Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə165/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Pech-
Pichan-
Pichoq- bir tomoni charxlab o`tkirlangan, yassi uzunchoq keskir asbob. P. asosan tig` va dasta (sop) dan iborat. Tig` pichoqning kesadigan qismi hisoblanadi. Dastasi (sopi) yog`och, suyak, plastmassa va baʼzan temirdan ishlanadi. Ular suqma, yorma va naqshdor bo`ladi. Dasta mustahkam turishi uchun mis halqachalar - gulband qo`yiladi. Tuzilishiga ko`ra, pichoq to`g`ri, qayqi, bodomcha shakllarda bo`ladi. Ishlatilishiga qarab, pichoqlar o`tkir uchli va to`mtoq uchli qilib yasaladi. Pichoqni shikastlanishdan saqlash uchun maxsus moslama — qinga solib qo`yiladi. Qin gazlama, metall, temir, charm, yog`och va boshqalardan yasalib, unga turli badiiy o`yma naqshlar qilipadi. O`zbekistonda ilgari pichoqlar asosan temirchilik do`konlarida tayyorlangan, hozir mahalliy sanoat korxonalarida hamda xususiy kichik korxonalar (do`konlar)da ishlab chiqariladi. Pichoqlar uy-ro`zg`or va xo`jalikda, bog`dorchilik, kosibchilik, ovchilik va boshqalarda qo`llanadi.
Pilla-
Piskom piyoz- Garbiy Tyanshanda o`suvchi kamyob o`simlik. Bo`yi 60-20 sm oralig`idagi ko`pyilli piyozli o`t. piyozining diametric 6-7 sm, usti qo`ng`ir qobiq bilan qoplangan bo`ladi. Poyasi 3-7 ta, yo`yg`o, shishgan, uzunligi 40 sm ga yetadi. To`pguli sharsimon, diametri 7-10 sm. Gullari oq rangli bo`ladi. Iyulda gullab, sentabrda mevasi yetiladi. Asosan tog`larning ohaktoshli va chiqib bo`lmaydigan qoyalarning yoriqlarida o`sadi. urug`idan va vegetative yo`l bilan ko`payadi. Urug`ining turli hasharotlar zararlashi va yosh nihollarining boshqa o`simliklar irasida o`sa olmasligi, voyaga yetish muddatining ko`pligi (3-7 yil) hamda mahalliy aholi tomonidan oziq-ovqat va dorivor o`simlik sifatida yig`ib olinishi sababli kamayib ketgan. O`zbekiston Respublikasining “Qizil kitob” iga kiritilgan.
Piskom tog`i- G`arbiy Tyan-Shandagi tizma bo`lib, shimoli-sharqdan janubi-g`arbga 130 km ga cho`zilgan. O`rtacha balandligi 3200 m. Shimoli-sharqda 4000 m dan janubi-g`arbda 1900 m gacha pasayib boradi. Eng baland joyi — Beshtor cho`qqisi (4291 m). Tizmada Piyozak (3718), Oqtuyao`lgan (4224 m), Opalitov (4216 m) kabi cho`qqilar bor. Yon bag`irlari tik, Piskom, Ko`ksuv, Chatqol, Sandalash daryolarining irmoqlari bilan o`yilgan. Shimoli-g`arbiy yon bag`ri nisbatan qiya, Piskom daryosiga zinapoyasimon pasayib boradi. Janubi-sharqiy yon bag`ri esa qisqaroq bo`lib, unda bir nechta tekis yuzalar (Katta Sandiq, Kichik Sandiq, Baxtol) mavjud. Qishi sovuq, yozi esa salqin, sernam, yillik yog`in miqsori pastki qismida 600 mm dan, yuqori qismida 1200–2000 mm ga ortadi. Piskom tizmasidan Piskom daryosining irmog`i Oygaying va boshqa bir qancha soylar boshlanadi. Tizmaning suvayirg`ich qismida 270 dan ziyod muzlik bulib, ularning umumiy maydoni 80 km² dan ortiq. Tizma hududida to`q bo`z, jigarrang, qo`ng`ir tog`-o`rmon, tog`-o`tloq tuproqlar tarqalgan. Olma, do`lana, yong`oq, archa va boshqa o`sadi.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin