Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə85/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Ip-
Ipak- pilla tolasi bo`lib, ingichka, pishiq, yaltiroq, tovlanib turadi. Ipak ipak qurtining ipak ajratuvchi ikkita bezidan chiquvchi suyuqlikdan hosil boʻladigan tabiiy toʻqimachilik xom ashyosi. Ipak qurtining turiga qarab, pilla tolasining uzunligi 400—1500 m, ingichkaligini ifodalovchi koʻrsatkich — metrik nomeri (№) 2500—3500 yoki 0,4—0,3 teks boʻladi. Bitta pilladan olinadigan tola juda ingichka boʻlgani sababli sanoatda ishlatilmaydi. Pillakashlik fabrikasida pillani qaynatib, har bir pilladagi tola uchi topib, chuviladi. Tolalarning 5—10 tasi uzunasiga qoʻshib yigirilib, kalava holidagi xom ipak olinadi. Qaynatilgan pillaning hammasidan Ipak chiqmaydi, pilla tolasining 10—15% gʻumbak bilan birga qoladi. Bu qoldiq pilla chiqindisidir. Ularni ham yigirib Ipak olinadi. Nam Ipak tolasining pishiqligi 10—15% ga kamayadi. Ipak olish uchun katta mehnat sarf boʻladi. Shu sababli Ipak qimmatbaho toʻqimachilik xom ashyosiga kiradi. Ipakdan shoyi toʻqish, pishitilgan ip tayyorlash va texnika, aviatsiya, kosmonavtika, elektrotexnika maqsadlarida foydalaniladi.
Ipak qurti- hasharotlar sinfi, tangaqanotlilar turkumi tut va eman ipak qurti oilasiga kiradigan kapalaklarning qurtlik (lichinka) davri. Ipak qurtlari Bombycidae va Saturnidae oilalariga boʻlinadi. Bombycidae oilasiga xonakilashtirilgan tut ipak qurti (20 ga yaqin turi bor), Saturnidae oilasiga esa yovvoyi (eman) ipak qurtlari kiradi. Tut ipak qurti tut bargi bilan oziqlanadi. Oʻzbekistonda faqat tut ipak qurti boqiladi. Ipak qurtlari oʻz rivojlanishida tuxum, qurt, gʻumbak va kapalak bosqichlarini oʻtadi, soʻnggi kapalaklik davrida ipak qurti batamom voyaga yetgan bo`lib, urchish qobiliyatiga ega boʻladi. Uning qurtlik davri 5 yoshdan iborat. 1 yoshdan 2-yoshga oʻtishda po`st tashlaydi. Ipak qurti bo`yi 1-yoshi boshida 3— 4 mm bo`lib, 5-yoshi oxirida 85—88 mm ga; vazni 0,0004 g dan 3,5—5,0 g ga yetadi. Bitta qurt hayotida 20—25 g barg (75—80% ini 5-yoshida) yeydi. Ipak qurti gavdasi bosh, kukrak va qorin qismlaridan iborat. Qurt yoshligida uning boshi qora tusda bo`lib, yoshi kattalashib, qurt o`sgan sari oqarib boradi va 5-yoshda qoʻngʻir-jigarrang tusga kiradi. Boshining ustki qismida moʻylov, ogʻiz va ipak chiqaruvchi naychasi, ikki yon tomonlarida koʻzlar joylashgan. Qurt boshining ostki tomonida ogʻiz boʻshligʻi va uning ikki yonida arra tishli ustki jagʻ-gʻajish organi boʻlib, shu jagʻlar vositasi bilan bargni kemiradi. Ipak qurtida 8 juft oyoq bo`ladi, bundan 3 jufti koʻkrak boʻgʻimlarida va 5 jufti qorin boʻgʻimlarida joylashgan.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin