Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi


Hisor davlat qo`riqxonasi-



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə79/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Hisor davlat qo`riqxonasi- Qashqadaryo viloyatida, Hisor togʻ tizmalari gʻarbida (Yakkabogʻ va Shahrisabz tumanlari togʻli hududlarida) joylashgan davlat qoʻriqxonasi. Qizilsuv (1975) va Miroqi (1976) qoʻriqxonalari negizida tashkil qilingan (1983). Maydoni 80986,1 gektar, shundan 12203 gektari oʻrmonzorlar, 2745 gektari oʻtloqzor, 17gektari suv havzalaridan iborat. Tabiiy landshaft majmualari va Hisor togʻ tizmasi ekotizmlarini saqlash maqsadlarida tashkil etilgan. Qoʻriqxonada oʻsimliklarning 870 (Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan dorivor oʻsimliklarning tukli karrak, egri tikan karrak, Butkov astragali, oq parpi, Oshanin piyozi, anzur piyoz kabi 35 dan ortiq), qushlar va hayvonlarning 140 dan ortiq (qora qoplon, turkiston silovsini, qoʻngʻir ayiq, burgut, oq boshli qumoy, itolgʻi, qora laylak va boshqalar) turi mavjud.
Hisor qo`yi-go`sht-yog` yo`nalishdagi dumbali, dag`al junli qo`y zoti. Tojikistonning Hisor tog`i etaklarida xalq seleksiyasi yo`li bilan chiqarilgan qadimiy qo`y zotlaridan biri. Hisori qo`y zoti tanasining uzuynligi va kengligi, yirik dumbasi, tog` sharoitiga va yaylovdan-yaylovga ko`chishga moslashganligi, tez yetilishi, keng ko`krak qafasi, baquvvat oyoqlari bilan boshqa dumbali qo`ylardan farq qiladi. Ular malla, qo`ng`ir, qora, kamdan-kam oq tusda bo`ladi. Qo`chqorlarining balandligi o`rtacha 87 sm, uzunligi 85 sm, sovliqlariniki 79 va 75 sm keladi. Qo`chqorlarining vazni 110-120 kg (160-180 kg), sovliklariniki 80–90 kg (110-115 kg)gacha, dumbasi o`rtacha 15-20 kg (30 kg gacha), 4,5-5 oylik erkak qo`zilarning vazni 50-54 kg gacha keladi. Hisori qo`y zotining jun sifati past. Juni faqat namat (kigiz) tayyorlashda ishlatiladi. Sof holda Tojikiston va O`zbekistonda ko`paytiriladi. Yil bo`yi yaylovda boqiladi.
Hisor tog`i-- Oʻrta Osiyodagi togʻ tizmasi. Pomir-Olay togʻlarining gʻarbiy qismida (Oʻzbekiston va Tojikiston Respublikalarida), Zarafshon, Qashqadaryo va Amudaryo havzalarining suvayirgʻichi. Tizmaning uzunligi 200 km. Oʻrtacha balandligi 3600 m. Eng baland joyi 4643 m (Dukdon togʻi). Hisor tizmasining markaziy qismida (2195 m balandlikda) xushmanzara Iskan-darkoʻl joylashgan. Shimoliy yon bagʻri ancha tik va qoyali, janubiy yon bagʻri esa qiya boʻlib, unumdor vodiylar bor. Hisor tizmasining tuzilishi juda murakkab boʻlib, unda bir qancha baland togʻlar, dovonlar mavjud. Hisor tizmasida yovvoyi sut emizuvchi hayvonlardan togʻ echkisi, togʻ qoʻyi, ayiq, tulki, suvsar, boʻrsiq, qor qoploni, silovsin, qizil sugʻur, qushlardan togʻ kurkasi (ular), tasqara, kaklik va boshqa yashaydi. Tizma hududidagi noyob oʻsimlik va hayvonlar hamda noyob geologik yodgorliklarni oʻrganish va ularni muhofaza qilish maqsadida Hisor, Koʻqitang, Kitob qoʻriqxonalari tashkil etilgan.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin