Innovatsion menejmentdagi nazorat. Nazorat – innovatsion menejmentning korxona ishi natijalarini miqdoriy va sifatli baholanishini hisobga olish bilan bog’liq muhim vazifasidir. U teskari aloqaga ega tizimdan iborat bo’ladi, uning maqsadi tashkilot tomonidan qo’yilgan maqsadlarga erishishni ta’minlashdan iborat. Nazorat – bu standartlar va solishtirish bazasini belgilash, tizimga kirishlarni tadqiqot qilish, natijalarni me’yoriy baza bilan solishtirishni tashkil qilish, chetga chiqishlar va ularni yo’l qo’yiladigan darajasini belgilash, hamda natijalarni yakuniy o’lchash bo’yicha turli tuman tadbirlar tizimidir.
Nazorat teskari aloqaga ega jarayon bo’ladi, ya’ni tizimga kirishdagi natijalarning miqdoriy o’lchanishi chiqishdagi parametrlar va tashqi va ichki muhit ta’siri omillarini baholanishi bilan bog’lanadi. Masalan, yangiliklarni amalga oshirishdan rejalashtirilgancha nisbatan pastroq foyda olinishi quyidagilar bilan izohlanadi.
a) natijasi sotishlar hajmi bo’lgan bozorni etarlicha tadqiqot qilinmaganligi va noto’g’ri marketing tadbirlari;
b) yomonroq xom ashyoni kelib tushishi, ishlab tushish tartiblariga rioya qilishdagi xatolar, texnik nazorat bo’lishi ishidagi buzilishlar oqibatida yangiliklar iste’mol xususiyatlarini pasayishi;
v) ishlab chiqarish xarajatlarini me’yoridan oshib ketishi, bu yangilik tannarxini oshib ketishiga olib keladi va h.k.
Yangilikni ishlab chiqishdagi nazoratni taomillashtirish quyidagi bir qator shartlarni ilgari suradi: