Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə150/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Odamtosh-
Oftob-
Og`irlik-(vazn ham deyiladi) — Yer tortish kuchi maydonida tinch turgan jismning uning erkin tushishiga toʻsqinlik qiladigan gorizontal tayanch (yoki osma) ga taʼsir kuchi.
Og`iz-
Ohaktosh- cho`kindi tog` jinslari. Ohaktosh turli xil organizmlarning skeleti qoldiqlaridan paydo bo`lgan. Chig`anoqtoshlar va g`ovakli ohaktosh nisbatan oson kesiladi hamda yo`niladi, kristalli ohaktosh esa, yaxshi silliqlanadi. Ohaktosh sanoatda, qishloq xo`jaligi va qurilishda keng qo`llaniladi. Qora metallurgiyada rudaning erishini oshirish va shlak hosil qilish uchun qo`shiladigan modda sifatida; ohak va sement ishlab chiqarishda xom ashyo; soda, mineral o`g`itlar, shisha, qog`oz ishlab chiqarishda, neft mahsulotlarini tozalash va boshqa jarayonlarda qo`shimcha modda sifatida ishlatiladi. Ohaktosh muhim qurilish materiallari guruhini tashkil qiladi, ulardan qoplovchi va bezak toshlar, haykaltaroshlik va me`morlikda ishlatiladigan toshlar va h.k. tayyorlanadi. O`zbekistonda ko`plab ohaktosh qazib olinadigan konlar, yirik ishlab chiqarish birlashma korxonalari ("O`zsanoatqurilishmateriallari", "O`zavtoyo`l", Navoiy va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatlari va boshqalar) tomonidan ishlatilmokda.
Ohangaron daryosi- Toshkent viloyatidagi daryo. Daryo Chatqol va Qurama togʻ tizmalaridan oqib tushadigan soylardan hosil boʻladi. Uzunligi 236 km (Oqtosh-soyning boshlanish yeridan), havzasining maydoni 7710 km². Chovlisoy quyilgan yerdan Turk qishlogʻiga qadar daryo Ohangaron platosini kesib oʻtgan tor daradan oqadi. Daraning chuqurligi 250 m (daryoning bosh qismida). Yakkaarchasoy quy-ilgan joyida 800 m. Daryo vodiysi juda tor. Turk qishlogʻiga qadar daryoning nishabi katta. Shu joydan vodiy keskin kengayadi, Obliq qishlogʻi yaqinida uning kengligi 700 m, Ohangaron shahri yaqinida 4–5 km. Vodiy yon bagʻirlari yotiq, soylik va jarliklar uchraydi. Ohangaron shahridan oʻtgach, daryo kengligi 8 km li vodiyda oqa boshlaydi. Ohangaron daryosi qor va yomgʻirdan toʻyinadi. Aprel—iyunda suvi koʻpayadi, eng koʻp suv sarfi may oyida, suvining 51% shu oylarda oqadi. Ohangaron daryosining irmogʻi juda koʻp, yiriklari: Arashon, Yertoshsoy, Toshsoy, Dukantsoy, Qorabovsoy, Oqchasoy, Nishboshsoy, Objazsoy, Gushsoy. 1962 yilda Ohangaron daryosining quyi oqimida "Toshkent dengizi" deb nom olgan Toshkent suv ombori, 1989-yilda Ohangaron suv ombori qurilgan. Daryodan Tanachibuqa va Yordon kanallari chiqarilgan.
Okean- materiklarni bo`lib turuvchi yirik suv havzalaridir. Yer sharining katta qismi suvliklardan tashkil topgan. Suvliklarning eng ko`p qismini okeanlar tashkil etadi. Tinch, Atlantika, Hind va Shimoliy muz okeanlari bor. Okeanlarning eng chuqur qorong`u joylarida ham hayvonlar yashaydi. Ularning ayrimlari tanasidan nur taratsa, ayrimlarining og`zi juda ko`p bo`ladi. Okean suvlari juda sho`r bo`lib, bu suv iste`mol uchun butunlay yaroqsizdir. Okean tubi notekis bo`lib, unda tekisliklar, tepaliklar, jarliklar va hatto tog`lar ham bor. Ayrim orollar suv ostidagi vulqonlarning tepa qismlaridir.
Oktabr-(lotimcha October, octo — sakkiz degan ma`noni bildiradi) — Grigoriy taqvimida yilning 10-oyi. Oktabr 31 kundan iborat. Qad. Rim kalendarida yilning 8-oyi.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin