Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə44/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Chiroqchi shahri-Qashqadaryo viloyatidagi shahar va tuman markazidir. Aholisi — taxminan 20 000 nafar. Shaharda asosan oʻzbeklar istiqomat qilishadi. Juda kam miqdorda tatarlar bor. Qashqadaryo daryosidan oʻtuvchi koʻprik oldida, shahar markaziy bozorining orqa tomonida loʻlilar yashaydi. Mustaqillikgacha bir nechta juhud xonadoni ham boʻlgan. Shaharda „Chiroqchi“, „Chiroqchi fermeri“ nomli gazetalar chop etiladi. Oʻz bosmaxonasiga ega. „Chiroqchi chiroqlari“ nomli xalq-milliy ansambli ham mavjud. Shaharda 3 ming tomoshabin uchun moʻljallangan, yangi taʼmirlangan stadion bor.
Chittak- kichkina va serharakat qush. Uning tumshug`i kalta, orqasi kulrang, qorni va ko`kragi oq, ko`kragida uzunasiga ketgan qora yo`lib or. Boshining usti, tomog`i va jig`ildoni qora rangda. Chittak yil bo`yi ikki marta tuxum qo`yib, bola ochadi. Shuning uchun u tinim bilmaydi. U qurt-qumursqa bilan polaponlarini boqadi. Birinchi marta tuxumlaridan chiqqan bolalarini ota-ona qushlar o`stirib olganidan keyin (bu bolalari may oyida uyasidan uchib chiqadi) urg`ochisi yana tuxum qo`yadi. O`zbekistonda oq chittak, sariq tomoq chittak, katta chittak, vahmaqush (uyasini daraxt novdalariga osiltirib quradi) va boshqa turlari yashaydi.
Chivin- uzun mo`ylovli, ikki qanotli hasharot. Chivinning 20 mingdan ortiq turi bor. Yer yuzida juda keng tarqalgan. Ko`pchilik chivinlarning tanasi va oyoqlari ingichka, juda uzun. Chivinlar suvda, nam tuproqda, o`simliklar to`qimasida va chirindilar orasida yashaydi. Voyaga yetgan chivinlar havoda hayot kechiradi. Chivinlar o`simlik to`qimasi, odam va hayvon qoni bilan (bunda yuqumli kasalliklarni tarqatadi) oziqlanib zarar keltiradi. Qon so`radigan chivinlar turli yuqumli kasalliklarni (masalan, bezgak, leyshmanioz) tarqatadi. Chivinlar hasharotxo`r hayvonlar (qushlar, ko`rshapalaklar)ning , ularning suvdagi lichinkasi esa suv hayvonlari, ayniqsa, yosh baliqlarning asosiy ozig`i sifatida katta ahamiyatga ega.
Chiyabo`ri- shaqal (Canis aureus) ham deyiladi. Chiyabo`ri yirtqich hayvon. Tanasi 71—85 sm, dumi 20—36 sm, ogʻirligi 7–13 kilogram bo`ladi . chiyabo`rining qishda yungi xira sargʻish, kulrang (yelkasida qora aralash), yozda malla rangda, qorasi kam bo`ladi. Dumi mallaqoʻngʻir, uchi qora. Chiyabo`ri daryo va koʻl qirgʻoqlaridagi toʻqay, butazorlarda inda yashaydi. Boshqa hayvonlar inidan, tabiiy chuqurchalardan foydalanadi (baʼzan oʻzi uya qaziydi). U mart—mayda 4—9 ta bola tugʻadi. Chiyabo`ri hammaxoʻr hayvon bo`lib, har xil hayvon hamda oʻsimlik mahsulotlari, oʻlimtiklar va boshqa bilan oziqlanadi. Aholi yashaydigan punktlarga yaqin joylardagi chiyabo`rilar oʻlimtiklar bilan oziqlanib, baʼzi yuqumli kasallik qoʻzgʻatuvchilarini tarqatadi va parrandalarni yeb ziyon keltiradi.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin