Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə55/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Dengiz satsi-
Dengizko`l- Buxoro viloyati, Olot tumanidagi ko`l. o`rta asrlarda “Borni farox” ya`ni, “Katta ko`l” deb yuritilgan. Ko`l viloyatning janubiy chekkasidagi (Zarafshon daryosining quyi oqimi) tektonik botiqda, dengiz sathidan 181,5 m balandlikda joylashgan. Dengizko`ldan suv oqib chiqmaydi, suvi bug`lanish va yerga shimilish natijasida ma`lum bir miqdorda sarflanadi. Dengizko`l kollektor-zovur suvlari hisobiga to`yinadi. Shamol ta`sirida to`lqinlar paydo bo`ladi. Suvi juda sho`r, ko`lning tubi ayrim joylarda 0,5 m gacha qalinlikda osh tuzi bilan qoplangan. Dengizko`lning eng keng joyi 9 km, eng chuqur joyi 22 m, uzunlugi 43,3 km (1987) bo`lgan.
Denov shahri- Surxondaryo viloyatdagi shahar (1958-yildan). Denov tumani markazi. Kattaligi va aholisining soni jihatidan Termizdan keyin ikkinchi oʻrinda turadi. Dengiz sathidan qariyb 600 m balandlikda, Surxondaryo va Sangardak daryolari oraligʻida joylashgan. Denovdan Termizgacha boʻlgan masofa 156 km, aholisi 63 ming kishidan ziyod. Denov qadimiy shahar. Yozma manbalarda 14-asr oxirlaridan "Dehinav" shaklida, yaʼni "Yangi qishloq" mazmunida tilga olingan. Denov sanoat korxonalari bilan nafaqat viloyatda balki respublikada munosib oʻrin tutadi. Sanoat korxonalari, asosan, viloyatda yetishtirilgan qishloq xo`jaligi mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan. "Denovsut" korxonalari, paxta tozalash, mexanika, araq-vino, konserva zavodlari, paxta titish fabrikasi bor. Denovda ishbilarmonlik va tadbirkorlikka keng yoʻl ochilgan. Kichik korxona, firma, shirkatlar faoliyat koʻrsatmoqda. Ularda 20 dan ortiq yangi turdagi mahsulotlar tayyorlanayapti. Mustaqillik yillarida shaharda hunarmandchilikning ravnaqiga katta eʼtibor berilgan. Beshiksozlik, sandiqsozlik, temirchilik, duradgorlik va boshqalar rivojlangan. Hunarmandlar ayniqsa sandiqsozlikni sanʼat darajasiga koʻtarganlar. 8 umumiy taʼlim maktabi, gimnaziya, xorijiy tillar, kimyo, fizika-matematika litseylari, tibbiyot bilim yurti, shahar biznes maktabi, bolalar sanʼat maktabi, poliklinikalar, 13 kutubxona (200 ming nusxa kitob), madaniyat va istirohat bogʻlari, dehqon bozori mavjud. Denovdan Oʻzbekistan poytaxti Toshkentga va yana bir qancha viloyat markazlariga muntazam avtobuslar qatnaydi. Shahar hududida meʼmoriy yodgorliklardan Said Otaliq madrasasi (16-asr) saqlangan. Madrasani asl holiga qaytarish ishlari olib borilmoqda. Uning old qismidagi hudud obodonlashtirilgan.
Devor-bino, uy tomini ko`tarib turuvchi yoki xonalarga ajratuvchi tik qismi. Bino va uylarda yuk tushuvchi (ya`ni, tomni ko`tarib turuvchi) devor va pardevor (faqat xonalarni ajratib va to`sib turuvchi) devorga va ichki va tashqi devorlarga bo`linadi. Devor pishitilgan loydan, pishiq va xom g`ishtdan, tosh, shlak-beton vat emir beton (tosh devor) dan qilinishi, pardevor esa yaxlit gips plitalardan ham ko`tarilishi mumkin. Har qanday devor tashqari va ichkaridan har xil usulda suvab qo`yiladi. Devor ko`zli (deraza va eshik o`rinlari tashlab ketilgan) va ko`zsiz (yaxlit) bo`ladi.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin