Inson huquqi — shaxsning hayotiy ehtiyoji, yashashi, komil topishi uning jamiyat, davlat va boshqa shaxslar bilan aloqasi uchun zarur boʻlgan xususiyatlari. Inson huquqlari va erkinliklari tizimi oʻz yaralish ibtidosi va rivojlanish mantiqiga



Yüklə 71,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix20.12.2022
ölçüsü71,71 Kb.
#76674
1   2
Inson huquqlari - Vikipediya

Inson Huquqlari barcha insonlarning umumbashariy va ajralmas huquqlari boʻlib, qaysidir
davlatga, millatga, fuqarolikka yoki dinga tegishli boʻlmasin hamma uchun bir hildir. Bu huquqlar
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasiga
asoslangan. Inson Huquqlari xalqaro koʻlamda amal
qilinib, xalqaro qonunlar, dunyoviy va diniy muassasalar, hukumatlar siyosati va nodavlat
tashkilotlari tomonidan dunyo siyosatiga juda ham katta taʼsir koʻrsatadigan doktrinadir. Inson
Huquqlari bu insonlarga berilgan imtiyoz boʻlib u dunyoning koʻpchilik taraqqiy etgan
mamlakatlarida qonunlar, konstitutsiyaviy qadriyatlar normalari yoki halqaro konventsiyalar
orqali tan olingan.
Inson huquqlari - insonning davlat bilan munosabatidagi huquqiy maqomini, iqtisodiy, ijtimoiy,
siyosiy va madaniy sohalardagi imkoni-yatlari hamda daʼvolarini tavsiflovchi tushuncha. Inson
huquqlarini erkin va samarali tarzda amalga oshirish fuqarolik ja-miyati va huquqiy davlatning
asosiy belgilaridan biridir. Inson huquqlarini mutlaq va nisbiy Inson huquqlariga boʻlish qabul
qilingan. Yashash huquqi, qiynoklarga, zoʻravonlikka, inson shaʼnini yerga uradigan boshqa xil
muomalaga yoki jazoga duchor etilmaslik huquqi, shaxsiy hayotning daxlsizligi huquqi, shaxsiy va
oilaviy sir saklash huquqi, oʻz shaʼni hamda yaxshi nomini himoya etish huquqi, vijdon erkinligi va
dinga eʼtiqod qilish huquqi, shuningdek, sud tomonidan himoya qilinish va odil sudlov huquqi


hamda shular bilan bogʻliq eng muhim protsessual huquqlar mut-laq Inson huquqlari sirasiga
kiradi. Qolgan hamma Inson huquqlari nisbiy boʻlib, favqulodda yoki harbiy holat tartibi joriy
qilingan vaziyatda cheklab yoki toʻxtatib qoʻyilishi mumkin. Demokratik davlatda mutlaq Inson
huquqlarini har qanday vaziyatda ham cheklashga yoki vaqtincha toʻxtatishga (bekor qilishga)
yoʻl qoʻyilmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida inson va fuqarolarning asosiy huquqlari,
erkinliklari va burchlari, jumladan, shaxsiy huquq va erkinliklari, siyosiy huquklari, iq-tisodiy va
ijtimoiy huquklari, shuningdek, Inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlari belgilab berilgan (18
— 52-moddalar). Oʻzbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega
boʻlib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qatʼi
nazar, qonun oldida tengdirlar (18-modda). Jumladan, yashash huquqi — har bir insonning uzviy
huquqi. Inson hayotiga suiqasd qilish — eng ogʻir jinoyat hisoblanadi (24-modda). Har kim erkinlik
va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega. Hech kim konunga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki
qamoqda saqlanishi; qiynoqqa solinishi, zoʻravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini
kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas (25—26-moddalar). Har kim
oʻz shaʼni va obroʻsiga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish va
turar joyi daxlsizligi huquqiga; fikrlash, soʻz va eʼtiqod erkinligi xuquqiga ega (27—29-moddalar).
Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xoh-lagan dinga eʼtiqod qilish yoki hech
qaysi dinga eʼtiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yoʻl
qoʻyilmaydi (31-modda).
Mustaqillik yillarida Oʻzbekistonda Inson huquqlari va erkinliklarining ustunligidan kelib
chiqadigan, xalqaro miq-yosda qabul qilingan yangi yuridik ta-moyil va talablarga asoslangan
keng hukuqiy muhit vujudga keltirildi. Totalitar tuzumning tazyiq va zoʻravonligidan huquqiy
meʼyorlar sari keskin burilish yasaldi. Respublika qonunlarini Inson huquqlari sohasidagi xalqaro
meʼyorlar va andozalarga muvofiklashtirish, mazkur sohada Milliy harakat dasturini ishlab chiqish,
Inson huquqlarini himoya qiladigan muassasalarning yaxlit tizimini barpo etish, Inson huquqlariga
oid xalqaro shartnomalar va hujjatlarga qoʻshilishda davom etib, bu hujjatlar boʻyicha
majburiyatlarni bajarishning, barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolar shu
hujjatlar talablariga soʻzsiz rioya qilishining mexanizmi yaratildi.Inson huquqlari va kafolatlari O'z.
Res. Konst.ning 7,8,9,10 boblarida berilgan.
[1]
1. 
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar

Yüklə 71,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin