ILASHEVA
.
Y
Shamsiddin Jizzax
transport, aloqa kasb-hunar kollejini tamomladi.
Kollejni tugatgach esa OTMga hujjatlarini topshirdi,
ammo test
natijalarining pastligi tufayli o’qishga kira olmadi. Va bir yil davomida
o’zi uchun maqbul ish topa olmagach, bobosidan meros qoldirilgan eski
“Jiguli” avtomobili bilan o’zining qishlog’idagi
aholini tuman
markaziga olib borib taksistlik, ya’ni haydovchilik bilan shug’ullana
boshladi. Dastlabki ikki oy mobaynida o’zining ehtiyojlari uchun kerakli
mablag’ ishlab topgan bo’lsa, keyinchalik
ishlari yaxshilanib
ehtiyojlaridan orttirgan mablag’ni to’play boshladi.
Deyarli besh yil vaqt o’tganidan so’ng uning avtomobilida jiddiy
nosozlik paydo bo’ldi. Shamsiddin bu vaziyat yuzasidan o’zining
ustachilik bilan shug’ullanadigan do’sti Abrordan maslahat so’radi.
Do’sti Shamsiddinga avtomobildagi nosozlik 3 mln. so’m
miqdorda
remont talab qilishini aytdi. Va Shamsiddinga avtomobilini 17 mln.
so’mga sotib yuborib, 60 mln. so’mga 15 yil xizmat qiladigan va jiddiy
remont talab qilmaydigan yangi avtomobil sotib olishini, yoki o’sha eski
avtomobilini 3 mln. so’mga kapital remont qilib, 3
yil foydalanishi
haqida taklif berdi. Diskontlash koeffitsiyenti – 10%. Har ikki holda
ham foydalanilgan avtomobilni metallalomga topshirishga to’g’ri keladi
(bunda likvidatsiya qiymati 0 ga teng bo’ladi).
Shunda Shamsiddin
yangi avtomobil sotib olish uchun unda 30 mln. so’m miqdorda
mablag’i borligini aytdi. Do’sti esa Shamsiddinga 1 yilga 30 mln. so’m
qarz berib turishini va uning evaziga Shamsiddin o’zining har oy ishlab
topadigan mablag’ining 7 %
ini berishini, yoki Sanoat Qurilish
Bankidan 1 yilga 30 mln. so’m mikroqarz olish taklifini berdi (foiz
stavkasi - 27.9%.). Shamsiddinning oylik daromadi – 2500000 so’m.
Savollar:
1. Nima deb o’ylasiz, Shamsiddin uchun do’sti tomonidan
berilgan qaysi
taklif eng maqbul variant ?
2. Agar Shamsddin uchun yangi avtomobil sotib olish maqbul variant
bo’lsa, avtomobil sotib olish uchun yetmayotgan 30 mln. so’m
miqdordagi mablag’ni do’stidan olgani afzalmi, yoki bankdan mikroqarz
olishi ?