Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə171/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Qashqadaryo daryosi-(quyi oqimida Maymanoqdaryo) — Qashqadaryo viloyatida joylashgan. Havzasining maydoni 12 ming kv.km. Daryo Tojikistonning Sugʻd viloyatidagi Hisor tizmasining gʻarbiy tarmogʻi boʻlgan Obixunda togʻlarining shimoliy yon bagʻridan, Tovtosh dovonidan 1,5 km shimoli sharqda, 2960 m balandlikdan boshlanadi. Daryo oʻng irmogʻi Oʻrtabuloqning (Forob qishlogʻi yonida) quyilishigacha Shinchasoy deb ataladi. Yuqori oqimida baland plato boʻylab chuqur vodiyda oqadi. Daryo vodiysining bosh qismi koʻp joylarda tor. Vodiy yon bagʻirlari koʻpincha tik, balandligi 50–120 m. Chiroqchidan pastroqda Hazratibashir qishlogʻidan boshlab daryo suvi ariq va kanallarga olinadi. Qashqadaryoga sersuv bir qancha irmoqlar: Jinnidaryo, Chiroqchidan 18 km yuqorida Oqsuv, Tanxozdaryo, Gʻuzordaryolar quyiladi. Dayro asosan, kuchli jala vas el yog`ganida to`lib oqadi. Daryo havzasidagi yerlarni suv bilan taʼminlashni yaxshilash maqsadida Chimqoʻrgʻon suv ombori, Zarafshon daryosidan havzaga suv keltirish uchun Eski Anhor va Qarshi magistral kanallari qurilgan.
Qashqadaryo viloyati- Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1924-yil 1-noyabrda tashkil etilgan. Respublikaning jangʻarbida, Qashqadaryo havzasida, Pomir-Olay togʻ tizmasining gʻarbiy chekkasida, Amudaryo va Zarafshon daryolari, Hisor va Zarafshon tizma togʻlari orasida joylashgan. Shimoli-gʻarbdan Buxoro, janubi-sharqdan Surxondaryo, janubi-gʻarb va gʻarbdan Turkmaniston, sharqdan Tojikiston va Samarqand viloyatlari bilan chegaradosh. Maydoni 28,6 ming kv. km. Hozirda aholisi 3088,8 ming kishini tashlik etadi. Tarkibida 13 tumani (Dehqonobod, Kasbi, Kitob, Koson, Mirishkor, Muborak, Nishon, Chiroqchi, Shahrisabz, Yakkabogʻ, Qamashi, Qarshi, Gʻuzor), 12 shahar (Beshkent, Kitob, Koson, Muborak, Tallimarjon, Chiroqchi, Shahrisabz, Yakkabogʻ, Yangi Nishon, Qamashi, Qarshi, Gʻuzor), 4 shaharcha (Dehqonobod, Miroqi, Eski Yakkabogʻ, Pomuq), 147 qishloq fuqarolari yigʻini, 1064 qishloq bor.
Qator-
Qatronbosh-
Qattiq tosh-
Qaychi- turli materiallarni kesish (qirqish) uchun ishlatiladigan asbob. Dastlabki qaychi bir-biriga egiluvchan yoysimon metall plastina bilan biriktirilgan ikki pichoqdan iborat boʻlgan, hozirgi qaychilarga oʻxshash qaychi miloddan avvalgi 8-asrda Yaqin Sharqda yaratilgan va asta-sekin takomillashtirib borilgan. Hunarmandchilik (kosibchilik, tikuvchilik, tunukasozlik, bogʻdorchilik va boshqalar kasblar) rivojlangan sari qaychining turi ham koʻpaya borgan (chevarlar qaychisi, tok qaychi, tunuka qaychi va boshqalar). Sanoat rivojlana boshlagach (18-asr 60-yillaridan boshlab), mexanik qaychilar paydo boʻldi. Keyinchalik (19-asr 30—40 yillari) elektr qaychilar yaratildi. Hozir qaychining dastaki, mexanik va elektr turlari mavjud.
Qayin- daraxt bo`lib o`sadigan o`simlik. Qayinning bo`yi 25 m gacha bo`ladi va u tez o`sadi. Qayin urug` va ko`chati orqali ko`paytiriladi. Ozbekistonning tog`li hududlarida ko`p uchraydi. Qayin sifatli qurilish materiali hamdir. Qayindan ko`kalamzorlashtirishda keng foydalaniladi. Yog`ochidan turli buyumlar tayyorlanadi.
Qayiq- daryo, koʻl va boshqalar suv havzalari uchun moʻljallangan suzish vositasi. Qayiqlar dastlab, asosan, eshkaklar bilan harakatlantirilgan, keyinchalik yelkanli va motorli qayiqlar paydo boʻlgan. Qayiq ilgari, asosan, yoʻgʻon daraxt tanasini oʻyib yasalgan, qayin poʻstlogʻidan yoki yogʻoch sinch (karkas)larga hayvon terisini tortib qurilgan. Hozir qayiq yasashda yogʻoch, plastmassa va yengil metall ishlatiladi. Qayiq odamlar foydalangan dastlabki suv transporti hisoblanadi. qadimiy Misr, Oʻrta Osiyo (shu jumladan, Oʻzbekiston hududi), Xitoy, Koreya, Yaponiya, Hindiston va boshqalar mamlakatlarda keng rasm boʻlgan. Qayiqdan suv transportida, baliq ovlashda, harbiy ishda, sport maqsadlarida, istirohat bogʻlarida suvda sayr qilish va boshqalar maqsadlarda foydalaniladi. Kichikroq suv osti kemasi suv osti qayig`i deb ataladi. Qayiqning shakli va oʻlchamlari, nechta (bir, ikki va koʻp) eshkakli ekanligi uning nima maqsadga moʻljallanganligiga bogʻliq. Oʻzbekistonda qayiq, asosan, baliq ovlashda, sport maqsadlarida, istirohat bogʻlaridagi koʻllarda sayr qilishda ishlatiladi.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin