Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə153/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Olot shahri-Buxoro viloyati Olot tumanadagi shahar (1982-yildan). Tuman markazi. Viloyat markazi (Buxoro shahri) dan 70 km uzoqlikda. Buxoro shahri bilan temir yoʻl va shosse yoʻli orqali bogʻlangan. Olot marka-zidan Buxoro—Turkmanobod xalqaro temir yoʻl va avtomobil yoʻllari oʻtgan. Amu-Qorakoʻl kanali shaharning janubidan oʻtadi. Aholisi 12 mingga yaqin. "Olot" atamasining orlot turkiy urugʻ (qabila) nomidan kelib chiqqanligi taxmin qilinadi. Shaharda tuman hokimiyati binosi, "Olotteks" qoʻshma korxonasi, asfalt, gʻisht, konserva zavodlari, Amu-Buxoro kanali boshkarmasi, koʻchma qurilish mexanizatsiyalashgan kolonnasi, MTP, aloqa boʻlimi, 7 ta umumiy taʼlim, musiqa maktablari, qishloq xoʻjalik kasb-xunar kolleji, kasb-hunar maktabi, kutubxona, bolalar kutubxonasi, muzey, klub, madaniyat uyi, madaniyat va istirohat bogʻi, markaziy kasalxona va boshqa tibbiy muassasalar hamda savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor.
Olov- deb alangalanish natijasida zudlik bilan oksidlanish jarayoniga aytiladi. Bunda issiqlik, yorugʻlik va turli kimyoviy reaksiya mahsulotlari ajralib chiqadi. Olovning koʻrinuvchi qismi alanga deyiladi. Olov global ekologik tizim va kundalik hayotda muhimdir. Olov isitadi, undan hosil boʻlgan kul oʻgʻit sifatida ishlatilishi mumkin. Biroq olovni qoʻllaganda ehtiyotkorlik zarur, yoʻqsa yongʻin sodir boʻlib, jiddiy jarohatlar, eroziya va atmosfera kirlanishiga olib kelishi mumkin.
Oloy tog` tizmasi- Pomir-Oloy tog`lari sistemasidagi tizma. Qirg`iziston va qisman Tojikistonda yastanib yotadi. Tizmaning eng baland joyi 5539 m. Umumiy uzunligi 400 km. Janubda Farg`ona vodiysi bilan chegaralanadi. Cho`qqilarida, ayniqsa, g`arbiy qismida qor va muzliklar (568 km²) bor. Tog` etaklarida chala cho`l o`simliklari o`sadi, yon bag`irlari quruq chalov-betaga dashtlaridan iborat. 2000–3200 m balandlikda o`tloqdasht o`simliklari va archa o`rmonlari, undan yuqorida alp o`tloqlari bor.
Oltin- yoki tilla - unsurlar davriy jadvalining 79-unsuri. Kimyoviy belgisi Au (lotincha aurum - „charaqlash“ soʻzidan olingan). Oltin zich va egiluvchan metalldir. Oltin asil metal hisoblanadi. U turli sharoitlarda zanglamaydi va tarkibini o`zgartirmaydi. Oltin insonga maʼlum boʻlgan dastlabki metallardan. Arxeologik topilmalardan oltin buyumlarning miloddan 5—4 ming yil ilgari yasalgani maʼlum boʻldi. Misr, Mesopotamiya, Hindiston, Xitoyda miloddan avvalgi 3—2 ming yilliklarda oltin qazib olingan va undan turli buyum va bezaklar ishlangan, keyinchalik tanga pul zarb qilingan. Oltin tabiatda koʻpincha erkin holda (tugʻma oltin) uchraydi. Sof oltin mayda zarralari koʻpincha qumga aralashgan boʻladi. Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, AQSH (Kaliforniya), Braziliya, Avstraliya, Kanadada, shuningdek, Afrika mamlakatlarida oltin konlari bor. Dengiz va okean suvlari, tirik organizmlarning hujayrasi va qonida ham oltin mavjud boʻladi. Oʻzbekistonda Oltin makkajoʻxori doni va popugida va Qizilqumda shuvoq oʻsimligida borligi aniqlangan. Oʻzbekistonning Olmaliq, Zarafshon (Marjonbuloq), Qizilkum hududlarida oltin konlari mavjud.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin