siyat kasb etadi. Sinfni guruhlarga bo'lishda qiyinchiliklar tug'ilishi
tabiiy. Ayrimlar sinfni o'quvchilarning qobiliyatlariga hamda aqliy
kamolot darajasiga qarab guruhlarga ajratishni tavsiya etadi lar.
Bunday
qilish xatodir, binobarin, qobiliyatli va qobiliyatsiz o'quvchilarni bir-
biridan uzoqlashtirish m um kin emas, aksincha,
guruhlarda kuchsiz
o'quvchilarga kuchli o'quvchilarning tashkiliy ravishda yordam
berishini yo'lga qo'yish maqsadga muvofiqdir. O'quv dasturida ko'zda
tutilgan ekskursiyalarni o'tkazish majburiy boiib, bu ish u yoki bu
predm etni o'rganishga ajratilgan vaqt
hisobiga amalga oshiriladi,
Ta’lim ning boshqa tashkiliy shakllari kabi o'quv ekskursiyalari ham
didaktik prinsiplarni (ilmiylik, o'qishni hayot bilan bog'lanishini,
ko'rsatm alilik va hokazolarni) amalga oshiradi, borliqni,
hodisalar va
jarayonlarni, o'zaro bog'liqlik hamda o'zaro aloqalarni o'rganishda,
ilmiy dunyoqarashni, bilish va jam oatchilik qiziqishlarini, shaxsning
sifatlarini
shakllantirishda, o'quvchilarni mehnat faoliyatiga tayyorlash
va kasblarga yo'naltirishda yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: