uchun alohida emas, balki o'zini jam oaning bir qismi deb his etadigan qilib taqsimlashi kerak. Topshiriqni bajarish uchun vaqt berishda guruhga uni bajarishni muhokama qilishiga vaqt ajratish va guruh vakil id an tayyorligini so'rash lozim. Shunday taqdirdagina bolalarda faoliyatning umumiy maqsadi. xilm a-xil vazifalar va hamkorlik uchun sabab (motiv)lar b oiad i. Ongni shakllantirish metodlari bolalarda e ’tiqodning, amaliy yetuk (axloqiy) tushunchalarning tarkib topishiga yordam berishi kerak. Bu maqsadlarda hikoya metodini o'quvchining axboroti, dokladi tarzida o'zgartirish, tez-tez munozaradan foydalanish yaxshi samara beradi. Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarning quyidagi ommaviy shakllarida bolalarni munozara qoidalariga o‘rgatish lozim: - Shuni vodda tutingki, bahslashuvchilar haqiqatni izlaydilar, ammo uni turlicha tasavvur qiladilar; bahsda umumiy mazmunni aniqlash, key in esa qarashlardagi farqni oydinlashtirish va bunga hurmat bilan munosabatda bo'lish kerak. - Munozaraning maqsadi - tomonlardan birining haqligini aniqlash emas, balki haqiqatni qaror toptirishdir. - Haqiqatni opponent shaxsiga ayblar qo‘yish bilan emas, balki faktlar yordamida qidirish zarur. - So‘zlovchini avval hurmat bilan tinglash. keyin esa o'z nuqtayi nazarini bildirish lozim. - M ashg'ulotning yakuniy qismi. Pedagogik maqsad: bolalarni egallagan tajribalarini o‘zlarining maktabdan tashqi hayotlarida amalda q oilash ga m oyil qilish (xohish u yg‘otish) va mashg'ulot qanchalik muvaffaqqiyatli bolgan ligin i aniqlash. Shunday qilib, yakunlovchi qism pedagogning bolaga boshqa muhitda tarbiyaviy ta’sir ko'rsatishiga imkon beradi. Tipik xatolar: bu qism umuman inkor qilinadi yoki «Yoqdimi?»,