Oliy o`quv yurtlari- Olma- ko`pyillik daraxt yoki buta. Urug`li meva daraxti. Olma sovuqqa chidamli, yorug`sevar va namsevar, tuproq tanlamaydi, lekin unumdor tuproqlarda yuqori hosil beradi. Olma daraxti bo`yi 15 m gacha boradi. O`zbekistonda olma aprel oyida gullaydi. Mevasi, naviga qarab, iyun— oktabrda pishadi. Bir dona mevasi vazni 15 g dan 400 g gacha boradi. Mevasi yangiligida yeyiladi, qoqi, konserva, murabbo, jem qilinadi. Olma urug`idan hamda payvandlash, yo`li bilan ildiz bachkilaridan ko`paytiriladi. O`rta Osiyo mahalliy navlari — oq olma, qizil olma, Samarkand olmasi, Namangan olmasi, achchiq olma, qimizak olma, Xorazm olmalari guruhi va boshqa mahalliy navlari O`zbekistonning tuproq-iqlim sharoitiga moslashgan, issiqqa, sovuqqa chidamli. Mevasi shirin, ertapishar, sersuv va foydali.
Olmaliq shahri- Toshkent viloyatidagi shahar (1951-yildan). Olmaliqsoy boʻyida, Qurama togʻlarining shimoliy yon bagʻrida, 600–650 m balandlikda, Toshkent shahridan 60 km janubi-sharqda, Ohangaron daryosining chap sohilida joylashga. Shaharning shimoli-sharqida Qurama tizmasi, shimol va janubi-sharqda Chatqol tizmalari bor. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Ohangaron (18 km). Maydoni 10,8 kv.km. Aholisi 115 ming kishi. Olmaliqda mis konining topilishi shaharning tez oʻsishiga sabab boʻldi. 1954-yil Olmaliqda qoʻrgʻoshin-rux fabrikasi ishga tushirildi. Qalmoqqir konidan mis rudasi ochiq usulda olina boshladi. Olmaliqdagi sanoat korxonalarini elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida Olmaliq yonida issiqlik elektr st-yasi qurildi. 1963-yil mis eritish zavodi foydalanishgatopshirildi. Kon-metallurgiya kombinati toʻla ishga tushirilib mahsulot bera boshladi. Olmaliqdagi rangli metall rudalar oltingugurtga boy. Olmaliqda Oʻrta Osiyoda birinchi boʻlgan uy-roʻzgʻor kimyosi zavodi qurildi. Olmaliqda respublika qishloq xoʻjaligining 80% ni fosforit oʻgʻitlar bilan taʼminlayotgan "Ammofos" zavodi, "Poyondoz" gilam, "Pallada Vostok", "Djefinterneyshnl" Oʻzbekiston — Pokiston qoʻshma korxonalari, mebel jihozlari k-ti, "Olmalik,-gʻisht", "Oqtosh" korxonalari, "Krvuldi" oltinli rudani qazib olish koni va boshqa korxonalar bor. Yengil va oziq-ovqat sanoat rivojlanmoqda. Olmaliqga Toshkent— Angren temiryo`ldan shoxobcha chiqarilgan. Toshkent — Olmaliq avtomobil yoʻli oʻtgan. Navoiy konmetallurgiya institutining kon metallurgiya fakulteti, 23 umumiy taʼlim maktabi, 12 kutubxona, 3 madaniyat uyi, oʻlkashunoslik muzeyi, musiqa va sanʼat maktablari, 3 stadion, 36 sport zali, 86 voleybol va basketbol maydonlari, 11 gandbol, 18 tennis zallari va 5 suzish havzasi bor. Shaharda markazlashgan hududiy tibbiy birlashma, bolalar kasalxonasi, "Kimyogar" kasalxonasi, yuqumli kasalliklar, silga qarshi kurashish dispanseri, tugʻruqxona, 10 poliklinika va boshqa tibbiy muassasalar ishlab turibdi.