Innovatsiyalar vazirligi ajiniyaz nomidagi nukus davlat pedogogika instituti ellikqala pedogogika fakulteti


II-BOB. O’QUVCHILARNI KATTA SPORTGA YO’NALTIRISHDA



Yüklə 422,51 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/10
tarix21.05.2023
ölçüsü422,51 Kb.
#118478
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Ibodullayev Xurshid (2).

II-BOB. O’QUVCHILARNI KATTA SPORTGA YO’NALTIRISHDA 
SPORT MAHORATINI OSHIRISH MASHG’ULOTLARNING 
AHAMIYATI. 
2.1. Mashg’ulotlar shaklining ular mazmuniga aloqadorligi. 
Jismoniy mashq mashg’ulotlari jismoniy tarbiya jarayonidagi bir bo’lim 
bo’lib, ularda ham aslida jismoniy tarbiya vosita va usullaridan foydalaniladi
jismoniy tarbiya tamoyillari amalga oshiriladi. Bu esa, oqibat natijada jismoniy 
tarbiya vazifalarini hal etishning asosiy negizini tashkil etadi. 
Jismoniy mashq mashg’ulotlari g’oyat xilma – xil bo’lib, sayr qilish, 
ertalabki badan tarbiya mashqlari, sport musobaqalari, cho’milish, turistik 
poxodlar, jismoniy tarbiya darslari va boshqalardan iboratdir. Biroq ularning 
hammasi ham ba’zi umumiy qonunlarga egadir. Bu qonuniyatlarni bilish har bir 
ayrim holatda jismoniy mashqlarni shug’ullanuvchi kishilar organizmiga 
samaraliroq ta’sir etadigan darajada oqilona amalga oshirishga imkon beradi. 
Insonning jismoniy jihatdan kamol topishiga qaratilgan faol harakat faoliyati 
mashg’ulotlarning asosiy mazmunini tashkil etadi. Shug’ullanayotgan kishilarning 
faoliyati har qanday mashg’ulotda nisbatan mustaqil bo’lgan bir qator 
elementlardan, ya’ni jismoniy mashqlarning o’zidan, ularni bajarish uchun 
tayyorgarlikdan, faol dam olishdan va boshqalardan iborat bo’ladi. Bu elementning 
o’zaro qanday aloqadorligi, ya’ni mashg’ulot mazmuni elementlarning tuzilmasi 
jismoniy mashq mashg’ulotlari shaklsini tashkil etadi. Bunga mashqlarni bajarish 
tartibi, shug’ullanuvchi kishilarning o’zaro munosabatlari, tavsifi, ularni 
uyushtirish va boshqalar kiradi. 
Har bir ayrim holatda shakl mashg’ulot mazmuniga mos kelishi kerak. Bu esa 
mashg’ulotning yaxshi o’tishi uchun zarur asosiy pedagogik qoidalaridan biridir. 
Masalan, mashg’ulotning mazmuni jismoniy sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan 
bo’lsa, u holda mashqlar ish bilan dam olish qat’iy bir izchillik bilan almashib 
turadigan muayyan tartibda bajarilishi kerak. Xuddi shuningdek, mashg’ulotning 


qanday natija berishi o’quvchilarni uyushtirish, mashg’ulot qay paytda o’tkazilishi, 
mashq o’tkaziladigan joydan to’g’ri foydalanish kabi holatlarga ham bog’liq. 
Binobarin, mashg’ulotlarning shakli ularning mazmuniga faol ta’sir etar ekan. 
Shakl bilan mazmun birligigina shug’ullanuvchi kishilar faoliyati zarur darajada 
muvaffaqiyatli chiqishini ta’min etadi, aks holda mashg’ulotlar natijasi tuzuk 
bo’lmaydi. 
Hadeb bir xil mashg’ulot shaklidan foydalanaverish shug’ullanayotgan 
kishilarning jismoniy tayyorgarligini takomillashtirishni to’xtatib qo’yadi. Eski 
shakllardan kechib, ularni yangi shakllarga almashtira borish esa, jismoniy tarbiya 
vazifalarini muvaffaqiyatli hal etishga imkon beradi. 
Jismoniy mashq mashg’ulotlari ham mazmun, ham shakl jihatidan xilma – xil 
blishi kerak. Bu esa pedagogik ishda yo’l qo’yib bo’lmaydigan ulubiy 
qo’llanmalardan qutilib, mashg’ulot o’tkazishning xilma – xil usullaridan keng 
foydalanish imkonini beradi. 
Mashg’ulotlar shaklining ular natijasiga faol ta’sir ko’rsatishi unga nihoyat 
darajada jiddiy munosabatda bo’lishni taqozo etadi. Jismoniy tarbiya nazariyasida 
jismoniy mashq mashg’ulotlarining tuzilishi masalalariga hamisha katta e’tibor 
berilishining sababi ham anna shundadir. 

Yüklə 422,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin