Insho Abdulla Oripov ijodida Vatan talqini


Insho Zakovatli uqadi, bilimli biladi, bilimli, zakovatli tilakka yetadi



Yüklə 43,22 Kb.
səhifə3/6
tarix26.05.2022
ölçüsü43,22 Kb.
#59681
1   2   3   4   5   6
11 sinf insholar matni-1

Insho Zakovatli uqadi, bilimli biladi, bilimli, zakovatli tilakka yetadi.
Reja :
I. Kirish: Bilim so`zining lug`aviy ma`nosi .
II. Asosiy qism: 1. Olim kishilar har yerda aziz .
2. Ajdodlarimiz tafakkuri bilan yaratilgan eng qadimiy bitiklar.
3. Ma`naviyatimiz yulduzlari.
III:. Xulosa.. Kitob – xazinalar kaliti, u qalblarni yoritadi..
Ilmdan bir shu`la dilga tushgan on,
Shunda bilursenkim, ilm bepayon!
Bilim deb, o'qish va yozishni yaxshi bilish, har bir kerakli narsalarni o'rganmoqqa aytiladi. Bilim — dunyoning izzati, oxiratning sharofatidir. Bilim inson uchun g'oyat oliy va muqaddas bir fazilatdir. Zeroki, bilim bizga o'z ahvolimizni, harakatimizni oyna kabi ko'rsatadi. Zehnimizni, fikrimizni qilich kabi o'tkir qiladi, Savobni gunohdan, halolni haromdan, pokni nopokdan ajratib beradi. Bilimsiz inson mevasiz daraxt kabidir. Chunki bilimsiz kishilar ota-onasiga, qarindosh-urug'iga, yor-do'stiga va millatiga foyda yetkazish bir yoqda tursin, o'ziga lozim bo'Igan amallarni ham loyig'icha qila olmaydi. Bilimning foydasi shu qadar ko'pki, ta'riflagan bilan ado qilish mumkin emas. Bizlarni jaholat qorong'uligidan qutqaradi. Madaniyat, insoniyat, ma'rifat dunyosiga chiqarib, yomon fe'llardan, bema'ni ishlardan qaytaradi. Yaxshi xulq va adab sohibi qilib tarbiyalaydi.
Olim kishilar har yerda aziz va hurmatlidir. Shariatimizda qaysi ilmga muhtoj bo'lsang, shuni bilmoq farzdir, deyilgan. Shuning uchun o'qimoq, bilmoq zamonlarini qo'ldan boy bermay, vujudimizning dushmani bo'Igan jaholatdan qutulmoqqa jonimiz boricha harakat qilmog'imiz lozim.
Ilm tushunchasi bilim , ma`naviyat , ma`rifat , ziyo kabi so`zlar bilan chambarchas bog`liq bo`lib , kishining hayoti davomida zarur bo`ladigan bilimlar yig`indisir.
Inson tug`ilishidan ilmli bo`lib dunyoga kelmaydi , aksincha u ilmni avvalo ustoz-murabbiylardan , ota-onasidan , qolaversa bilimli kishilardan , hayotdan o`rganadi .
Bizga birinchi bilim egallashimizda ustozlarning o`rni beqiyos . Ular bizga 9 yil davomida turli fanlardan saboq beradilar . Keyichalik esa biz kasb-hunar kollejlarida o`qishni davom ettirib ilm olish bilan birgalikda kasb- hunar ham egallaymiz .
Ajdodlarimiz tafakkuri va dahosi bilan yaratilgan eng qadimiy bitiklar , xalq og`zaki ijodi namunalaridan tortib , bugungi kunda kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan ming-minglab qo`lyozmalar , ularda mujassamlashgan tarix , adabiyot, san`at , siyosat , axloq , falsafa , tibbiyot , kimyo , matematika , astronomiya , me`morlik , dehqonchilik va boshqa sohalarga oid qimmatbaho asarlar bizning buyuk ma`naviy boyligimizdir . Biz bu ilmlarni puxta egallab , kelajakda komil inson bo`lib yetishamiz hamda tarbiyalanamiz . Hayot qiyinchiliklarini olgan bilim va ko`nikmalarimiz orqali bartaraf etamiz . Inson jismoniy kuchiga emas , aqliga baho berish lozim . Inson kuchi yillar o`tishi bilan zaiflashib boradi , o`rgangan bilimi esa hech qachon qarimaydi. Xalqimizning ajoyib udumlari, an'analari behisob. Ammo ular orasida bir an'ana borki, u haqda har qancha so'zlasang shunchalik oz. Bu - kitob bilan bog'liq an'ana bo'lib, elimiz mutolaani sevishi, unga chanqoqligidir. Kitob uni yaratgan xalqning bebaho ma'naviy boyligidir. U inson aql-idroki va ijodkorligining buyuk kashfiyotlaridan biridir. Kitob – hayot darsligi, barcha bilimlar asosi, dunyo voqea-hodisalari va elu elatlar hayotidan hikoya qiluvchi birdan-bir manba. Kitob — insonning yaqin do'sti, aqlli suhbatdoshi, beqiyos sirdoshi. Kitoblar orqali kishilar asrlar bilan, ming yillar bilan, qadim zamonlarda va yaqin o'tmishda yashab o'tgan, hozir yashayotgan donalar, fozillar bilan suhbatlashishi, sirlashishi mumkin. Kitob – xazinalar kaliti, tafakkur manbai. Kitob – nonday aziz, mo'tabar va muqaddas. Shu boisdan ham kitobni sevish, qadrlash va e'zozlash qadim-qadimlardan boshlangan. O`zbekiston ozod va mustaqil davlat . Bu zaminda yashayotgan har bir yurt farzandi Vatanimizning ozodligi hamda mustaqilligi, uning yana ham rivojlanishi uchun sitqidildan ilm egallamog`i lozim. Bu zamindan yetishib chiqqan To`maris, Al-Buxoriy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Amur Temur, Jaloliddin Manguberdi, Mirzo Ulug`bek, Bobur Mirzo kabi ajdodlarimiz yo`lidan borib , Mustaqil O`zbekistonimizni dunyoga tanitishda ilm yo`lida izlanib, harakat qilmog`i kerak .



Yüklə 43,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin