Tarmoqlararo ekranlarning asosiy komponentlari
Tarmoqlararo ekranlar tarmoqlararo aloqa xavfsizligini OSI modelining turli sathlarida madadlaydi. Bunda etalon modelning turli sathlarida bajariladigan himoya funksiyalari bir-biridan jiddiy farqlanadi. Shu sababli, tarmoqlararo ekranlar kompleksini, har biri OSI modelining alohida sathiga mo‘ljallangan, bo‘linmaydigan ekranlar majmui ko‘rinishida tasavvur etish mumkin.
Ekranlar kompleksi ko‘pincha etalon modelning tarmoq, seans, tatbiqiy sathlarida ishlaydi. Mos holda, quyidagi bo‘linmaydigan brandmauerlar farqlanadi (17.2-rasm).
- ekranlovchi marshrutizator;
- seans sathi shlyuzi (ekranlovchi transport);
- tatbiqiy sath shlyuzi (ekranlovchi shlyuz).
Tarmoqlarda ishlatiladigan protokollar (TCP/IP, SPX/IPX) OSI etalon modeliga batamom mos kelmaydi, shu sababli sanab o‘tilgan ekranlar xili funksiyalarini amalga oshirishda etalon modelining qo‘shni sathlarini ham qamrab olishlari mumkin. Masalan, tatbiqiy ekran xabarlaming tashqi tarmoqqa uzatilishida ulami avtomatik tarzda shifrlashni hamda qabul qilinuvchi kriptografik bekitilgan maTumotlami avtomatik tarzda rasshifrovka qilishni amalga oshirishi mumkin. Bu holda, bunday ekran OSI modelining nafaqat tatbiqiy sathida, balki taqdimiy sathida ham ishlaydi.
Seans sathi shlyuzi ishlashida OSI modelining transport va tarmoq sathlarini qamrab oladi. Ekranlovchi marshrutizator xabarlar paketini tahlillashda ulaming nafaqat tarmoq, balki transport sathi sarlavhalarini ham tekshiradi.
17.2-rasm. OSI modelining alohida sathlarida ishlaydigan tarmoqlararo ekranlar turi.
Tarmoqlararo aloqani samarali himoyalash uchun brandmauer tizimi to‘g‘ri o‘matilishi va konfiguratsiyalanishi lozim.
Ushbu jarayon quyidagilami o‘z ichiga oladi:
tarmoqlararo aloqa siyosatini shakllantirish;
brandmauemi ulash sxemasini tanlash va parametrlarini sozlash.
Tarmoqlararo aloqa siyosatini shakllantirish.
Tarmoqlararo aloqa siyosatini shakllantirishda quyidagilami aniqlash lozim:
tarmoq servislaridan foydalanish siyosati;
tarmoqlararo ekran ishlashi siyosati.
Dostları ilə paylaş: |