Inson tug’iladi Tug’ilibdiki, o’z bilganidan qolmaydi. Dunyo ham atay qilgandek uni har ko’yga soladi. Gohida hayotdan to’yib ketasiz. Ko’nglingizga qil ham sig’maydi



Yüklə 12,21 Kb.
tarix08.12.2022
ölçüsü12,21 Kb.
#73094
BEMANILIK


Inson tug’iladi... Tug’ilibdiki, o’z bilganidan qolmaydi. Dunyo ham atay qilgandek uni har ko’yga soladi. Gohida hayotdan to’yib ketasiz. Ko’nglingizga qil ham sig’maydi. Xuddi shu chog’da hammasiga qo’l siltab allaqayerlargadir ketishni, bularning barchasini untishni xohlaysiz. Lekin nimadir sizni bu ishlarni qilishdan to’xtatib qolaveradi. Sizni bandi qilgan bu kishanlar xotiralar bo’ladi. Ha, ha, bu sizning yoshligingiz o’tagan ko’chalar, o’sha eski uy va qachonlardir sizni quvonch va sog’inch aralash ko’z yoshlari ila kuzatib qo’ygan, sizni intiqlik bilan kutgan insonlardan qolgan so’nggi yodgorlik, bir uyum tuproq, xolos. Bulardan kechib qayoqqa ham borasiz. Axir siz bu yerga qachonlardir ko’nglingizni ko’mgansiz. Bas! Hech qayerga ketolmaysiz. Dunyoning ishlaridan qutulolmaysiz. Dunyo o’zi shunday. Sizdan oldin ham shunday bo’lgan, sizdan keyin ham shundayligicha qoladi. Agar dunyo yaxshi bo’lganida edi, tug’ilganimizda yig’lamas edik. Agar dunyo toza bo’lganida edi, o’lganda yuvilmas edik.
Yana qaytasiz. Bir dam o’tirib o’yga cho’masiz. Butun hayotingizni ko’z o’ngingizdan o’tkazasiz. Inson naqadar ilojsizligini tushunasiz. Tushunasiz-u, yana hech nima qilolaysiz. Oxir oqibat hammasiga ko’nasiz. Shuncha vaqt dunyo sizda yashar edi. Umringiz oxirlab borar ekan siz dunyoda yashayotganingizni his qilasiz. Inson kelaveradi, ketaveradi. Faqatgina dunyo abadiy, inson emas. Sizning o’tgan turfa hayotingiz esa DUNYONING ISHLARI.
Yüklə 12,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin