“PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz
Volume-24, Issue-3, December - 2022 34 mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan xarakterlanadi. Boshlang’ich sinflarda dars
jarayonida interfaol metodlardan foydalanish Boshlang’ich sinflarda kompetensiyaviy
yondashuvni joriy etish axborot va ilg’or pedagogik texnologiyalaridan foydalanish
ta’lim mazmunida o’ziga xos hamda o’quvchi shaxsida o’ziga mos kompetensiyani
shakllantiradi. Ilg’or pedagogik texnologiyalarni ta’lim mazmuniga zamonaviy ruhda
singdirish, pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish, komil inson etib tarbiyalash,
ta’lim-tarbiya tizimini sifat jihatidan butunlay yangi bosqichga ko’tarish bugungi
kunning dolzarb masalasidir. Boshlang’ich ta’lim bosqichida kompetensiyadan
foydalanish darslarning xilmaxil shakllari o’qitishni takomillashuviga ta’sir ko’rsatadi.
Darslarni “Bumerang” texnologiyasi, “Arra”, “O’z o’rningni top”, “FSMU”, “Nima
uchun?”, “Ikki qismli kundalik” mеtodlari, , “Pinbord” usuli, “She’rni tikla” kabi
mashqlaridan foydalanib o’tish dars samaradorligini yanada oshiradi. “O’z o’rningni
top” mеtodi. Mavzu bo’yicha bahs-munozarali vaziyatlarda muammoning yеchimini
topishga yo’naltirilgan. Bunda o’quv chilar o’z fikrini bayon qilishi, muloqot
ko’nikmalarini qaytadan tuza tishga imkoniyatlar mavjud bo’ladi va dars so’ngida
o’qituvchi tomonidan mavzuni o’zlashtirish darajasini baholash aniq amalga oshiriladi.
Maqsadi: o’quvchilarda o’z fikrini bayon qilish, erkin, mustaqil, mantiqiy fikrlashga
o’rgatish. Vazifasi: o’quvchilarni muammoli vaziyatlar orqali mustaqil tarzda o’z
fikrlarini isbotlashga o’rgatiladi. Masalan, Xans Kristyan Andersenning “Bolalar
gurungi” ertagida (2-qism) qo’llanilgan. “Arra” metodi. Mazkur mеtodga ko’ra kichik
guruh 4-5 o’quvchidan tashkil topadi. Barcha guruh a’zolari yangi mavzu yuzasidan
tuzilgan yagona topshiriq ustida ishlaydilar. Guruh ichida o’quvchilar rivoyat matnini
qismlarga ajratib, bo’lib oladilar. Har bir o’quvchi o’ziga tеgishli qismini puxta
o’zlashtirib “mutaxassis”ga aylanadi. Ma’lum vaqtdan so’ng har bir kichik guruhdagi
“mutaxassis”lar uchrashuvi qayta tashkil etilgan guruhlarda o’tkaziladi. Shu tarzda
rivoyat mazmunini barcha o’quvchilar o’zlashtirib oladilar. Maqsadi: o’quvchilarda
muloqotlashuv, erkin, mustaqil, mantiqiy fikrlashga o’rgatish. Vazifasi: o’quvchilarni
guruh bilan ishlash, guruh a’zolariga o’z fikrini tushuntirib, isbotlashga o’rgatish.
Masalan, Xondamirning “Tanbeh” rivoyatida qo’llanilgan. Boshlang’ich sinflarda
innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati. Yuksak
ma’naviyatga ega bo’lgan, barkamol, sog’lom avlodni tarbiyalab, yoshlarga ilg’or
pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalar asosida ta’lim berish
mamlakatimizning ta’lim sohasidagi amalga oshirilayotgan ustuvor vazifalardan
biridir. Shuningdek, komil insonni voyaga yetkazishda boshlang’ich ta’lim, shubhasiz,
poydevor vazifasini o’taydi. Darslar jarayonida bolani qalban yuksak, ma’naviy boy
qilib tarbiyalashda ajdodlarimiz yaratgan betakror asar durdonalaridan foydalangan
holda bilim berish hamda odob-axloq qoidalariga o’rgatish muhim ahamiyatga ega.
Buning uchun birinchi navbatda, o’quvchini o’qish, bilim olishga ishtiyoqini o’stirish,