Innovatsiya va intergatsiya


TA’L IM JA R A Y O N IN I IN T E G R A T S IY A L A S H N IN G



Yüklə 16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/106
tarix27.12.2023
ölçüsü16 Kb.
#198949
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   106
Р. Мавлонова

TA’L IM JA R A Y O N IN I IN T E G R A T S IY A L A S H N IN G
N A Z A R IY A S O S L A R I
Didaktik olimlarning tekshirm iarida uslubning amaliy faoliyat bilan 
b o ig an genetik tabiati ajratib ko'rsatiladi. N.N. Skatkin, I.Y. Lerner, 
Y.K.Aleksyuk, Babanskiylarning tekshirm iarida t a iim uslublariga 
taalluqdi ikkilamehi tur belgilarining taTifi berilgan. Ular uslub -
ifoda, mazmun va t a i im usuli ekanligini isbotlab berishgan. Gegel 
falsafadagi uslubni mazmun harakatining shakli sifatida ko'rsatadi. 
T a iim jarayonida turli xil mantiqiy tizimlar orqali o'qituvchi va u bilan 
birgalikda o'quvchilar o'z bilim, qobiliyat va ko'nikmalarini deduksiya, 
induksiya, sintez, umumlashtirish, aniqlashtirish, taqqoslash shaklida 
ifodalavdidar. Barcha mantiqiy jarayonlar uslubning mazmun bilan uzviy 
b o giangan ichki tomonini tashkil qiladi. Boshlangich sinflarda o‘quv 
jarayoni fovdalanilayotgan usul. uslub va shakllarining turli-tumanligi 
bilan ajralib turadi. Mamlakatimizda amalga oshirilavotgan yangi o'quv 
rejalari va dasturlariga o‘tish davrida jamiyat va atrof-muhit o'rtasidagi 
aloqalarni uyg'unlashtirish. atrof-muhitga jiddiy munosabatni o'rnatish 
va shakllantirish masalalari muhim ahamiyat kasb etadi. Atrof-muhitga 
jiddiy munosabatlar poydevori boshlangich sinflarda o'rgatiladi. 
Shuning uchun iqtisodiy taiim n in g natijasi maktab taiim in in g birinchi 
bosqichiga bogiiq. Yangi psixologik-pedagogik tadqiqotlar kichik 
yoshdagi maktab o'quvchilarining bilish faoliyatlari cheklanganligi 
haqida ilgarigi tushunchalarni ko’rib chiqishga imkon beradi. Bu 
boshlangich iqtisodiy ta iim n in g barcha tarkibiy qismlarini o‘zgartirish 
va yangilashga asos yaratadi. Boshlangich sinf o'quvchilarining yosh 
xususiyatlariga javob beradigan va dars talablariga mos keladigan 
maqsadni aniqlash bunday yangilanishning asosiy masalasidir. X I X -
X X asrlar oralig'ida pedagogikada kichik maktab o'quvchilarining 
tabiiy muhit bilan tanishtirishning integratsiyalangan kursini yaratish 
fikri paydo boigan. Bu fikr A.Y. Gerd, D.N.Kaygorodov, A.P. Pavlov 
nomlari bilan bogiiq boiib, ular boshlangich maktabga atrofdagi 
jonli va jonsiz dunyo haqidagi boiin m ag an kursni kirgizishni talab 
qilishdi. Integratsiyalashgan taiim-tarbiya. fanlararo aloqalarning 
ayrim jihatlari mashhur pedagoglarning (Y. Komenskiy, D.Lokk, 
I.Gerbart, 
M. Pestalotstsi, 
K.Ushinskiy va boshqalar), 
didaktik-
174


laming (I.D. Zverev, M.A. Danilov, V.N. Maksimova, S.P. Baranova, 
N.M. Katkina va boshqalar), psixolog olimlarning (E.N. Kabanova, 
N. Pishkalo, 
Meller, 
N.F. Talizina, 
Y,A. Samarina, 
G.L Vergeles), 
medist olimlarning (M.R.Lvov, V.G.Goretskiy, N.N.Svetlovskava, 
Y.M.Kolyagin, G.N. Pristupova, L.V.Levenberg) ishlarida k o iib chi- 
qilgan. Boshlang'ich ta’lim dars jarayonida bir qator ishlar fanlararo 
aloqalarga bagishlangan. Bu fanlarni integratsiyalashda olimlardan 
T.G. Rizayeva, G.N. Akvileva, D.I. Troy tap, G.V. Baltyukova, NY. Ve- 
lenkin, N.M .Drujnina, T. S. Nazarova, LK Blinova, R.G.Matyushova 
tomonidan katta ishlar olib borilgan. Ushbu muammo o'zbek d i m -
laridan R. Mavlonova, Q. Abdul lay eva. N.U.Bikbayeva, A. G. Grigor­
yans, E.l.Nikolayeva, X.K. Qayumovlarning ishlarida k o iib chiqilgan.
Boshlang'ich maktab fanlarining integratsion aloqalari kam ishiab 
chiqilgan boiib, qarama-qarshi ifodalangan. Bu aloqalarning mohiyati 
haqida oiimlar orasida qarama-qarshiliklar ko'p. Integratsiya atama 
va uslubiy nuqtayi nazardan hodisa sifatida nima ekanligini k o iib
chiqaylik. «Integratsiya» so'zi lotincha integratio - tiklash, toldirish, 
«integer» - butun so'zidan kelib chiqqan. Bu borada ikki tushunchaga 
egamiz:
Tizim, organizmning alohida tabaqalashtirilgan qism va vazifa- 
laming bogiiqlik holatini bildiruvchi tushuncha va shu holatga olib 
boruvchi jarayon.
Tabaqalashtirish jarayonlari bilan birga amalga oshirilayotgan 
fanlarni yaqinlashtirish jarayoni. Differensiatsiya fransuzcha (diffe’ren- 
tiofion, lotincha differentia - farq, har xillik), ya'ni butunni boiaklarga 
boiish, ajratish. T aiim mazmunini integratsiyalash - dunyo an'anasi 
(g'oya, fikr, intilish). Integrativ yondashish turli darajadagi tizimli 
aloqalarning obyektiv yaxlitligini aks ettiradi (tabiat - jamiyat - inson). 
Integratsiya ilgari boiingan qismlarni bir butunga birlashtirish bilan 
bogiiq. U tizim elementlarining yaxlitlik va uyushqoqlik darajasini 
oshirishga olib keladi, Integratsiyalash mobaynida bir-biriga bogiiqlik 
hajmi oshadi va tartibga tushadi, shu tizim qismlarning ishlashi 
va o\tganish obyektining yaxlitligi tartibga. solinadi. Bu umumiy 
qoidalarni qanday qilib maktab taiim id a qoilash mumkin? Zamonaviy 
didaktik va metodikada ta’kidlanishicha, o'quvchilarni o'qitish, rivoj­
lanishi va tarbiyasining muvaffaqiyatlari ularda dunyo birligi haqi-
175


dagi tushunchaning shakllanganligi, o'z faoliyatlarini umumiy tabiat 
qonunlari asosida yo'lga solish zaruriyatini tushunishlari, tabiatshu­
noslik kursida fanlararo va fanlar ichidagi aloqalarni yecha olishlari 
bitan bog'liq. Taiim dagi integratsiva o'quv fanlari mazmunini 
konstruksiyalashga tizimli yondashish orqali ko'rib chiqiladi.
Integratsiyaning turli darajalari ajratiladi: boshlang'ich, tabiat 
haqidagi elementlar, bilimlarni birlashtirish; oraliq - fanlar bo'lim- 
larini bo'lish integratsiyasi; yakuniy - tabiatshunoslikni o'rganish 
bilan bog'liq bo'lgan ta’limning oxirgi bosqichi integratsiyasi. Shu 
bilan b irg a , tabiiy-ilmiy taiim in i to'liqroq va kengroq integratsiyalash 
imkoniyati ham inkor etilmaydi. Maktab ta iim in i integratsiyalash 
jarayonining psixologak asosi sifatida psixolog Y.A. Samarinning 
assotsiativ tafakkur to'g'risidaga fikrlari olinishi mumkin. Bu fikrlar- 
ning mazmuni shundaki, har qanday bilim bu o'xshatish, bilimlar tizimi 
esa o'xshatishlar tizimidir. Y.A.Samarin o'xshatishlarning quyidagi 
turlarini ajratadi:
- lokal (mahalliy, m a’lum bir joy, narsa bilan chegaralangan);
- biror tizimga tegishli boigan;
- tizim ichidagi;
- tizimlar orasidagi;
- aqliy faoliyat darajalarini o’xshatishlarining mos keladigan 
dirajasiga birlashtirish xususivatiga qarab tasniflaydi.
Tabiat yoki predmet haqidagi eng oddiy bilimlarni hosil qiluvchi 
bogiiqlikning eng soddasi m a iu m bir joy yoki tushuncha bilan chega­
ralangan lokal tasavvurdir. Bu bogiiqlik boshqa bilimlardan nisbatan 
ajralgan, shuning uchun eng oddiy aqliy faoliyatni ta’minlaydi. 
Bu kichik maktab yoshiga xos. Biror bir tizimga tegishli bo'lgan 
tasavvurlar eng sodda tizimli tasavvurlardir. Ular biror bir mavzu, 
predmet yoki hodisani o'rganish asosida hosil boiadi. Biror bir 
predmetni bilish, yangi dalil va tushunchalarning tanlanishi ularni 
bilimlar bilan taqqoslanishi orqali amalga oshiriladi. Bilimlarni eng 
oadiy umumlashtirish sodir boiadi. lekin olingan bilim hamma unga 
yaqin b o ig an bilimlar bilan bog'lansa avni muddao bo'lar edi.
' Bunda o‘quvchilarning tahlil qilish va umumlashtirish faoliyatlari 
vujudga keladi. Tizim ichidagi tasavvurlar o'quvchilarning butun bir
176


fanlar tizimining bilishini ta’minlaydi (fizikaviy, kimyoviy, biologik 
bilimlar tizimi), o‘rganilayotgan fan doirasida bilimlardan keng 
foydalanish kuzatiladi. Tizim ichidagi tasavvurlar, vaqt, muhit, son 
bog‘lanishlarni aks ettiradi. Predmetlararo tasavvurlar aqliy faoliyat- 
ning eng yuqori pog'onasi hisoblanadi. Ular bilimlarning turli tizim- 
larini birlashtiradi, hodisa yoki jarayonning xilma-xilligini bilishga 
imkonivat beradi. Shu bilimlar asosida umumiy tushunchalar kelib 
chiqadi. Tizimlararo tasavvurlarning shakl-lanishi, ularni bilimlardan 
foydalanishga, ularni bir-biriga bo‘ysundirishga, bilimlar chegara- 
sida bo'shliqlikni aniqlashga imkon beradi. Bayon qilingan psixologik 
dalillar boshlangleh, toiiqsiz o'rta va o‘rta maktab taMimini integra- 
tsivalashning 
asosiy 
xususiyatlarini 
aniqlashga 
imkon 
beradi.
S.P. Baranov, L.R. Bolotin, V.A. Slasteninning «Pedagogika» kitobida 
darslarda qoilaniladigan fanlararo bogianish ko'rsatiladi, lekin integ- 
rasiyalashgan ta'lim muammolari aks etmagan.
«Boshlangich ta’lim» jurnallarida maktab ta’lim ini integra- 
tsiyalash muammosiga katta ahamivat beriladi. L.N. Baxareva o'zining 
«Boshlang‘ich maktab o'quv mashg'ulotlarini o'lkashunoslik asosida 
integratsiyalash» maqolasida «Integratsiya - differensiva jarayonlari 
bilan birgaiikda amalga oshirilayotgan fanlarni yaqinlashtirish va 
bog6lash jarayoni bo'lib, yangi, butun, yaxlit bo'limlar yaratishga 
yordam beruvchi, fanlararo aloqalarni amalga oshiruvchi yuqori ko'ri- 
nishdir», - deb ta’kidlaydi.
O'quv jarayoni integratsiya predmetlar tizimini inkor etmaydi, 
integratsiya tizimini takomillashtiradi, kamehiliklarini bartaraf etadi. 
predmetlar orasidagi aloqalar va bog'liqliklarni chuqurlashtiradi, 
bunday yondashuvlar differensiva va integratsiya orasidagi munosabat- 
larni tushunishga tayanadi. Pedagogikaning maqsadi bir xil maqsad- 
vazifalarga ega bo'lgan turli fanlarning element va qismlarini bir 
butunga birlashtirishga yo'naltirilgan bo'lib, u integratsiyani amalga 
oshirishda o'qituvchilarga yordam berishdir. Olib borilgan tajribalar 
shuni ko'rsatadiki, boshlang'ich sinf o‘qituvchilarida, keyinchalik esa 
bitiruvchilarida u yoki bu fanlarni o'rganib. shu bilim, ko'nikmalarni 
boshqa fanlarni o'rganishda qo‘llashga qiynalib, ularga mustaqil fikr- 
lash, olingan bilimlarga o;shxash yoki yangi vaziyatlarga ko‘chira
177


bilish kcrniknialari yetishmayapti. Bularning hammasi boshlang'ich 
sinfiardagi turli fanlar bo'yicha mashg'ulotlarning o'zaro kelish- 
movchiligi tufayli sodir boim oqda. Bu holatda integratsiva bir predmet 
bo'yicha bilimlarni ikkinchisiga ko'chirish va faolivatning almashinishi 
emas, balki zamonaviy fanlar integratsiyasi yo%
nalishlanni aks ettiruvchi 
yangi didaktik ekvivalent (mos bo'lgan. o'xshash, keng keladigan 
narsa)larni yaratish jarayonidir. Psixolog E.N. Kabanova-Millerning 
aytishicha, «O'qituvchiga ha 1 i uchramagan vazifa asosida bilim. 
ko’nikma va qobiliyatiarni mustaqil ko’chirilishi aqliy rivojlanishning 
muhim ko'rsatkichidir». U o'zining «Boshlang'ich sinflarda ta'Hnmi 
integratsiyalash tajribasi» ishida maktab ta’limini integratsiyalashning 
muhimligiga e'tiborini qaratsa, L.P.EIenko integratsiva darsni samarali 
qilish vositasi. predmetlar aloqalarini yangi pog‘onalarga kcrtarish 
shakli, deb hisoblaydi.
Integratsiva - o'qituvchilarning turli fanlar bo’yicha kuzatishlari 
va xulosalarini tasdiqlab yoki chuqurlashtirib beruvehi yangi dalillarni 
topib berish manbayidir. Ular faolivatning turli shakllari almashib 
turishi orqali o‘quvchilar charchashi va asabivlashishining oldini oladi.

Yüklə 16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin