Inson va tabiat aloqadorligi masalalarini tahlil qilish Tabiat – bizni o‘rab olgan borliq, olam



Yüklə 1,64 Mb.
tarix25.11.2022
ölçüsü1,64 Mb.
#70548
inson va tabiat

Inson va tabiat aloqadorligi masalalarini tahlil qilish

Tabiat – bizni o‘rab olgan borliq, olam.


Tabiat vaqt va fazoda cheksizdir, to‘xtovsiz ravishda harakatda, rivojlanishda va o‘zgarishda bo‘ladi. Jamiyat ham tabiatning, moddiy olamning o‘ziga xos bir bo‘lagidir.

Tabiiy muhit – tabiiy jism va moddalarning, nimanidir yoki kimnidir o‘rab turuvchi, uning hayotiy faoliyati kechadigan tabiiy sharoit yoki tabiiy sharoitlar mujassamligi.


Geografik adabiyotlarda mazkur tushuncha, ko‘pincha, geografik qobiqning inson va uning xo‘jalik faoliyatini o‘rab turgan qismiga nisbatan ishlatiladi.

Geografik muhit – jamiyatni o‘rab turgan tabiiy sharoit; ijtimoiy ishlab chiqarishning muayyan tarixiy bosqichida tabiatning jamiyat bilan o‘zaro ta’sirda bo‘ladigan bir qismi.


Geografik muhit jamiyat taraqqiyotining doimiy va zaruriy sharoitlaridan biri, u mehnat taqsimotiga va xo‘jalik tarmoqlarining joylashishiga faol ta’sir etadi.

Texnogen muhit – aholini o‘rab turgan atrof-muhitning bir qismi bo‘lib, inson tomonidan yaratilgan obyektlar, jism va moddalar tushuniladi. Jamiyat rivojlanib borgan sari texnogen muhit takomillashib boradi.

Atrof-muhit – aholini o‘rab turgan tabiiy va texnogen muhitni qamrab olgan yashash va mehnat qilish sharoiti.

Jamiyat bilan tabiat o‘rtasidagi ta’sir va munosabatlar makon va zamonda o‘zgarib, xilma-xillashib boradi. Inson faoliyati maqsadga to‘g‘ri yo‘naltirilgan bo‘lsa, tabiatdan oqilona foydalanish shu joy, hudud, o‘lkaning yashnashiga olib kelgan.

Jamiyatning tabiatga ta’sirining ortib borishi va tabiatga munosabatining o‘zgarib borishini besh bosqichga bo‘lish mumkin.


Ibtidoiy jamoa davrijamiyatning geotizimlar tabiiy holatini buzmaydigan hayot tarzi. Odam paydo bo‘lgandan boshlangan.
Bu davrning xususiyatlari: dastlab tayyor tabiat ne’matlaridan termachilik bilan kun ko‘rilgan; tosh qurollari ixtiro qilinib, ovchilik va baliqchilik bilan shug‘ullanilgan;

Qishloq xo‘jaligi inqilobi davri – jamiyatning geotizimlarni kichik hududlarda, kam buzilishiga sababchi bo‘ladigan hayot tarzi. Bundan 6–8 ming yil ilgari boshlangan.


Ushbu davrda odam ovchilik va baliqchilikdan dehqonchilikka o‘tgan.

Sanoat inqilobi davri – jamiyatning o‘z moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish maqsadida tabiatdan ayovsiz foydalanadigan hayot tarzi.

Bu davr XVIII asrdan boshlangan bo‘lib, asosiy xususiyatlari: 1784 yil bug‘ mashinasining yaratilishi bilan “sanoat inqilobi”, XX asrning o‘rtalarida esa – “Yashil inqilob”, ya’ni qishloq xo‘jaligida tub burilish amalga oshirildi va bu “inqilob”lar keyinchalik geotizimlarda ekologik tanglikni keltirib chiqardi.

Fan-texnika inqilobi davri – jamiyatning tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va mavjud tabiiy muhitni saqlab qolish darajasidagi hayot tarzi. Bu davr XX asrning ikkinchi yarmidan boshlandi.

Bu davrda: ekologik bilim, ong, madaniyat shakllandi va rivojlandi; ekologik tashkilotlar tuzila boshladi; aholi soni juda tez o‘sdi va inson ilm bilan “qurollandi”, ya’ni «fan-texnika inqilobi» amalga oshirildi; fazoni o‘zlashtirish boshlandi;

Ekologik munosabatlar davri – jamiyatning sog‘lom va ekologik toza atrof-muhitni iqtisodiy o‘sish bilan teng darajada qadrlanishga asoslangan hayot tarzi.


Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin