yordamga muhtoj bolalarni umumta'lim maktabiga nisbatan maxsus Segregatsion ta'lim muassasalarida ta' lim, tarbiya berish samarali deb hisoblanib kelindi. Biroq keyingi yillarda izlanishlar shuni ko'rsatmoqda-ki, bolalardagi tug'ma yoki ottirilgan nogironlik turlarining mutanosibligini inobatga olgan holda yosh guruhlaridan kelib chiqib, ta'limning barcha turlariga qamrab olish, o'zining ijobiy natijalarini berishi keltirib o’tilgan.
Asosiy qismida Inklyuziya "(inelusion) ya' ni" kiritish", yoki " birgalikda ishtirok etish", jamiyatdagi hayotni barpo etishning maxsus usulini anglatadi. Bu tizim jamiyatimizning barcha jabhalariga tegishli. Bu barcha insonlarning kelib chiqishi,jinsi, jismoniy va ruhiy xususiyatlaridan qat'i nazar jamiyatning turli sohalariga yaʼni kundalik, ta'lim, madaniyat, ish va boshqa jarayonlarda ishtirok etish imkonini beradigan tizim hisoblanishi va ta'limda inklyuziya bu nogironligi bor bolalarnio'z tengdoshlaridan ajiratmagan holda keng qamrovli bo'lib umumta'lim maktablarida o'qitishni tashkil etishi keltirib o’tilgan.
Bola Huquqlari Xalqaro Konvensiyasidan kelib chiqib, shuni bayon etish mumkunki, yaxshi maktab ta'limini 3 xil ibora bilan ta'riflash mumkun bular:
mos kelishlik;
rivojlantirivchi;
Inklyuziyani tashkil etilishi ham ko’zda tutilgan.
Hozirgi kunda O'zbekistonda 250000 ga yaqin turli ko'rinishdagi nogiron bolalar (16 yoshgacha) ta' lim olish ehtiyojiga ega. Maxsus ta'lim muassasalar soni 86 ta bo'lib quydagi yo'nalishlarni qamrab oladi.18 ta kar va zaif eshituvchi bolalar ta'lim muassasasi;14 ta ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchi bolalar ta'lim muassasasi; 3 ta tayanch harakati azosida;1 ta nutqida nuqsoni bor bolalar ta'lim muassasasi; 50 ta aqli kamchiligi bor bolalar ta'lim muassasasi mavjud. Umumiy holda bu ta'lim maskanlarida jami bo'lib, 21153 nafar o'quvchi, 4826 nafar o'qituvchi, 3914 nafar tarbiyachilar faoliyat yuritadilar. Maxsus ta'lim muassasasida ham alohida ehtiyojiga ega bo'lgan bolalar uchun ta' lim yaxshi yo'lga qo'yilgan deb ayta olishimiz haqida ham yaxshi fikrlar yuritilgan.
O'tmishimizni hozirgi kunga etkazishda foydalanadigan eng muhim elementlardan biri bu tarixiy muhit. Tarixiy muhitda binolar, yo'llar, qasrlar, tarixiy voqealar va tarixiy ob'yektlar bo'lgan ochiq joylar kabi ko'plab elementlar mavjud. Bundan tashqari, xotiralar, xatlar, xaritalar, gazetalar, rejalar, otkritkalar, shtamplar, tangalar, rasmlar, kitoblarva tarixiy narsalar tarixni o'qitishga hissa qo'shadigan elementlardir. Tarix darslarida tarixiy muhit va narsalardan unumli foydalanish orqali tarix darslarini yanada aniqroq va samaraliroq qilish mumkinligi haqidagi fikrlari e’tiborni tortadi.
Maqolaning xulosa qismida esa Bugungi kunda eng dolbzarb bo'lgan muammolardan biri, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo'lgan bolalarni himoya qilish, ularni qo'llab-quvvatlash tizimini mustahkamlashdan iborat. Bu yo'lda ota-onalar ham, o'qituvchilar ham, va ijtimoiy soha vakillari bir bo'lib faoliyatni olib borishi, bolalar farovonligini ta'minlaydi. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Yangi O'zbekiston Strategiyasi" nomli kitobida shunday satirlar joy olgan. "Yangi O'zbekiston Strategiyasining maqsadi yurtimizning baxtli va barkamol insonlar yashaydigan, ijtimoiy adolat tamoyillari to'liq qaror topgan, dunyoning eng rivojlangan, barqaror o'sayotgan va inson kapitali yuqori bo'lgan demokratik davlatlar qatoridan joy olishini ta'minlashdir. Buning uchun aholining barcha qatlamlariga munosib hayot darajasini va turmush sharoyitlarini yaratib berish, ijtimoiy himoya tizimi samarasi, jamiyatning umumiy madaniyati, bag'rikenglik va mehribonlik fazilatlarini yanada oshirish bo'yicha olib borilayotgan ezgu va savobli ishlarimizni yanada kuchaytirishni o'zimizning burchimiz, deb xisoblaymiz"—deya takidlangan.
Foydalanilgan adabiyotlari esa quyidagilardan iborat ekan:

  1. Shavkat Mirziyoyev " Yangi O'zbekiston Strategiyasi" 2021yil.

  2. Yure Yanson" Inklyuziv ta'lim" Toshkent 2003-yil.

  3. Sevara Rahmonova " Difektalogiya asoslari" 4." Inklyuziv ta'lim muvaqqat Nizom 2005-yil.

  4. Lola Mo'minova, Mukaram Ayupov, Dilbar Nurkeldiyeva " Maxsus pedagogik".

https://bestpublication.org/index.php/pedg/article/view/3425


Ushbu maqola manzili yuqorida ko’rsatildi.
Yüklə 16,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin