Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi


Mart- lotincha mensis, martius so`zlaridan olingan. Grigoriy taqvimida yilning uchinchi oyi. 31 kundan iborat. Mart qo`ng`izi-



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə125/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Mart- lotincha mensis, martius so`zlaridan olingan. Grigoriy taqvimida yilning uchinchi oyi. 31 kundan iborat.
Mart qo`ng`izi-
Mashanko`l-
Mashina-
Mashina- avtomobil ham deyiladi. Mashinalarning har xil turi mavjud. Butun oilaga, poyga uchun, yo`lovchilar va og`ir yuk tashishga, shuningdek, yo`l tanlamaydigan va juda ham uzun bo`lgan turlari bor. Avtomobillarni asosan motor harakatga keltiradi. Motor esa yoqilg`i bilan yuradi. Ayrimlari gaz va elektr bilan ham harakatlanadi. Shuningdek zamonaviy mashinalar Quyoshdan ham energiya oladi.mashinalar yuzlab qismlardan iborat bo`ladi. Ularsiz bir qadam ham yura olmaydi. B enzin bilan harakatlanuvchi motorli mashinani birinchi bo`lib nems olimi Karlm Bants yaratgan.
Mashina moyi-
Masofa-
Massa-(lotincha massa — katta tosh; boʻlak degan ma`noni bildiradi) (fizikada) — jismning o`g`irligini ifodalovchi birlik. Massa tushunchasini fanga birinchi boʻlib I. Nyuton 1687-yilda "Natural falsafaning matematik asoslari" nomli asarida olib kirgan. Har qanday jism unga boshqa jismlar taʼsir etmaguncha tinch yoki toʻgʻri chiziqli tekis harakatini saqlaydi. Jismlarning bu xususiyati inertlilik deb ataladi.
Masshtab-(nemischa Mapstab, map — o`lchov va stab — tayoq so`zlaridan olingan), - chizma, plan, yoki xaritadagi nuqtalar orasidagi uzunlikning joydagi masofalar uzunligiga nisbati. Masshtab sonli, chiziqli va ko`ndalang bo`ladi. Sonli masshtab kasr yoki nisbat bilan beriladi. Bunda xaritadagi 1 sm joyga 1000 sm to'g'ri keladi, demakdir. Chiziqli masshtab sm larga bo`lingan chiziq bilan ko`rsatiladi. Bu chiziqda xaritadagi 1 sm ga joyga necha m yoki km to`g`ri kelishi ko`rsatib qo`yilgan bo`ladi. Plan va xaritada 2 nuqta orasidagi masofani aniq o`lchash va o`lchangan masofalarni xarita yoki planga tushirish uchun ko`ndalang masshtab ham ishlatiladi. Geografik xaritalardagi masofalar xususiy masshtab bilan maxsus formula yordamida hisoblab chiqariladi.
Materik- yer yuzidagi yaxlit quruqliklarga aytiladi. Yevropa va Osiyo qitʼalari yaxlit bitta quruqlik bo‘lganligi uchun ular birgalikda Yevrosiyo materikini tashkil etadi. Amerika qitʼasi ham ikki materikga bo‘linadi bular: Shimoliy Amerika va Janubiy Ameriklardir. Materiklar 6 ta bular: Yevrosiyo, Afrika, Shimoliy Amerika, Janubiy Amerika, Avstralia va Antarktida. Materiklar qadimda yaxlit 1ta bo‘lgan ya‘ni Pangeya deb atalgan. Keyinchalik 2 ga Lavraziya va Gondavalarga bo‘lingan.
Mato- turli xil kiyim-kechak va boshqa narsalar tikish uchun ishlatiladi. Xalq badiiy hunarmandligida qadimdan qo`lda to`qib tayyorlangan to`qimachilik mahsuloti, ya`ni gazlama. O`rta Osiyo hududida ip (bo`z, janda, olacha, susi, chit, kalami), ipak (atlas, baxmal, zandonachi, shoyi) va nim-shoyi (beqasam, adras, parpasha) matolar tayyorlash qadimdan keng tarqalgan. Dastlab gulsiz, keyinroq sodda gulli matolar to`qilgan. O`zbekiston hududi (Buxoro, Marg`ilon, Namangan, Samarqand, Toshkent, Qo`qon, Xorazm va boshqalar)da mato tayyorlash markazlari yuzaga kelgan va rivojlangan. Xalq ustalari tomonidan hozirgi kunda an`anaviy usullarda tayyorlanayotgan matolar (adras, atlas, beqasam, shoyi va boshqalar) an`anaviy naqshi va sifati bilan diqqatga sazovor.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin