58
№
Iyerarxiya
bosqichlari
Tashkil etuvchi
elementlar
Biologik va texnologik
funktsiyalar
Bosqichlarda
boradigan
hodisalar
reaktsiyalar,
issiqlikmodda
almashinuv
jarayonlari
V
Meva danagi
mag’zi
Hujayra, hujayra
atrofidagi
moddalar
Yog’ olish
uchun
mag’zning hujayraviy
strukturasini yaxshilash
Infraqizil nurlar
bilan ishlov
berilganda ichki
issiqlikmodda
almashinuv
VI
Danak mag’zlari
qatlami
Danak mag’zi
(yaxlit va
maydalangan)
Mag’z strukturasini
presslash uchun
yaxshilash
Infraqizil nurlar
bilan ishlov
berilganda tashqi
issiqlikmodda
almashinuv
VII
Danak mag’zlari
qatlami va
qurilma
Qurilma
konstruktsiyasi
elementlari
Materialni presslashga
tayyorlash
I dan VI
bosqichgacha
bioissiqlikmodda
almashinuv
jarayonlari va
ularning qurilma
tashqi
muhiti
bilan ta`siri
Iyerarxiyaning 2 va 3-chi bosqichlarida danak mag’zidagi oqsil, murakkab
lipidlar, membranalarda boradigan jarayonlar, biokimyoviy o`zgarishlar, fazali
o`tishlar va strukturali o`zgarishlar ko`riladi.
Iyerarxiyaning to`rtinchi bosqichida danak mag’zi hujayrasida boradigan fizik-
kimyoviy effektlar va hodisalar ko`riladi.
Beshinchi bosqichda danak mag’zida infraqizil nurlar bilan ishlov berilganda
boradigan jarayonlar tadqid qilinadi, mag’zida IQ-nurlarning yutilishi va tarqalishi
ko`riladi, ichki issiqlikmodda almashinuv tekshiriladi.
Keyingi bosqichlarda tashqi faktorlarning danak mag’zida
termik ishlov
berilganda boradigan biotexnologik jarayonga ta`siri tadqiqod qilinadi.
Ma’ruza 5.
Ilmiy tadqiqotda modellashtirish. Matematik modellar tasnifi.
MATLAB va Simulink.
Tabiiy va sun’iy ob`ektlarda bevosita nazariy va amaliy tadqiqotlarni amalga
oshirish juda murakkab bo`ladi. Ilm-fan shuning uchun real ob`ektlar bilan emas,
balki ularning modellari bilan ishlaydi va faqat natijalar real ob`ektlarda tekshirib
ko`riladi.
59
Model
(lot.
modelium
“namuna” ma`nosini anglatadi) ilmiy tadqiqotda
tadqiqotchi tomonidan sun`iy ravishda tayyorlangan sistemani anglatadi, bu sistema
tadqiqot qilinayotgan ob`ektga o`xshash bo`ladi, ya`ni tabiiy sharoitda ob`ektda
boradigan jarayon va ob`ektning xarakterli tomonlarini amalga oshiradi.
Shuni bilish kerakki,
modellash
- bu tadqiqot ob`ektini oldindan tanlangan
model bilan almashtirish usulidir. Ba`zida bunday almashtirish ob`ektni
analitik
soddalashtirilgan ifodasiga o`tish, ya`ni ob`ektni ma`lum bir axborot bilan
almashtirish bilan hosil qilinadi. Ba`zida ob`ekt tabiatan o`ziga bir xil bo`lgan yoki
bir xil bo`lmagan ob`ekt bilan almashtiriladi (misol uchun plug korpusi
kichraytirilgan holda laboratoriyada, daryo yoki to`g’on o`zining
kichraytirilgan
modelida laboratoriyada o`rganilishi mumkin).
Modelni tanlash
- ilmiy tadqiqotlarning nazariy jihatdan qiyin masalalaridan
biridir. Tushunarliki, model, ob`ektda qo`yilayotgan vazifaga adekvat (mos)
bo`lishi kerak. Mos kelish bu holatda, qo`yilgan vazifa uchun ahamiyatli bo`lgan
ob`ektni sifatlarini modelda hosil qilish ma`nosini beradi. Ammo,
qanday qilib,
oldindan ob`ektning qaysi bir sifatlari ahamiyatligini bilish mumkin? Ta`kidlash
mumkinki, agar model avvaldan ma`lum bo`lsa va ob`ekt to`g’risidagi bilimlarni
aniqlasa ham, unda tadqiqot ahamiyatli, yangi natijalar bermaydi.
Model hamma
vaqt gipoteza va taxmindir.
Fan va texnikaning turli sohalarida ko`plab modellar
taklif qilinadi. Ammo, ularning barchasini to`rt sinfga bo`lish mumkin:
Dostları ilə paylaş: