Virtual himoyalangan tarmoqlar
VPN tunneli ochiq tarmoq orqali o‘tkazilgan ulanish bo‘lib, u orqali virtual tarmoqning kriptografik himoyalangan axborot paketlari uzatiladi. Axborotni VPN tunneli bo‘yicha uzatilishi jarayonidagi himoyalash quyidagi vazifalarni bajarishga asoslangan:
- o‘zaro aloqadagi taraflarni autentifikatsiyalash;
- uzatiluvchi ma’lumotlarni kriptografik berkitish (shifrlash);
- yetkaziladigan axborotning haqiqiyligini va yaxlitligini tekshirish.
VPN qurilmalari virtual xususiy tarmoqlarda VPN-mijoz, VPN-server yoki VPN xavfsizligi shlyuzi vazifasini o‘tashi mumkin.
VPN-mijoz odatda shaxsiy kompyuter asosidagi dasturiy yoki dasturiy-apparat kompleksi bo‘lib, uning tarmoq dasturiy ta’minoti u boshqa VPN-mijoz, VPN-server yoki VPN xavfsizligi shlyuzlari bilan almashinadigan trafikni shifrlash va autentifikatsiyalash uchun modifikatsiyalanadi.
VPN-server server vazifasini o‘tovchi, kompyuterga o‘rnatiluvchi dasturiy yoki dasturiy-apparat kompleksidan iborat. VPN-server tashqi tarmoqlarning ruxsatsiz foydalanishidan serverlarni himoyalashni hamda alohida kompyuterlar va mos VPN-mahsulotlari orqali himoyalangan lokal tarmoq segmentlaridagi kompyuterlar bilan himoyalangan ulanishlarni tashkil etishni ta’minlaydi.
17.2-rasm. Virtual himoyalangan tunnel sxemasi.
Himoyalangan virtual xususiy tarmoqlar VPNni turkumlashni turli variantlari mavjud. Ko‘pincha turkumlashning quyidagi uchta alomati ishlatiladi:
OSI modelining ish sathi;
VPN texnik yechimining arxitekturasi;
VPNni texnik amalga oshirish usuli.
Dostları ilə paylaş: |