Inson va biosfera Reja



Yüklə 42,53 Kb.
səhifə1/4
tarix27.12.2023
ölçüsü42,53 Kb.
#199471
  1   2   3   4
INSON VA BIOSFERA REFERAT


Buxoro davlat pedagogika instituti


Aniq va tabiiy fanlar fakulteti
Biologiya ta'lim yo'nalishi 2-guruh talabasi
Tohirova Zilolaning
Ekologiya fanidan tayyorlagan

Inson va biosfera


Reja:


1. Umumiy tushunchalar
Inson demografiyasi va uning o’zgarishi
3. Inonlarning ozuqa manbalari
4. Insonni biosferaning ekologik xolatiga ta’siri.

Million yillar davomida yuzaga kelgan biologik sistemalarni o’zgartirishga faqat insonlar sabab bo’lgan. Endilikda uning hayot-mamoti o’zi egallagan tabiat va o’zi yaratgan jamiyat o’rtasida turg’unlik munosabatlarini o’rnatishga bog’liq. Aks holda inson o’zi yaratgan tsivilizatsiya, uning salbiy faoliyati natijasida nobud bo’ladi. Ko’p yillar dovomida zaharli dorilar, gerbitsid va pestitsidlarni qishloq xo’jaligida qo’llanishdan insonning zaharlanishi va turli kasalliklarning kelib chiqishi kuzatilmoqda. CHernobilь AES ning portlashida katta maydonda butun tabiatni reaktiv moddlar bilan zaharlanishi, reaktiv modlarning Novaya Zemlya oroliga va Oq dengizga tashlanishi natijasida suv zaharlanib, millionlab dengiz yulduzlari qirilib ketdi. Biosfera (yunoncha “bios”- hayot, spharia – shar) tirik mavjudotlar tarqalgan yer qobig’idir. Uning tarkibi, tuzilishi va energetikasi tirik organizmlar faoliyati majmuasi bilan belgilanadi. Biosfera o’zida tirik notirik komponentlarni hamda bir butunlikni tashkil etadi. U litosferaning yuqori qismini, butun gidrosferani, tropasfera va stratasferaning quyi qismini o’zida qamrab olgan. Biosfera to’g’risidagi ta’limotni akademik V.I.Vernadskiy yanada rivojlantirgan. Ekologiya uchun biosfera ta’limotining ahamiyati juda kattadir. Chunki biosfera tirik va notirik tabiatning oliy darajadagi o’zaro ta’siri va ekotizimlar majmuidan iboratdir.


Umuman, biosfera tushunchasi ikki xil ma’noda ta’riflangan. Birida biosfera yerdagi barcha tirik organizmlarning majmuasi tarzida tushunilgan. V.I Vernadskiy esa tirik va notirik organizmlarning o’zaro ta’sirini o’rganib, biosfera tushunchasini yangi ma’noda anglaydi. U biosferani tirik va notirik tabiatning birinchi sohasi tarzida tusuunadi.
Olimning biosfera tushunchasini bunday talqin qilishi Yerda hayotning paydo bo’lishi muommosiga bo’lgan qarashlarini ifodalaydi.
U bir necha variantlardan iborat:

  1. Hayot yer paydo bo’lgunga qadar yuzaga kelgan va uni butunlay qamrab olgan.

  2. Hayot yer paydo bo’lgandan keyin yuzaga kelgan.

  3. Hayot yerning shakllanish jarayonida yuzaga kelgan.

V.I. Vernadskiy uchunchi variantni ma’qullagan va bizning sayyoramizda qachonlardir hayot izlari yoki tiriklik namunasi bo’lmagani haqida ishonchli ilmiy dalil yo’qligini e’tirof etgan.
Boshqacha aytganda, uning nazarida biosfera Yerda hamisha bo’lgan. Shunday qilib, olim biosfera deganda YERning nozik qobig’ini tushungan. Undagi barcha jarayonlar tirik organizmlarning bevosita ta’sirida kechadi. Biosfera uzoq tarixiy davrlardan boshlab doimo rivojlanishdadir. U Ona sayyoramizdagi hayot qobig’ini, tirik organizmlarning o’zaro chambarchas aloqa va munosabatlaridan iborat murakkab ekologik tizimlar majmuini tashkil etadi.
Atmosferada hayotning eng yuqori chegarasi 16-20 km balandlikdagi yupqa ozon qatlami bilan belgilanadi. Okeanlarning ham deyarli barcha qismida hayot mavjuddir. YERning qattiq qismida hayot 3 km va hatto undan ham chuqurroqqa kirib borgan. (neft konlaridagi bakteriyalar).
Yer sirtida kimyoviy elementlarning tarqalishini o’rganish natijalari shuni ko’rsatadiki, tirik moddalarda mujassamlashgan birorta element yo’q. Akademik V. I. Vernadskiy ta’riflagan biogeokimyoviy tamoyillar quyidagicha:
1.Biosfera kimyoviy elementlarning biogen migratsiyasi mavjud bo’lib, u o’zini maksimal darajada namoyon etishga intiladi. Afsuski bugungi kunda bu tamoyil inson faoliyati doirasi kengayishi tufayli buzilgan.
2.Turlarning evolyutsiyasi atomlarning biogen migratsiyasini taboro kuchaytiradi.
3.Tirik modda o’zini o’rab turgan atrof–muhit bilan uzluksiz ravishda kimyoviy almashinuvda bo’ladi.
Bu tamoyillar buzilgan holda biosfera faoliyatini ta’minlab turgan kosmik ta’sirlar uni yemiruvchi omilga aylanishi mumkin. Tabiatdagi har qanday organizmlar notirik tabiat bilan uzviy bog’liq sharoitdagina mavjud bo’la oladi, hayot o’zining butun namoyon bo’lish jarayonida sayyoramizda katta o’zgarishlar keltirib chiqargan evolyutsiya jarayonida takomillashib borgan tirik organizmlar butun sayyora bo’ylab kengroq tarqalgan hamda energiya va moddaning qayta taqsimlanishida muhim omil bo’lib xizmat qiladi.
Insonning biosferaga salbiy ta’siri. Turli tabiiy ofatlar, ocharchilik insonlar soni kamayishiga sabab bo’lmoqda. Masalan, 1975 yilda Xitoyda bo’lgan yer silkinishidan 600 mingdan ortiq odam o’lgan bo’lsa, 1985 yilgi Mexikodagi yer qimirlash 20 ming, Kolumbiyadagi vulqon 26 ming, Armanistondagi yer qimirlash 25 ming, Tojikistonda esa 100- mingdan ortiq odamlar o’limiga sabab bo’ldi, 2001 yil yanvar oyi oxirida Hindistondagi yer silkinishida 40000 ga yaqin kishi halok bo’lgan.

Ammo insonning tabiatga ko’rsatgan salbiy ta’siri xilma-xildir. Masalan, o’rmonlardagi yong’in sababli ming-minglab gektar yerdagi daraxtlar, ularning organik moddasi yonib ketadi. Atlantika okeani ustidan uchib o’tgan reaktiv samalyot 35 t. kislorod yutib, atmosferaga yutgan kisloroddan ortiq zaharli gazlar chiqaradi. Yerga haddan ziyod ko’p zaharli moddalar ishlatilishi biosfera turg’unligining buzilishiga sabab bo’ldi. 1960-90 yillar O’zbekiston paxta dalalarining har gektariga 45-51 kg dan zaharli gerbitsidlar qo’llanilishi qancha-qancha insonlarning og’ir dardga chalinishiga sabab bo’ldi, qanchasi hayotdan ko’z yumdi. Zaharli moddalar ta’siri ham ko’p yilar davom etadi.


Turli mamalakatlar tomonidan dunyo okeani 6-7 mlrd.t qattiq chiqindilar tashlanadi, gidrosfera 90-100 mln. t. neft, neft mahsulotlari shundan 19-20 mln. tonna yer usti ekosistemasiga, 60-70 mln. tonna atmosferaga tushadi. Shunday texnogen sabablarga ko’ra, keyingi 130 yil ichida atmosferada CO2 miqdori 0,3% dan 0,5% ga yetib qoldi.
Ovropa mamlakatlaridagi sanoat va transportdan ajratilgan zaharli gazlar yerga (yomg’ir) kislotasi shaklida tushmoqda, havoda zaharli gazlar miqdori ortgan, masalan, 1 odamga 47 kg zaharli gazlar to’g’ri keladi. Atmosferadagi 70% gazlar Shetsiya va 80% esa Norvegiya sifatida shamol bilan boshqa qo’shni hududlarga tarqaladi. Ovropa hosil bo’ladigan kislotali yomg’irlarning 20% i Shimloy Amerikadan keladi.
Keyingi 4-5 yil ichida Osiyo osmonida sariq tuman hosil bo’lib, kislotali yomg’ir 2005 yil 10, 14 iyul kunlari Toshkentga yog’di. Yomg’ir sariq zang pH=4,5 bo’lib, yomg’ir tufayli sabzavot o’simliklari qurib qoldi.
Bundan 150-170 yillar avval Ovropa yerlariga atmosferadan yog’in bilan kadmiy elemnti tushgan emas, lekin keyingi vaqtda gektariga 5,4 - 5,5 gr kadmiy tushmoqda. Uning odamning ayrim bezlaridagi miqdori 1900 yilga qaraganda 75-80 barobar ortgan. Yirtqich qushlarda esa 132 barobar ko’paygan. Hattoki keyingi 100 yil ichida Pomir-Oloy muzliklarida kadmiy miqdori 5-6 marta oshgan.
Inson ijod qilgan moddalarning, tiriklik genetik sistemasiga salbiy ta’siri juda katta.
Hozirgi kunda dunyo bo’yicha ko’p miqdorda turli kimyoviy moddalar to’plangan bo’lib, ularning ayrimlari mutagenlik ta’sir ko’rsatadi, ular tirik organizm tanasida oksidlanish, tiklanish, parchalanish va qo’shilish jarayonlarida hujayra organik moddalarini ifloslaydi, organizim genetik belgisi o’zgaradi, ya’ni ayollar homiladorligi buzilishi, bolaning chala tug’lishi, bolalar o’limi ortishi, yurak-qon tomir, oshqozon, jigar, buyrak, rak kasalliklari, uyqusizlik kabi holatlar ko’payadi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda pistidsitlarni qo’llash natijasida har yili 375 ming odam zaharlanadi. Ulardan yuz mingdan ortig’i o’lgan. Zaharli gerbidsit va pestidsitlar qushlar, suv hayvonlariga salbiy ta’sir qiladi. Masalan, AQSh ning suv havzalarida uchraydigan biologik organizmlarning 80% i teri va jigar raki bilan zaralangan. Kanada sudan balig’i jigarida shish bo’lgan, 5% li xom neftdan suv o’tlar, umurtqasizlar, baliqlar, tyulen va kidsimonlar o’ladi. Suvda ayrim og’ir metallardan juda oz miqdorda ham tirik organizmlarga ziyon yetadi. Ya’ni ularga simob, (0,05 mg l) mis (0,05), kadmiy (0,02), fenol (0,5), ammoniy (1 ml.g l), sianit (0,05)mg. Kabilar organizmlar harakatini buzadi ko’p baliqlar o’ladi va insonga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Er yuzining turli joylarida inson faoliyati tufayli yuzaga kelayotgan ofatlar uning o’ziga, undan qoladigan avlodlarga xavf tug’dirmoqda. Zaharli moddlarni yosh bola ona qornidaligidayoq oladi. Keyinchalik bu moddlar bola organizmida hayoti davomida to’planib boradi. CHunki inson yashagan muhitda zararli moddlar, gazlar, og’ir metallar changi yetarlicha to’plangan.



Yüklə 42,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin