Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə232/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

To`rtko`l shahri- Qoraqalpogʻiston Respublikasi Toʻrtkoʻl tumanidagi shahar, tuman markazi. Shahar 1873-1918-yillarda qurilgan. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Toʻrtkoʻl (4 km). Bugungi kunda aholisi — 51 ming kishiga yaqin.
To`ti- odam tovushiga taqlid qila oladigan qush. Hozirda to`tilarning 300 dan ortiq turi bor. Ular mustahkam va qayrilgan tumshug`i bilan qattiq mevalarni ham yorib cho`qilaydi. Birinchi va to`rtinchi barmog`i orqaga qayrilgani uchun shoxni qattiq ushlab turadi. To`tilar juda chiroyli qush bo`lganligi uchun ko`pchilik odamlar uyda boqishadi. To`tilar o`ziga xos tomoq tuzilishi va eslab qolish qobiliyatiga ega. Shuning uchun ular turli tovushlarga taqlid qila oladi. To`tilar tropic va subtropik mintaqalarda, ayniqsa, Janubiy amerika, Avstraliyada ko`p tarqalgan. Uyasini kovaklarga, toshlar yorig`iga quradi, o`simlik mahsulotlari, hasharotlar bilan oziqlanadi. Ular 50 yilgacha va undan ham ko`proq yashaydi. To`tilarning faqat bitta turi, kakadu to`tisi ucha olmaydi.
Tog` echkisi-(Capra) - quvush shoxli juft tuyoqlilar urugʻiga mansub bo`lgan hatvon. Gavdasining uzunligi 100—170 sm, yagʻrinidan balandligi 65—115 sm, vazni 35—150 kg ga teng. Serkasi (erkagi) uzun "soqoli" va dumi ostida hid bezlari rivojlangan. Ularning 8 turi bor. Shimoliky Afrika, Yevrosiyoda, jumladan, Kavkaz, Oʻrta Osiyo, Gʻarbiy Sibir togʻlarida tarqalgan. Chiqish qiyin boʻlgan qoyali joylarda yashaydi. Oʻzbekiston togʻlarida 2 turi: burama shoxli echki, yaʼni morxoʻr (Koʻhitang va Bobotogʻda) va Sibir togʻ echkisi (Turkiston va Chatqol togʻ tizmalarida) uchraydi. Yilda 1—2 bola tugʻadi. 15—17 yil yashaydi. Tog` echkisi Goʻshti va terisi uchun ovlanganligi tufayli soni keskin kamayib ketgan. Shuning uchun 2 turi ham Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan.
Tog` etaklari-
Tog` jinslari-Yer po`stini tashkil qiluvchi, mustaqil geologik jism hosil qiluvchi doimiy tarkibga ega bo`lgan tabiiy minerallar. "Tog` jinslari" termini hozirgi maʼnoda 1798-yildan beri ishlatilib kelinadi. Odatda Tog` jinslari deb faqat qattiq jismlarni tushuniladi, keng maʼnoda esa ularga suv, neft va tabiiy gazlar ham kiradi. Tog` jinslaridagi minerallar foizi, ularning mineral tarkibini aniqlaydi. Kelib chiqishiga qarab ular 3 guruhga bo`linadi: magmatik (otqindi), cho`kindi va metamorfik jinslar. Yer po`stining 90% ga yaqin qismi magmatik va metamorfik, qolgan 10% cho`kindi tog` jinslaridan iborat, ammo Yer yuzasining 75% maydonini cho`kindi tog` jinslari egallaydi. Tog` jinslari zichlik, elastiklik, pishiqlik, issiqlik, elektr va magnit xususiyatlariga ega.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin