121
Ishlab chiqish jarayoniga tegishli bo`lgan operatsiyalar
sintetik
(umumlashgan) va
analitik
(tahliliy) larga bo`linadi. Chizmadan ko`rinib turibdiki, ishlab chiqishning
boshlang’ich operatsiyalari:
ishlab chiqish zaruratini aniqlash, texnik talablarni
bayon etish, mahsulotni yaratish uchun tahliliy ma`lumotlar yig’ish va amalga
oshirish, shuningdek loyihani asoslash sintetik ya`ni umumlashgan kichik
jarayonga qarashli bo`ladi.
Sintetik kichik jarayonning natijasi ishlab chiqarish mo`ljallanayotgan buyumning
loyihasi bo`ladi. Hayot tsiklining bu qismida mahsulotni ishlab chiqish g’oyasini
amalga oshirish uchun zarur bo`lgan asosiy moliyaviy mablag’ miqdori belgilanadi,
shuningdek uning amalga oshirilishi aniqlanadi. Sintez kichiktizimi doirasida
tug’iluvchi va qayta ishlanuvchi axborotlarning katta qismi asliy hisoblanadi va
ularni komp’yuterda qayta ishlash noqulay bo`ladi.
Tayyor asoslangan loyiha tahlil qilinib optimallashtiriladi, bu analitik kichiktizim
bo`ladi. Avvalo analitik (tahliliy) model ko`riladi, chunki birinchi navbatda loyiha
emas, balki aynan model tahlil qilinadi.
Konstruktsiyalashda qo`llanilayotgan kompyuterlar miqdor va sifat jihatidan keskin
oshib borayotganiga qaramay, yaqin orada abstrakt analitik modellarni qo`llashdan
voz kechib bo`lmaydi. Agar loyihadan muhim bo`lmagan
qismlar olib tashlansa,
o`lchash soddalashtirilsa va mavjud simmetriya hisobga olinsa analitik model
olinadi. O`lchamlarni soddalashtirish deganda, masalan yupqa listni qandaydir
xususiyati, qalinligi o`xshash bo`lgan boshqa materialga almashtirish tushuniladi.
Jism va unga qo`yilgan yukning simmetriyasi modelda faqat shu jismning bir
qisminigina ko`rish imkoniyatini beradi.
Olinadigan xulosaviy natijalar sifati bevosita tanlangan
analitik model sifatiga
bog’liq bo`lgan tahlil natijasida olinadi.
Loyihalashni tugatib va optimal parametrlarni tanlab bo`lingach loyihani baholash
bosqichi
boshlanadi.
Buning
uchun
prototip
yasaladi.
Prototiplarni
konstruktsiyalashda
jadal prototiplash
50
deb ataluvchi yangi texnologiyadan
foydalanish keng ommalashib bormoqda. Bu texnologiya prototipni pastdan
yuqoriga qarab, yangi faqat konstruktsiyaning ko`ndalang kesimi to`g’risidagi
ma`lumotlarni talab qiluvchi asl loyihadan bevosita konstruktsiyalash imkonini
beradi. Agar loyihani prototip asosida baholashda loyiha qoniqarsiz bo`lsa, yuqorida
keltirilgan ishlab chiqish jarayoni parametrlarni o`zgartirgan holda davom ettiriladi.
Loyihani baholash qoniqarli bo`lgach, loyihani
hujjatlashtirish jarayoniga
tayyorgarlik boshlanadi. Mahsulotning loyiha hujjati to`liq rasmiylashtirilgandan
so`ng, barcha hujjatlar mahsulotni ishlab chiqarish uchun korxonaga beriladi.
Mahsulotni ishlab chiqaruvchi korxona loyiha hujjatlarda ko`rsatilgan chizmalar va
hisob kitoblar asosida mahsulotni ishlab chiqarishni rejalashtiradi va bu jarayon
tayyor namunaviy mahsulotni ishlab chiqarish bilan tugaydi.
Ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash
– bu mahsulotni tayyorlash bo`yicha
texnologik jarayonlar ro`yxatini belgilab ularning parametrlarini beruvchi
operatsiya. Bir paytning o`zida jamlangan materialdan kerakli shakldagi detallarni
50
“CAD/CAM & Rapid prototyping application evaluation”, 1st edishion © 2010 Miltiadis A. Boboulos
PhD&bookbon.com.-
р
.8
122
olish uchun texnologik operatsiyani amalga oshiruvchi jihozlar tanlanadi. Ishlab
chiqarishni tayyorlash natijasida ishlab chiqarish rejasi , uskuna jihozlar uchun
dasturlar va materiallar ro`yxati tuziladi. Shu bosqichda boshqa maxsus talablar,
qisqich va bog’lash materiallarining konstruktsiyalariga ishlov beriladi. Ishlab
chiqarish jarayoniga tayyorgarlik loyihalash jarayonining sintez kichikjarayoni kabi
mutaxasislarning katta hayotiy tajribasini va sifatli qarorlarni qabul qilishni talab
etadi. Bu tavsifdan mazkur bosqichni to`liq komp’yuterlashti
rish murakkabligi
ko`rinib turibdi. Texnologik tayyorgarlik tugagach tayyor mahsulotni ishlab
chiqarishni boshlash hamda ishlab chiqarilgan mahsulot talabga to`liq mos kelishi
tekshiriladi. Sifat nazoratida a`lo baho olgan detallar bir joyga yig’iladi, ishlashi
sinovdan o`tkazilib, qadoqlanadi. Tamg’alanib buyurtmachilarga yuboriladi.
Biz mahsulotning hayot siklini qarab chiqdik. Endi bu siklning barcha bosqichlarida
CAD/CAM/CAE
- texnologiyalari qanday qo`llanilishini ko`rib chiqamiz. Yuqorida
aytib o`tgakichikizdek, sintez kichikjarayonida komp’yuterlar keng qo`llanilmaydi.
Chunki ular bo`lgusi mahsulot to`g’risidagi axborotlarni sifatli qayta ishlash
imkoniyatiga ega emas. Lekin hatto bu bosqichda loyihachi masalan,
tijorat
ma`lumotlar bazasidan tahlilni amalga oshirish uchun muhim axborotlarni
muvofaqqiyatli yig’ishi, shuningdek kataloglardagi ma`lumotlardan foydalanishi
uchun loyihalarni asoslash jarayonida komp’yuterlarni qo`llashini tasavvur etib
bo`lmaydi, chunki komp’yuterlar hali intellektual ijod uchun kuchli vositaga
aylangani yo`q.
Bu bosqichda har xil asoslangan loyihalarni
chizmalarini yaratish, hisob kitob
ishlarini amalga oshirishda komp’yuterlardan keng foydalanildi.
Chizmalarni ishlab chiqishning avtomatlashgan tizimida makrodasturlar,
shuningdek parametrik va geometrik modellashtirish vositalaridan foydalanish
foydali bo`ladi.
Loyihalash jarayonida keng qo`llaniladigan geometrik modellashtirish tizimi bu
chizmalarni ishlab chiqishning avtomatlashgan tizimida uch o`lchovli
ekvivalent,
ya`ni uch o`lchamli ishlovchi dasturiy paketdir.
Dostları ilə paylaş: