Innovations and tendencies of state-of-art science



Yüklə 34,68 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix26.12.2023
ölçüsü34,68 Kb.
#198383
  1   2   3   4
Soliq mustaqil ish



INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY CONFERENCE 
“INNOVATIONS AND TENDENCIES OF STATE-OF-ART SCIENCE” 
web: 
http://ijournal.uz/
 
188 
YURIDIK VA JISMONIY SHAXSLARNI SOLIQQA TORTISH 
TARTIBI 
 
Komilova Laylo
Shahrisabz tibbiyot texnikumi 
Milliy istiqlol va huquq fani o’qituvchisi
 
Annotatsiya:
Ushbu maqolada yuridik shaxs va jismoniy shaxs deb nega 
aytilishi va ular to’g’risidagi tayanch ma’lumotlar. Soliq nimaligi va uning turlari. 
Yuridik va jismoniy shaxslarni soliqqa solish tartibi va tamoyillari haqida 
ma’lumotlar kiritib o’tilgan.
Kalit so’zlar:
Huquq, shaxs, yuridik shaxs, jismoniy shaxs, majburiyat, 
mulk, soliq.
Annotation
: why this article says a legal entity and an individual, and the 
basic information about them. What is the tax and its types. Information on the 
procedure and principles of taxation of legal entities and individuals is included. 
Keywords
: Law, person, legal entity, individual, obligation, property, tax.
Yuridik shaxs – fuqarolik huquqlari va majburiyatlarining aniq sub’ektidir. 
Keng ko’lamda tushuntiradigan bo’lsak, yuridik shaxs bu fuqarolik huquq va 
majburiyatlarining sub’ektlari hisoblanuvchi korxona, muassasa, tashkilotlar va 
shaxslar. O’zbekiston Respublikasi fuqarolik qonunchiligiga ko’ra, yuridik 
shaxslar o’zining mulkida, xo’jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida 
alohida mol- mulkka ega bo’lgan hamda o’z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-
mulk bilan javob beradigan, o’z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga 


INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY CONFERENCE 
“INNOVATIONS AND TENDENCIES OF STATE-OF-ART SCIENCE” 
web: 
http://ijournal.uz/
 
189 
ega bo’la oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara 
oladigan, sudda da’vogar va javobgar bo’la oladigan tashkilotdir. Yuridik 
shaxslar mustaqil balans va smetaga ega bo’lishlari kerak.
Jismoniy shaxs – huquqiy munosabatlarning ishtirokchisi hisoblangan 
alohida fuqaro (chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo’lmagan shaxslar)ni 
ifodalovchi tushunchadir. U jamoaviy tuzilma bo’lgan yuridik shaxsdan farq 
qiladi. Ya’ni: jismoniy shaxs bemalol o’z nomidan ish yuritadi – faoliyat 
yurgizishi uchun jamoaviy tuzilma – tegishli firma yoki korxonani qonunda 
belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazishi majburiy emas. Jismoniy shaxs 
mulkka oid huquqi asosida mol- mulkka ega bo’lishi, uni meros qilib olishi 
mumkin, shuningdek vasiyat qilib ham qoldirishi mumkin. Bankda o’z 
jamg’armalarini ham saqlash va boshqa turli xil huquqlarga ega. 
Soliq – davlat paydo bo’lgandanoq vujudga kelgan. Davlatlarning faoliyat 
ko’rsatishida eng asosiy moddiy omil bu soliqlardir. Soliqlarsiz davlatlar faoliyat 
ko’rsata olmaydi. Shu sababli soliqlarning amal qilishi jamiyatda ob’ektiv 
zaruriyat hisoblanadi.
Davlat soliq xizmati organlari xodimlari o’zlariga yuklangan soliq 
qonunchiligi hujjatlarida keltirilgan vazifalarni to’laqonli bajarishlari uchun ham 
nazariy jihatlarini, ham yuridik shaxslardan olinadigan soliqlarning iqtisodiy 
mazmunini va ob’ektiv zarurligi, umumiy asoslarga ega bo’lgan soliq 
qonunchiligi tamoyilllari, soliqlar va majburiy to’lovlar tizimi, yuridik 
shaxslardan olinadigan soliqlarning turlari va yuridik shaxslarni soliqqa tortish 
mexanizmining amaldagi holatini chuqur egallagan bo’lishi zarur. Va buning 
uchun esa yuridik shaxslarni soliqqa tortish fani ham yaratilgan.
Yuridik shaxslarni soliqqa tortish fani pul munosabatlarini ifodalovchi 
soliqlarning mohiyati; ularning to’g’ri va egri soliqlarga bo’linishi; budjetga 
tushish nuqtai nazaridan umumdavlat soliqlari va mahalliy soliqlarga bo’linadi; 



Yüklə 34,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin