G`ijduvon shahri- Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanidat shahar (1972 yildan), tuman markazi. Buxoro shahridan 49 km shimoli-sharqda, Buxoro vohasining yuqori qismida joylashgan. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Qiziltepa (17 km). Aholisi 39 ming kishiga yaqin. Shahar hududi va uning atrofi qadimdan dehqonchilik rivojlangan hudud hisoblangan. Shaharda paxta tozalash, meva-sabzavot konserva, gʻisht, pivo va yaxna ichimliklar zavodlari, "Buxoroteks" toʻqi-machilik korxonasi, MTP, avtokorxonalar, qurilish tashkilotlari, gilam toʻqish, poyabzal fabrikalari, milliy kulolchilik, qandolatpazlik, kulolchilik, novvoyxonalari, dehqon bozori, madaniy savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mavjud. Gʻijduvon Buyuk ipak yoʻli yaqinida joylashganlngidan hunarmandchilik qadimdan rivojlangan. Shahar kulolchilik, temirchilik, zargarlik, kashtachilik buyumlari, holvapazlik mahsudotlari bilan mashhur. Umumiy taʼlim maktablari, qurilish va tibbiyot kasb-hunar kollejlari, tuman markazin kutubxonasi, madaniyat uylari, klub muassasalari, madaniyat va istirohat bog`I, muzeylar bor. Stadion, sport saroyi va boshqa sport inshootlari faoliyat koʻrsatadi. Tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika, ayollar konsultatsiyasi, dorixona va boshqa tibbiy muassasalar aholiga xizmat koʻrsatadi. Gʻijduvon muhim transport yoʻllari yoqasida joylashgan. Buxoro va viloyatning boshqa yirik shaharlariga avtobuslar qatnaydi. Shaharla 10 dan ziyod tarixiy meʼmoriy obidalar bor. Shulardap Abduxoliq Gʻijluvoniy masjidi va maqbarasi (12-asr), Ulug`bek madrasasn (1432-1433), Toshmasjid va Dehqonobod xoiaqosi (15 —16-asrlar), Xoja Soktare masjidi (17-asr), Chorsu masjidi va boshqa mashhur.
G`ildirak- turli mashinalarda mexanik ish bajaruvchi, o‘z o‘qi atrofida aylanuvchi doirasimon uskuna. G‘ildirak sirpanmay harakatlanish, demakki nisbatan kamroq kuch sarflash imkonini beradi. Odatda transport vositalarida qo‘llaniladi. Ba’zan aylanuvchi doirasimon har qanday jismlarni ham g‘ildirak deb atashadi. Gʻildirak insoniyatning ilk kashfiyotlaridan biri. U taxminan miloddan avvalgi 4 minginchi yillar oʻrtalaridan oldin maʼlum (Mesopotamiya). Suriladigan yuk ostiga qoʻyiladigan yogʻoch gʻaltakmolani ilk g`ildirak deb hisoblash mumkin. Dastlabki g`ildirak toʻgʻridan-toʻgʻri oʻqqa oʻrnatilgan diskdan iborat boʻlgan. Miloddan avvalgi 2 minginchi yillarga kelib g`ildirak ancha takomillashdi. Dastlab, g`ildirak faqat pishiq yogʻochdan yasalgan va, asosan, arava, charxpalak, zambilgʻaltak uchun ishlatilgan. Oʻzbekiston hududida Oltintepa qadimgi shahar xarobasidan topilgan 4 g`ildirakli (tegarchikli) sopol aravaning miloddan avvalgi 4—2-asrlarga oidligi aniqlangan. Texnika rivojlanib, avtomobil, velosiped va parovoz paydo boʻlgach, shinali va temir g`ildiraklar ishlatila boshladi. Gʻildirak faqat transport vositalarining ham tayanchi, ham harakatlantirish vositasigina boʻlib qolmay, balki kulolchilikda, tegirmonlar, turbinalar, stanoklar va boshqalarda harakatni bir turdan ikkinchi turga aylantirish yoki tezligini oʻzgartirish uchun ham qoʻllanadi.
G`isht- asosiy qurilish materiali bo`lib, to`g`ri burchakli parallelepiped ko`rinishidagi sun`iy tosh. Tabiiy va sun`iy (mineral) materiallardan tayyorlanadi. G`isht ikki turga bo`linadi: xom va pishiq. Xom g`isht tabiiy sharoitda quritiladi. Pishiq g`isht esa katta, yuqori haroratdagi xumdonlarda quritiladi. Bitta g`ishtning og`irligi 3 kg gacha bo`ladi. G`isht uylar, binolarning devorlarini qurishda ishlatiladi. G`isht qadim zamonlardan beri ishlatib kelinadi. G`ishtdan qurilgan binolar hozirda ham yurtimiz chiroyiga chiroy qo`shib turibdi.
G`o`za-gulxayridoshlar oilasiga mansub o`simlik bo`lib,paxta tolasi olish uchun ekiladigan texnika ekini. G`o`zaning 50 turi maʼlum. G`o`za dehqonchilikdagi qadimiy ekinlardan biri. G`o`za paxtasidan olinadigan toladan foydalanish qadim zamonlar boshlangan. G`o`zaning ildiz tizimi kuchli rivojlangan, o`qildizli, keng tarmoqlanadi, yer bag`riga 2,4-2,6 m kirib boradi, ildizining asosiy qismi tuproqning haydaladigan qatlamida joylashadi. Poyasi tik o`sadi, shoxlaydi, bo`yi 70-150 sm. Barglari birin-ketin joylashgan, yupqa yoki qalin, ko`pincha yashil, 3-7 bo`lmali bo`ladi. Birinchi chin barg nihol unib chiqqanidan 7-10 kun, ikkinchisi 4-5 kun keyin paydo bo`ladi. Ko`saklar ochilishi bilan yangi barglar chiqishi sekinlashadi, qarigan barglarning to`kilishi tezlashadi. G`o`za - gulshirali o`simlik, shira bezlari gul ichida va gul tashqarisida bo`ladi. Mevasi 3 - 5 chanoqli ko`sak bo`ladi. G`o`zaning ayrim turlari (jaydari g`o`za)da ko`sak unchalik ochilmaydi, ayrim turlarida esa chanoqlari shu qadar keng ochiladiki, hatto paxtasi yerga to`kilib ketadi. G`o`zaning vatani Hindiston hisoblanadi. Jahonda g`o`za 80 dan ortiq mamlakatda yetishtiriladi. Asosiy paxta yetishtiruvchi mamlakatlar: Xitoy, AQSH, Hindiston, Pokiston. Shuningdek, Braziliya, Turkiya, Misrda ham katta maydonlarni egallaydi.
G`or- odam sig`adigan darajada keng tabiiy teshikdir. G`orlar yer qobig`ida (yerostida yoki tog`larda) yemirilish natijasida hosil bo`ladi. Shuningdek, tektonik yoriqlar oqibatida, muzliklarning erishi va boshqa harakatlar natijasida ham hosil bo`ladi. G`or kattaligi va chuqurligiga ko`ra xilma-xil. G`or gorizontal va vertikal holatda bo`lishi, uzunligi ham bir necha m dan yuzlab km ga yetishi mumkin. Baʼzan ko`p qavatli g`orlar ham uchraydi. G`or murakkab yo`laklar va zallardan iborat bo`lib. Bir yoki bir nechta og`zi bo`lishi mumkin. G`or tubida daryo va ko`llar uchraydi. G`orning faunasi o`ziga xos. Dunyodagi eng yirik G`or — Mamont g`ori, shuningdek, Fransiyadagi Pyer-Sen-Marten va Berje, AQShdagi Karlsbad g`orlari, Postoynska-Yama va boshqa Tosh davrida va undan oldin ham ibtidoiy odamlar G`orlarda yashagan, ular uchun turar joy bo`lib xizmat qilgan, masalan, Teshiktosh g`ori. O`zbekiston tog`larida ohaktoshning mavjudligi g`or hosil bo`lishiga qulaylik yaratadi: Amir Temur, Olamtosh g`orlari ham katta g`or hisoblanadi. Sunʼiy g`or grot deyiladi.