Insonning bilish qobiliyati. Bilishning asosiy shakllari. Bilish nazariyasining predmeti. Gnoseologiyaning mohiyati va mazmuni. «Gnoseologiya»



Yüklə 42,95 Kb.
səhifə3/4
tarix25.12.2023
ölçüsü42,95 Kb.
#197094
1   2   3   4
Bilishning mazmuni va mohiyati. Bilimning asosiy turlari va shakllari.

Bilimning asosiy turlari. Bilim nima? Bilim tushunchasiga aniq ta'rif berish qiyin, balki hatto mumkin ham emas. Gap shundaki, birinchidan, bu tushuncha eng umumiy tushunchalardan biri hisoblanadi, umumiy tushunchalarga esa doim aniq ta'rif berish qiyin. Ikkinchidan, bilimning juda ko‘p turlari mavjud va ularning hammasini yonma-yon qo‘yib bo‘lmaydi. Shuni e'tiborga olib, bilim nima ekanligini aniqlashga harakat qilib ko‘ramiz. Odatda, biz nimanidir bilishimiz haqida gapirganimizda, o‘zimiz bu «nimadir» haqida ancha to‘g‘ri tasavvurga egamiz, deb hisoblaymiz. Shuningdek, bizning tasavvurimiz xom xayol yoki faqat o‘z shaxsiy fikrimiz emasligiga ham ishonchimiz komil bo‘ladi. Nihoyat, biz bu ishonchni mustahkamlovchi qandaydir dalillar keltirishimiz mumkin. Shunday qilib, o‘z shaxsiy hayotimizda biz amaldagi holatga mos keladigan va ma'lum asoslarga ega bo‘lgan ishonch, e'tiqodni bilim deb hisoblaymiz.
Teran ma'no bilan sug‘orilgan bu bilim talqinining umumiy ruhi gnoseologiyada ham saqlanib qolgan. Ayni zamonda, gnoseologiya bu talqin zamirida mujassam ba'zi bir holatlarni aniqlaydi va ularga oydinlik kiritadi. «S sub'ekt qandaydir P predmetni biladi» degan standart gnoseolgik talqin quyidagi uch shartni o‘z ichiga oladi:
Haqiqiylik (muvofiqlik) sharti – «agar P haqiqiy bo‘lsa, u holda S P ni biladi». Biz Chimyon Toshkentdan shimolroqda joylashganligini bilaman, basharti Chimyon chindan ham Toshkentdan shimolroqda joylashgan bo‘lsa. Agar biz Amudaryo Tinch okeaniga quyiladi, deb aytsak, bizning bu fikrimiz bilim emas, balki yanglish fikr, xato bo‘ladi.
Ishonchlilik (e'tiqod, maqbullik) sharti – «agar S P ni bilsa, u holda S P ga ishonadi (uning mavjudligiga e'tiqodi komil bo‘ladi). Masalan, agar biz O‘zbekistonda dengiz bor desak, biz uning amalda mavjudligiga ishonamiz. Odatda bilim shunday ishonch yoki shunday e'tiqod hisoblanadi va ularni ajratish mumkin emas. Shunday bir vaziyatni tasavvur qiling: siz oyna oldiga kelib, tashqarida yomg‘ir yog‘ayotganini ko‘rasiz. Siz: «Yomg‘ir yog‘yapti, lekin men bunga ishonmayman», deysiz. Bu iboraning anoto‘g‘riligi bilimimiz bizning e'tiqodimiz ekanligini ko‘rsatadi.
Asoslilik sharti «S P ni biladi, basharti u o‘zining P ga bo‘lgan ishonchini asoslab bera olsa». Bu shart bilimni to‘g‘ri chiqadigan taxminlar yoki tasodifan mos kelish hollaridan farqlash imkonini beradi. Aytaylik, siz besh yashar bolakaydan: «Quyosh tizimsida nechta sayyora bor?», deb so‘radingiz va «To‘qqizta», degan javobni eshitdingiz. Siz bola sayyoralar sonini tasodifan to‘g‘ri aytdi deb hisoblaysiz. Agar u o‘z javobini hyech bo‘lmasa buni onasidan eshitganini aytib, asoslab bera olmasa, siz bolakayda bu dalil haqida haqiqiy bilim mavjud emas, degan to‘xtamga kelasiz.
Shunday qilib, bu «uch qismli» talqinga muvofiq, quyidagi muxtasar ta'rifni berish mumkin: bilim – bu haqiqatga mos keladigan va asoslangan ishonchdir.
Bu ta'rif ancha sodda bo‘lib, uni bilimning barcha turlariga nisbatan tatbiq etish mumkin. Bu so‘zlar zamirida muayyan muammo yotadi. Masalan, biz Nyuton mexanikasi haqiqatga yetarli darajada muvofiq emas va uning o‘rnini Eynshteynning aniqroq nazariyasi egalladi, deb hisoblaymiz. Biroq buning natijasida Nyuton nazariyasi o‘zining bilim xususiyatini yo‘qotgani yo‘q-ku? Eynshteynga qadar, uning haqiqiyligiga ko‘pchilikning ishonchi komil bo‘lgan davrda u bilim edimi? Shunga o‘xshash so‘zlarni hozirda fan tarixidan o‘rin olgan minglab nazariyalar sha'niga
Xulosalar. Shunday qilib, insonning bilishi rivojlanib boruvchi, faol jarayondir. Bu, avvalo, jamiyatda yangi ehtiyojlarning tug‘ilishi, tegishli ravishda amaliyotning rivojlanishi va takomillashuvi bilan belgilanadi. Ayni shu sababli bilish «mangu harakat, qarama-qarshiliklarning yuzaga kelishi va ularning yechilishi jarayoni» deb qaralishi lozim.
ADABIYOT

ASOSIY:



  1. Yüklə 42,95 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin