Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə157/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Oq tirnoqli ayiq-
Oq tobulg`i-bo`yi 1 – 1.5 m bo`ladigan buta. Uning shox-shabbasi g`uj bo`ladi. Barg chiqarganidan keyin gulaydi. Gullari oq yoki och pushti rangda bo`lib, shoda yoki to`pgullar hosil qiladi, odatda juda ko`p gullaydi. Oq tobulg`I yorug`sevar, qurg`oqchilikka chidamli, tuproq tanlamaydigan, sovuqqa chidamli bo`ladi. Urug`idan, ildiz va bachkilaridan ko`payadi. Bu o`simlik tog`larda, cho`l va o`rmonlarda ko`p uchraydi. O`zbekistonning tog`li hududlarida 4 turi o`sadi. Tobulg`I juda ko`p va chiroyli gullagani tufayli qimmatli manzara o`simliklaridan hisoblanadi. Tobulg`ining ba`zi turlaridan tog` yon bag`irlarini mustahkamlash uchun foydalaniladi.
Oqova suv-
Oqqaldirmoq-(Tussilago farfara) murakkabguldoshalar oilasiga mansub, ildizpoyali sudralib o`suvchi ko`p yillik o`simlik. Uning poyasi 5-25 sm balandlikda bo`lib, bir-biriga qo`shilib ketgan tukchalar bilan qoplangan. Poyadagi barglari uzunchoq-tuxumsimon, yuraksimon shakllarda bo`ladi. Gullari savatcha holda joylashgan, savatcha diametric 2,5 sm gacha bo`ladi. Oqqaldirmoq aprel-iyun oylarida gullab, urug`laydi. U o`tloqzorlarda, ariq hamda daryo bo`ylaridagi zax yerlarda keng tarqalgan. Oqqaldirmoq bargidan tayyorlangan qiyom, sharbat va shira turli xil kasalliklar: yo`tal, shamollash, sil kasalliklarini davolashda ishlatiladi.
Oqqayin-(Betula pendula Roth) qayindoshlar oilasiga mansub bo`lib, bo‘yi 10-20 m gacha o‘sadigan xushmanzara daraxt. Bargi uchburchak, rombsimon yoki yuraksimon, o‘tkir uchli, qirrasi qo‘shtishli bo‘lib, bandi yordamida poya va shoxlarida ketma-ket joylashgan. Oq qayinning gullari mayda va ko`rimsiz bo`ladi. Mevasi - yong‘oqcha. Oqqayin aprel - may oylarida gullaydi, mevasi avgustda yetiladi. Oqqayin Rossiya, Ukraina, Belorussiya va Sibirdagi aralash o‘rmonlarda, Markaziy Osiyoda tog‘ qiyaliklarida va vodiylarda o‘sadi. Ba’zan toza qayinzorlarni tashkil qiladi. O‘zbekistonda qayin faqat tog‘li hududlarda uchraydi, ular turkiston va tyanshan qayinidir. Ular tog‘ va daryolarining nam va salqin joylarida o‘sadi. Manzarali daraxt sifatida ko‘chalarda, bog`larda va parklarda o‘stiriladi. Qayinning kurtagi, bargi va qatroni tibbiyotda keng qo`llaniladi
Oqqush-(Cygnus), oqquvlar — gʻozlar oilasiga mansub yirik qush. Boʻyni tana uzunligiga teng. Patlari koʻpincha oq rangda bo`ladi. Oʻzbekistonda oqqushning 3 turi uchraydi. Vishildoq oqqush— tumshugʻidagi qora gʻurrasi bilan boshqa turlardan ajralib turadi. Gavdasining uzunligi 180 sm, vazni 13 kg. Gʻarbiy Yevropadan Tinch okeanigacha boʻlgan hududlarda uya quradi. Baqiroq oqqush gavdasining uzunligi 160 sm gacha, vazni 12 kg gacha. Atlantika okeanidan Tinch okeangacha boʻlgan hududlarda tarqalgan. Kichik oqqush — gavdasining uzunligi 120 sm gacha, vazni 7 kg gacha bo`lib, asosan, tundrada yashaydi. Chuchuk suvli koʻl, baʼzan dengiz qirgʻoklaridagi qamishzorlarga uya quradi. Kichik oqqushning urgʻochisi 5—12 ta tuxum qoʻyib, 35—40 kun bosadi. Nari ham uya qurishda va bolalarini boqishda qatnashadi. Oqqush juda yaxshi suzadi va uchadi. U oʻsimliklar, mayda suv jonivorlari bilan oziqlanadi. Ular chiroyli boʻlganligi uchun hayvonot bogʻlarida boqiladi. Tutqinlikda koʻpayadi. Vishildoq va baqiroq oqqushlar Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin