“PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz
Volume-7, Issue-1, April - 2022 12 shakllantirish va o‘quv yurtini ichki imkoniyati, ishni borish jarayonini
loyihalash.
2. Innovatsion g‘oyani novator o‘qituvchilar ijodiy guruhi bilan
aprabatsiyadan o’tkazish.
3. Aprabatsiya o’tkazilgan amaliy ishni yakunini chiqarish, shu asosda
yangilikni keng miqyosda o’tkazish bo‘yicha qaror qabul qilish va uni amalga
oshirish bo‘yicha dastur ishlab chiqish.
Uchinchi faza - yangilikni amaliyotga kiritish.
1. Boshqaruv resurslari. Keng masshtabli yangiliklarni amalga
oshirishda boshqaruv resurslari ishga solinadi. U holda rahbar tashabbus va
mas’uliyatni o‘z bo‘yniga oladi va butun pedagogik jamoani ekperimentga jalb
etadi, qatnashishni talab etadi.
2. Innovatsion o‘quv. Innovatsion texnologiyalarni o‘qish - o‘rganish butun
pedagogik jamoani jalb qilish orqali amalga oshirish yaxshi samara beradi. Bu
jarayonni amalga oshirishda rahbarning avtoriteti muhim rol o‘ynaydi.
To‘rtinchi faza - yangilikni joriy etishni mustahkamlashdan iborat.
Bu fazada yangilikni o‘qish - o‘rganish butun pedagogik jamoa qatlamini to‘la
qamrab oladi. Xattoki yangilikka qarshi bo‘lganlar ham bu jarayonga jalb etiladi.
Bunday hollarda maktab rahbarini vazifasi ikki barobar oshib, u faqatgina tashkiliy
pedagogik ishlar bilan chegaralanib qolmay, bir vaqtning o‘zida ruhiy psixologik
muhit yaratishi, ijodiy yondashuv asosida ish yuritishga to‘g‘ri keladi. Shunda
maktabda yangilik tizimiga adaptatsiya qilishga optimal sharoit yaratish zaruriyati
tug‘iladi. Bu holat bir tomondan pedagog va o‘quvchilar bilan psixokorreksion
ishlarni o‘tkazish, yangicha sharoitda, yangicha fikr yuritish, yangicha ish
yuritadigan o‘qituvchi va pedagogik jamoani shakllantirish eng muhim zaruriy
shartlardan bo‘lib qoladi.
Biz hozir ko‘rib chiqqan model innovatsion jarayon rahbarlar tomonidan
tashkil etiladigan, ularning tashabbuslari bilan “yuqoridan” yangilikni o‘quv
jarayoniga kiritishdan iborat.