Inson tafakkurining o’sishi, bilim doirasining kengayishi, olam va voqealar haqidagi tasavvurlarining oshishi, insonning tinmay mutolaa qilishiga, o’z ustida tinmay izlanishiga bog’liq


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 dekabrdagi "2020 -



Yüklə 42,68 Kb.
səhifə2/2
tarix27.12.2023
ölçüsü42,68 Kb.
#200728
1   2
12-maruza

1
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 dekabrdagi "2020 -
2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini
tasdiqlash to‘g‘risida" gi 781-sonli Qarori .

Kitob maslahatchi, sadoqatli hamroh, eng yaqin doʻst va bebaho boylik hisoblanadi. Inson hayotida uning oʻrni muhim. Millatning maʼnaviy-ruhiy dunyosini kitobga munosabati, kitobxonlik darajasiga qarab ham aniqlash mumkin. Jahon madaniyatiga munosib hissa qoʻshgan ajdodlarimiz erishgan betakror yutuqlarning sababi ham kitob mutolaasidir. Shu bois yurtimizda aholining kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish masalasiga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabr kunidagi “2020-2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qoʻllab quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 781-son Qarorida belgilab berilgan vazifalar oʻzining dolzarbligi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois Malaka oshirish instituti Axborot-resurs markazi xodimlari tomonidan kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targʻibot qilish, yangi kitoblar taqdimotini oʻtkazish, mutolaa madaniyatini oshirish, shu jumladan, ommaviy-axborot vositalari orqali targʻibot-tashviqot ishlari muntazam ravishda olib borilmoqda.


Jumladan, Institutning kirish qismida joylashgan “Info-kiosk”ga Malaka oshirish institutining tarixi, “Vatanparvarlik burchagi”, ichki ishlar organlari xodimlari oʻqishi uchun tavsiya etiladigan adabiyotlarning elektron shaklli hamda buyuk siymolarimiz Jaloliddin Manguberdi, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Al Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulugʻbekning hayoti va ijodiga bagʻishlangan slaydlar, prezentatsiyalar, kitob taqdimotlari va muntazam ravishda kunlik yangiliklar, institutda oʻtkazilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar haqidagi maʼlumotlar joylashtirilgan.Institutda “Adabiyotga eʼtibor – maʼnaviyatga, kelajakka eʼtibor” shiori ostida turli tadbirlarni oʻtkazish yaxshi anʼanaga aylangan. Aytish joizki, ushbu maʼnaviy-maʼrifiy tadbir institutimiz xodimlari va tinglovchilarining kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ijodkorlar va kitobxonlar oʻrtasidagi muloqotni yaxshilash, kitobga boʻlgan ehtiyojini toʻliq qoplashda oʻz samaralarini bermoqda.Kuni kecha buyuk mutafakkirlarimiz Alisher Navoiy bobomiz tavalludining 581-yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539-yilligi munosabati bilan “Zamonamiz ardoqlaydi, buyuklarni” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. Tadbirda Institut rahbariyati, professor-oʻqituvchilari, xodimlari va tinglovchilar ishtirok etdilar.Maʼruzachi Toshkent Moliya instituti oʻzbek va rus tillar kafedrasi dotsenti Shaxnoza Mahkamova Alisher Navoiy va Boburning shoir shaxsi va ijodi bilan bogʻliq maʼlumotlarni ishtirokchilarga eʼtiboriga havola etar ekan, Navoiyning ijodini oʻrganish va ilmiy tahlili boʻyicha soʻnggi yillarda qator taniqli tadqiqotchilar ish olib borayotganligini, bugungi kunda ham uning ijodiy merosi koʻpgina olimlarimizni ilhomlantirib kelayotganligini, maʼnaviyatimiz asoslarini esa buyuk bobomizning bebaho merosidan ayro tasavvur etib boʻlmasligini aytib oʻtdi. Tadbirda Tinglovchilar tomonidan Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur ijodlariga mansub ruboiy va gʻazallari oʻqib eshittirildi.
Shu bilan birga Ichki ishlar organlari safdor, serjant, ofitser va rahbar xodimlarining huquqiy ong va tafakkurini charxlash, maʼnaviy olamini boyitish, ezgulikni targʻib etishda Institut Axborot-resurs markazida axborot-kutubxona xizmatlari koʻrsatish yoʻlga qoʻyilgan. Jumladan, Axborot-resurs markazida 20000 ga yaqin adabiyotlar mavjud. Shundan 7076 ta ijtimoiy-siyosiy, 6436 ta huquqiy, 3687 ta badiiy, tillar boʻycha 581 ta, tarixiy 238 ta, 422 boshqa yoʻnalishdagi adabiyotlar, shuningdek huquqiy normativ huquqiy hujjatlar, avtoreferatlar bor.Shuningdek, 30 yaqin davriy nashrlarga obuna ishlari tashkillashtirilib, xodimlar va tinglovchilar foydalanib kelmoqdalar.
Axborot-resurs markazining “Elektron kutubxona”si zamon talablari asosida zamonaviy kompyuterlar, mebel jihozlari hamda kerakli anjomlar bilan jihozlangan. “Elektron kutubxona” fondiga Institut kafedra va sikllari tomonidan ishlab chiqilgan oʻquv jarayonida foydalaniladigan oʻquv metodik qoʻllanmalar, oʻquv dasturlar, hozirgi zamon talablaridan kelib chiqqan holda “Masofadan oʻqitish usullari” boʻyicha olingan videodarslar joylashtirilgan. Shu bilan birga Axborot-resurs markazining barcha “Elektron kutubxona”larida xodimlar oʻqishi uchun tavsiya qilingan 39 ta adabiyotning elektron hamda audio kitoblari, Prezident asarlarining elektron kitoblari, maʼnaviyat va maʼrifiy islohotlarga oid qarorlar va qonunlar, maʼnaviyat va maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlarga taalluqli boʻlgan oʻquv materiallari va slaydlar, kodekslar, oʻquv, siyosiy-huquqiy, oʻzbek adabiyoti, jahon adabiyoti, chet tillardagi jami 32 turdagi 1500 ga yaqin elektron adabiyotlar mavjud. Axborot-resurs markazining barcha Elektron kutubxona fondlari muntazam ravishda yangi turdagi elektron hamda audio kitoblar bilan toʻldirilib kelinmoqda.Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati tomonidan 2018-2021yillar mobaynida yuridik fanlar yoʻnalishida tasdiqlangan dissertatsiya ilmiy tadqiqot ishlari avtoreferatlarining elektron shakl kutubxona fondiga kiritildi.Elektron kutubxona Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasiga uzluksiz ulangan boʻlib, foydalanuvchilar axborot-kutubxona fondiga toʻgʻridan-toʻgʻri kirish imkoniyatlariga egadirlar. Jumladan, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi rasmiy veb-portali, QR kitoblar elektron bazasi, dissertatsiyalar elektron bazasi, Milliy nashrlarning elektron arxivi, video va audio media portali, Rossiya Davlat kutubxonasining Ilmiy ishlar bazasi, Springer Link – xorijiy davriy nashrlar bazasi PressReader, EBSCO axborotlar bazasi, ProQuest maʼlumotlar bazasi va ELIBRARY ilmiy elektron kutubxonasi materiallaridan foydalanish imkoniyatlari yaratilgan. Oʻzbekiston Respublikasining “Axborot-kutubxona faoliyati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-280-son qonuni ijrosini taʼminlash boʻyicha “Elektron kutubxona” dasturi modullarini yaratish boʻyicha IIV Malaka oshirish instituti Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sikli oʻqituvchisi leytenant O.Boynazarov bilan birgalikda “Elektron kutubxona” dasturini yoʻlga qoʻyish uchun tegishli mutaxassislar bilan hamkorlikda ishlar amalga oshirilmoqda.Yurtimizda kitoblar nashri bilan bir qatorda, ularning savdosi va targʻibotiga qaratilgan taʼsirchan amaliy qadamlar ham qoʻyilmoqda. Xususan, Institutda har yangi oʻquv yigʻinida respublikamizning yetakchi nashriyotlari “Oʻzbekiston”, “Adolat”, “Gʻofur Gʻulom” va “Sharq imkon press”, “New law express”, “Yuridik adabiyotlar” MCHJlar bilan hamkorlikda muntazam ravishda “Kitob yarmarkalari” oʻtkazilib kelinmoqda.Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy hazratlari yozganidek, “kitob – beminnat ustoz, bilim va maʼnaviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbai”dir.Shunday ekan, aziz yurtdoshlar kitob mutolaa qilishdan charchamaylik, oʻz ustimizda muntazam ravishda ishlaylik, kitobga – doʻst boʻlaylik!
Yüklə 42,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin