Innovative research in science


INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix31.03.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#91790
1   2   3   4
IRS0912

INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE 
International scientific-online conference 
49 
tozalash tsexlari texnologik mashinalarining ustuvor ishlashi buziladi va paxta 
xom ashyosining fizik-mexanik xossalari yomonlashadi. 
«Ko’p» paxta tozalash korxonasida, PLPX turdagi oqim liniyasida o'tkazilgan 
ishlab chiqarish sinovlaridan , paxta xom ashyosi 8-9% namligida oqim liniya 
texnologik mashinalari ustivor va maksimal tozalash unumdorligi bilan ishlagan. 
Birinchi nav paxta xom ashyosini qayta ishlashda, tozalash unumdorligi 90 % ni, 
past navlarda 80-85 % ni tashkil etadi. Uzilishlar va iflos aralashmalarning 
miqdori birinchi navlarda 2,5 %, past navlar uchun 7,2 %. Barcha variantlarda 
tolaning namligi 6 % atrofida bo'lgan. 
M.A.Abduraimov tomonidan 7-10 % namlikdagi paxta xom ashyosini tozalash 
va quritishning optimal parametrlarini aniqlash maqsadida keng tadqiqotlar 
o'tkazilgan. Tadqiqotlar natijasida, paxta xom ashyosini tozalashning optimal 
namligi aniqlandi – 9-10 %. Bunda texnologik mashinalar ustivor va jihozlarning 
tozalash unumdorligi yuqori (90-92 %) bo'lgan, uzilish va iflos aralashmalar 
miqdori davlat standarti chegaralaridan oshmagan. Tola namligi esa 6 % 
atrofida bo'lgan. 
R.E.Uzoqov, M.A.Alievalarning quritish-tozalash tsexlaridagi texnologik 
jarayonni tahlil qilishlariga, tozalash jarayonida paxta xom ashyosi namligi 9 % 
gacha yuqori navlar uchun, past navlar uchun esa 15 % gacha deb tavsiya 
qilingan. 
Mualliflar ishlarda, tozalagichlarning unumli ishlashi uchun o'rta tolali paxta 
xom ashyosining namligini 5-6 % gacha yetkazish, arrali jinlardan oldin esa 7-8 
% gacha, ingichka tolali navlar uchun valikli jinlashda 6,5-7 % bo'lishi kerakligi 
tavsiya etilgan. 
Ishda ko'rsatilishicha, ifloslik va o'lik bo'yicha texnologik jihozlarni tozalash 
unumdorligi paxta xom ashyosining namligini 2-nav uchun 7,4 dan 9,0 % gacha 
va 7,9 dan 9,3 % gacha 3-nav uchun oshirilganda 6 % (2-nav) ga va 3,1 % (3-
nav) ga kamayganligi ko'rindi. 
Ifloslik va o'lik bo'yicha tozalash unumdorligining pasayishi ma'lum oraliqda 
nam tola tozalash intensivligining oshishi hisobiga yeyishib ketadi, ya'ni 2-nav 
paxta xom ashyosi namligining oshishi (7,4 dan 9,2 % gacha) bir marta 
tozalashdan so'ng tozalash unumdorligi bo'yicha farq 6,8 % ga, ikki martalik 
tozalashda esa tegishli ravishda 6,0 va 6,8 %. 3-nav paxtani tozalashda bu farq 
jinlashgacha 6,2 % ga kamayadi, tola tozalashdan so'ng 1,4 gacha kamayganlgi 
ko'rsatilgan. 
S.A.Fozilov va SH.X.Abdazimovlar paxta tozalash mashinasi samaradorligiga 
asosiy ishchi organlarining ta'sirini o'rganish maqsadida ko'p barabanli 



Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin