Innovatsiyalar vazirligi termiz davlat universiteti



Yüklə 281,9 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix13.12.2023
ölçüsü281,9 Kb.
#175458
  1   2   3   4   5   6   7   8
Q.x.iqt 4-mavzu Maruza matni



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA 
INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI 
 
 
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
 
 
 
 
 
 
“QISHLOQ ХO‘JALIGI IQTISODIYOTI” FANIDAN
“QISHLOQ XO‘JALIGIDA MEHNAT RESURSLARI VA ULARDAN 
FOYDALANISH SAMARADORLIGI” MAVZUSI BO‘YICHA MA’RUZA 
MATNI 
 
 
 
Bilim sohasi:
200000

- Ijtimoiy fanlar, iqtisod va huquq 


Ta’lim sohasi:
230000 - Iqtisod va biznes 
Ta’lim yo‘nalishi:
5230100 - Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) 
Termiz – 2023 
 


4-MAVZU: QISHLOQ XO‘JALIGIDA MEHNAT RESURSLARI VA 
ULARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI 
Reja:
 
1. Mehnat resurslarining qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati va o‘ziga xos 
xususiyatlari. 
2. Qishloq xo‘jaligida mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini 
tavsiflovchi ko‘rsatkichlar va ularni aniqlash tartibi. 
3. Qishloq xo‘jaligida mehnat unumdorligini oshirish yo‘llari. 
 
 
Tayanch iboralar:
mehnat, mehnat resursi, ishchi kuchi, ishsizlik, mehnat 
unimdorligi, mehnat sig’imi, ish vaqti fondidan foydalanish koeffitsiyenti, 
mehnatning mavsumiylik koeffitsiyenti. 
1. Mehnat resurslarining qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati va o‘ziga xos 
xususiyatlari. 
Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida bo‘lgani singari qishloq xo‘jaligi 
tarmog’ida ham mehnat resurslarining ahamiyati katta. Qishloq xo‘jaligi 
tarmog‘ida ishlab chiqarish jarayonini amalga oshishi uchun moddiy, mehnat va 
kapital resurslari mavjud bo‘lishi talab etiladi. Ushbu resurslar ichida mehnat faol 
resurs bo‘lib, qolgan ikkita resursni bir-biri bilan bog‘laydi va uning darajasi ishlab 
chiqarish jarayonining natijalariga ta’sir ko‘rsatadi.
Mehnat - bu insonning ongli, maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatidir. Ishlab 
chiqarish jarayoni inson mehnati, mehnat predmetlari va vositalari, tabiiy 
sharoitlarning samarali uyg‘unlashishini talab etadi. Inson shu ishlab chiqarish 
vositalarini ma’lum hududda, davrda ishga solib, ishlab chiqarish jarayonini 
amalga oshiradi. Jumladan, ekinlar ekiladigan yerlarni shudgorlash, ekishga 
tayyorlash, ekish, suv berish, ishlov berish, hosilni terib olish va boshqalar. Ishlab 
chiqarish jarayonining samarasi, avvalo, mehnat resursining bilimiga, malakasiga, 
mehnatga munosabatiga, qolaversa, fan-texnika taraqqiyotiga, ishlab chiqarish 
vositalarining sifatiga, holatiga va nihoyat, tabiiy sharoitga bog‘liq. Demak, inson 
o‘z faoliyatini ularning barchasini oqilona, uddaburonlik bilan samarali ishga 
solishga qaratishi kerak. Shunday mehnat iqtisodiy kategoriya hisoblanadi. Uning 
tabiati ishlab chiqarish munosabatlari bilan belgilanadi. Demak, talabni qondira 
olish qobiliyatiga ega bo‘lgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish, 
xizmatlarni bajarish insonning ongli faoliyati, ya’ni mehnatiga bevosita bog‘liqdir. 
2023-yil 1-iyul holatiga respublikamizning doimiy aholisi soni 36 372 300 
kishini tashkil etgan bo‘lib, 2022-yilning shu davriga nisbatan 2,2 foizga oshgan.
2020-yil 1-yanvar holatiga hududlar bo‘yicha shahar va qishloq aholisi soni 
to‘g‘risidagi ma’lumotlar 4.1-jadvalda keltirlgan. 


4.1-jadval 

Yüklə 281,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin