3.MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR IDROKINI IJODIY О‘YINLAR ORQALI RIVOJLANTIRISH Bola о‘z о‘yinlarida о‘zlashtirgan hatti-harakatlarni taqlid asosida namoyish qiladi. О‘yinning turlari kо‘p. О‘yin turlari ichida ijodiy о‘yin turi bola uchun qulay va qiziqarlidir.
Ijodiy о‘yinlar mazmunining о‘ziga xosligi uning eng muhim xususiyatlaridan hisoblanadi. Mashhur pedagog va psixologlardan D.B.Elkonin, D.V. Mendjeritskiy, P.Y. Samorukova va boshqalarning fikricha, ijodiy–rolli о‘yinlar kattalarning ijtimoiy hayotidagi rang-barang hatti-harakatlari, kо‘rinishlari – bolalar о‘yinlarining asosiy mazmuni bо‘lib xizmat qilib, kattalar ijtimoiy hayotining namunasini oladigan faoliyat turidir. Ijodiy о‘yin faoliyatida asosiy komponent bо‘lib, u personajni, hayotiy vaziyatni, harakat va personajlar munosabatini о‘z ichiga oladi. Ijodiy о‘yinlar о‘z mazmun va mohiyatiga kо‘ra jamoa о‘yini bо‘lib hisoblansada, yakka holda uynalmaydi, degan fikrni keltirib chikarmasligi kerak.Ijodiy о‘yinlar bolaning aqliy, ahloqiy, jismoniy, fiziologik va psixologik rivojlanishlarida muhim ahamiyat kasb etib, bunda bola ehtiyoji va malakasi tarbiyalanib, shakllanib boradi.
Ijodiy о‘yin turlaridan biri bu - sahnalashtirish о‘yinlaridir. Sahnalashtirish о‘yinlari, bu bolalarning mustakil ijodiy о‘yin turi bо‘lib, unda badiiy asar va hikoyalar bolalar tomonidan rollarga bо‘lib ijro etiladi. Bu о‘yinlar bolalarda iroda, intizom va о‘z xatti-harakatlarini boshqara olish, boshqalarning harakatlari bilan hisoblashish kabi ijobiy ma’naviy xislatlarni shakllantiradi. Shu bilan birga bola idrokini rivojlantiradi. Sahna о‘yinida rol ijro etayotgan bola о‘z qahramonining ijobiy va salbiy xususiyatlarini tushunadi, о‘zlashtiradi.
Sahnalashtirish о‘yinlarida bolalar о‘yin jarayoniga kirib boradilar, voqea va ertak kahramonlarining ichki hayotiga bevosita aloqador bо‘lgan qahramonlik, jasurlik, mehribonlik, jonbozlik, jonkuyarlik kabi ijobiy fazilatlarni о‘zlarida yaqqol namoyon qiladilar.
Bu jarayonda bolalarning voqeliklarni idrok etishi va tushunchalar hosil qilishi, nutq faolligi, lug‘at boyligi, dunyoqarashi kengayib boradi. Sahnalashtirish uchun badiiy asar, ertaqlar tanlash katta yoshdagilardan bolalarning yosh xususiyatlari, kizikishlari, istaklarini hisobga olishni talab etadi. Sahnalashtirish о‘yinlari qizikarli о‘tishi va uzok vakt davom etishi uchun kerakli jihozlar tayyorlanishi ham muhim hisoblanadi. Kattalar о‘yin rejissyori rolini amalga oshira borib, bolalarning xatti-harakatlari, kobiliyatlari, intilishlarini hisobga olib boradilar.
О‘yinda faol ishtirok etgan bolalarni alohida rag‘batlantirilib, kelgusida kaysi asarlarni sahnalashtirish kerakligini aniqlaydilar. Tayyorgarlik jarayoni ham bolalarda barcha ishtirokchilarni idrok etish, barchani tanib olish, jamoa bо‘lib kо‘maklashish, topshiriqlarni birgalikda bajarish, о‘z qahramonidan tashqari boshqa qahramonlarni ham о‘rganish imkrnini beradi.
Bolalarni ijodiy kobiliyatlarini yanada takomillashtirishda qurilish materiallari bilan о‘tkaziladigan о‘yinlarning о‘rni katta. Bunday о‘yinlar bolalarda murakkab idrokni shakllantiradi. Murakkab idrokda fazo tushunchasi mavjud. Fazoni idrok qilish voqelikdagi narsa va hodisalarning fazoda egallagan o’rnini, shaklini, miqdorini, bir-biriga nisbatan munosabatlar bilish jarayonidir. Idrok etishning bu turi bolalarda maktabgacha yoshning oxiriga kelib shakllana boshlaydi.
Qurish–yasash о‘yinlari bolada buyum obrazini fazoviy ifodada tasvirlashni talab qiladi. О‘yin jarayonida biror bir material yoki buyumning xajmi, kattakichikligi, bir-biriga mosligi, fazoviy mо‘ljallay olish kо‘nikmasi rivojlanadi. Bolalarning sevimli mashg‘uloti qum bilan uynash. Qum bolalarning uynashlari uchun eng kulay о‘yin vositasi bо‘lib hisoblanadi. Qumlar maxsus yashiklarda nam holatda saqlanadi. Bolalarni qum bilan о‘ynashlari uchun bayroqchalar, о‘yinchoklar tayyorlab kuyilishi kerak. Qum о‘yinlari ham boshqa о‘yinlar kabi bolalarning har tomonlama rivojlanishini ta’minlaydi. Jumladan, bola psixologiyasini tinchlantirish xususiyatiga ega, qо‘l motorikasini rivojlantiradi, ijodiy hayol va tasavvurlarini boyitadi, ijodkorligini shakllantiradi. Suv bilan uynaladigan о‘yinlar ham bolaning sevimli о‘yinlaridan biri. Barcha bolalar deyarli erta davlardanoq suv о‘ynashni boshlaydilar. Suv ham bolani tinchlantirish xususiyatiga ega. Yuvinish, tozalik nafaqat gigiyenik talab balki tozalikni idrok etish, undan tо‘g‘ri foydalanish, atrofmuhit, tabiat haqidagi tushunchalarni ham о‘rgatadi. Suvda qо‘g‘irchoqni chо‘miltirish, о‘yinchoqlar bilan suvda о‘ynash kabilarni anglash va tushunish bola rivojlanishi uchun muhimdir.
Ijodiy o’yinlar ijodiylari va mazmunining rang-barangligi, ularni tavsiflash zaruratini keltirib chiqaradi. Ijodiy o’yin faoliyati tizimida asosiy komponent sifatida o’z ichiga personajni, hayotiy vaziyatni, harakat va personajlar munosabatini oladi. Ijodiy o’yinlarda hayoliy vaziyatning mavjud bo’lishi bolaning tafakkurini o’stirib ijodiy va rollar o’yin mazmunini takomillashtiradi. Ijodiy ijodiy o’yinlarning o’ziga xos sabablari mavjuddir. Buning eng asosiy sababi – bolalarning kattalar bilan birgalikda ijtimoiy hayot kechirishga intilishidir. Bu sabablar bolaning yoshiga karab, o’yin mazmuniga karab o’zgarib boradi. Kichik yoshdagi bolalarda asosiy sabab buyumlar bilan bajariladigan qiziqarli harakatlar bo’lsa, bola katta bo’lgan sari o’yindagi kattalar harakatlarini va munosabatlarini qayta aks ettirish asosiy sabab bo’lib xizmat qiladi. SHunga ko’ra, o’yinlarni ijodiyi, mazmuniga ko’ra 3 guruhga bo’lish mumkin.
Maishiy o’yinlar (oila, maktabgacha ta’lim muassasasi va boshqa voqielikni aksettiradigan).
Mehnat mavzuidagi o’yinlar (oila va kattalar mehnatida ishtirok etish, o’z- o’ziga hizmat vaboshq.).
Ijtimoiy mavzudagi o’yinlar.
Bolalar rollarni tanlab o’ynaydilar. Ijodiy o’yinlarda xatti-harakatlarni, qoidalarni egallash asosida, rolda mujassamlashtirilgan ahloqiy qoidalar ham o’zlashtiriladi. O’yinda kishilar turmushiga, ishlariga, jamiyatdagi xulq-atvor me’yor va qoidalariga ijobiy munosabat shakllantiriladi. Xuddi shu jarayonda o’yin muomala madaniyatini shakllantirish vositasi sifatida ham yuzaga keladi. Aqliy tarbiyaning asosiy vositalaridan biri bu ijodiy o’yin hisoblanib, unda bola atrof-muhitdagi voqea va hodisalarni aks ettirib, hayolan ularni qayta tiklaydi. O’yinning hayoliy vaziyati bolaning aqliy faoliyatining rivojlanishiga doimo ta’sir ko’rsatadi.
D.B.Elkonin ijodiy o’yinni birgalikda o’ynaladigan o’yinda tasvirlanayotgan voqealarga, harakatlarga, buyumlarga nisbatan o’z nuqtai nazarini boshqalar nuqtai nazari bilan jamlash masalasi shakllanishi natijasida yalpi tafakkur bosqichiga o’tishga imkon beruvchi bilishga oid jarayon yuz berishini ta’kidlab o’tgan.
O’yinning san’atga yaqinligi ijodiy o’yinlardan estetik tarbiyada foydalanish imkonini yaratadi. Bola o’yinidagi ijodkorlik bilan bog’lik bo’lgan tuyg’ular estetik tuyg’ularga yaqin turadi. O’yinda bolaning katta harakat tajribasi shakllanadi. Turli harakatlarni rivojlantirish va takomillashtirish uchun qulay sharoit yaratiladi, bola rolga kiradi, o’z roliga oid hatti-harakatlarni amalga oshirish uchun tasvirlayotgan rollarning o’ziga xos xususiyatlarini ongli ravishda ifodalaydi.
Ikki yoshdagi bolalar hayotida ijodiy o’yinchoqlar bilan juda oddiy o’yinlar o’tkaziladi. Bolalar bu o’yinchoqlarni qo’lda ushlab yuradilar, siqib ko’radilar, yerga tashlab ko’radilar, o’yinchoqlarni g’ildiratadilar, o’yinchoqda nima tasvirlanganligiga e’tibor bermaydilar. Bu yoshda kundalik hayotda tevarak – atrofdagi katta kishilar va bolalar harakatini ko’zatib borishni, bu harakatlarni o’z o’yinlarida aks ettirishni o’rgatish lozim: qo’g’irchoqni ovqatlantirish, uyquga yotqizish va boshq.
Bu yoshda buyumli o’yin bir necha bosqichda amalga oshiriladi:
bosqichda bolalar o’yinchoqlar bilan kattalar harakatlariga taqlidqiladilar.
bosqichda o’zlashtirgan harakatlarni mustaqil bajara boshlaydilar, so’ngra bu harakatlarni boshqa buyumlargako’chiradilar.
bosqichda tasviriy o’yin vujudga keladi, uning mazmunini shartli qurollar bilan bajariladigan harakatlar tashkil qiladi.
Bola kundalik hayotda ko’zatgan buyumlar bilan bajariladigan harakatlarga taqlid qiladi (gazeta o’qiydi, yer chopadi, kir yuvadi), bularning hammasi ijodiy – rolli o’yin uchun sharoityaratadi.
Uch yoshga qadam qo’ygan bolalar bilan suhbatlar, ko’zatishlar o’tkazish, hikoya va ertaklar o’qib berish, maslahat berish va o’yinlarga qiziqtirish kerak. O’yinda bolalarni katta ish-harakatining faqat tashqi tomonigagina taqlid qildirmay, balki ularni odamlarga, mehnatga bo’lgan munosabatlariga ham taqlid qildirish, bolalarda ahillik bilan uynay olish, rollarni taqsimlay bilish, ko’zlangan maksadga erisha olish, tortinchoq va uyatchan bolalarga loyiq rollarni taklif qilib, ularning o’yingaqo’shilishigayordam berish kerak. Bolalarda hayol tasavvurlarini o’stirish ularda mustaqil biron yangi o’yinni ijod etish, bu o’yinga kerakli narsalarni tanlash, binolar qurish, ba’zi o’yinchoqlarni o’z qo’li bilan yasash, badiiy mashg’ulotlarda orttirgan malakalarini o’yinda qo’llash, qo’shiqlar aytish, she’r o’qish, chizgan rasmlardan va yasagan narsalardan foydalanish istagini uyg’otadi.
Jamoa o’yinining paydo bo’lishi uning mavzui va mazmunini ham, to’zilishini ham tez rivojlantirish va o’zlashtirish imkonini yaratadi. Bolalar o’yinlari mavzuining o’zgarishida maishiy o’yinlardan mehnat, ishlab chiqarish ijodiyiga ega bo’lgan o’yinlarga, so’ng turli ijtimoiy hayot voqea va hodisalari aks ettiriladigan o’yinlarga o’tiladi o’yinning mazmuni ham rivojlanadi.
Katta yoshli bolalar hayotida harakatlar qatorida xilma – xil ijtimoiy munosabatlar, xatti-harakatlar ham aks eta boshlaydi. O’yinlar mavzui doirasining kengayishi, ular mazmunining teranlashuvi, o’yin shakli va to’zilishining o’zgarishiga olib keladi.
Syujetli va rollarga bo’lib o’ynaladigan o’yinlar maktabgacha yoshdagi bolalarni yeng asosiy o‘yin formasidir.
Maktabgacha yoshdagi bolalar ko’proq «bog’cha-bog’cha», «poezd- poezd» kabi qiziqarli bo’lgan o‘yinlar o’ynaydi. Lekin turli yoshdagi bolalarning o‘yinlaribirxilbo’lsahamsyujetiharxilbo’ladi.Masalan:kichikguruxbolalari
«bog’cha-bog’cha» o‘yinini uynar ekan ular peshinga ovqat pishiradilar, nonni kesadilar, idishni yuvadilar. Ammo kesilgan non qo’g’irchoqlarga berilmaydi, pishirilgan ovqat tarelkaga so’zilmaydi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga sensor tarbiya berishda didaktik o‘yinlarni roli katta. Didaktik o‘yinlar maktabgacha ta’lim muassasasida maxsus dastur asosida olib boriladigan mashg’ulotlarni muvaffaqiyatli o’tkazishga, katta gurux bolalarini maktabdagi o’qish faoliyatiga tayyorlashga katta yordamberadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar o‘yinlari ichida harakatli yoki qoidali o‘yinlar ham muhimdir. CHunki harakli o‘yinlar bolalarni jismoniy jihatdan chiniqtiradi, dadil, qo’rqmas, yepchil bo’lishgaundaydi.
Bolalarga tashabbuskorlik, jamoaizm, burch xislarini o’stiradi. Bunga «Kim birinchi», «koptok», «oq quyoncha o’tiribdi», «etib ol» o‘yinlari kiradi.
Harakatli o‘yinlar asosan sayr va jismoniy tarbiya mashg’ulotlarida o’tkaziladi.
Drammalashtirilgan o‘yinlarni ham bolalar sevib o’ynaydilar. Bu o‘yinlar turli xil yertak va xikoyalar saxnaga qo’yiladi, rollarni esa bevosita bolalarni o’zlari ijro yetadilar. Masalan: «Qizil shapkacha», «Tormoq», «SHolg’om» drammali o‘yinlar bolalarni nutqi hayol va kobiliyatlarini tarkibtoptiradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar o‘yinlari orasida qurish-yasash o‘yinlari hammaga ma’lum bir maksadga qaratilganbo’ladi.
O‘yin faoliyati bolalarni individual ravishda o’rganish imkonini beradi. Ayrim bolalar jamoa bo’lib uynashni yoqtiradilar bu psixologik bolani umumiy taraqqiyotiga ta’sir yetadi. SHuning uchun tarbiyachilar jamoa o‘yinlarga tortishlarikerak.
Ijodiy va syujetli o‘yinlarda bolalarning barcha psixik proseslari bilan birlikda individual (shaxsiy) hislatlari ham shaklllanadi. Mana shu nuqtai nazardan o‘yin maktabgacha ta’lim muassasasidagi ta’lim – tarbiya ishlari orasida eng asosiy, markaziy o‘rinda turadi. Demak, maktabgacha ta’lim muassasadagi ta’lim – tarbiya ishlarini muvaffaqiyati ko‘p jihatdan bolalarning o‘yin faoliyatlarini maqsadga muvofiq tashkil qila bilishgabog’liqdir.