62
4.3-rasm. Matematik modelni ishlab chiqish tarxi
24
Biroq, taklif etilayotgan modelning aynanligi
haqidagi xulosa bunday
tekshirishda sezilarli darajada sub`yektivdir. Modelni mavjud narsani tasvirlashga
majbur
etish mumkin, biroq u hali o`sha mavjudlik emas.
Real vaziyatlar turli maqsadlarda modellashtiriladi. Ulardan asosiysi -
yangi natijalarni yoki hodisaning yangi xossalarini oldindan aytib berishdir.
Ko`pincha bunday oldindan aytishlar barcha ehtimollarga ko`ra kelajakda o`z
o`rniga ega bo`ladi. Bashorat hodisalarga ham taalluqli bo`lishi mumkin.
Bularni
bevosita eksperiment yo`li bilan tadqiq etish mumkin emas (kosmik tadqiqotlar
programmalaridagi bashoratlar). Boshqa modellar o`lchov ko`lamini
ancha qulay
qilish maqsadida quriladi. Masalan, harorat uchun chiziqlik shkala termometrda
foydalaniladigan matematik model hisoblanadi. Texnikaviy ob`ektlardagi
matematik modellar avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari (ALT)da keng
qo`llaniladi. Bu modellarni
mikro-, makro- va metomiqyoslarda
bajarish mumkin,
bular ob`ektdagi jarayonlarni ko`rib chiqish detallashtirilgan darajasiga ko`ra
farqlanadi.
Mikromiqyosdagi
texnikaviy ob`ektning matematik modeli bo`lib
xususiy
hosilalardagi deferentsial tenglamalar sistemasi hisoblanadi,
bular belgilangan
chegara shartlari bilan yaxlit muhitdagi jarayonlarni ifoda etadi.
Makromiqyosdagi
texnikaviy ob`ekt matematik modeli bo`lib, belgilangan
boshlang’ich shartli oddiy deferentsial tenglamalar sistemasi hisoblanadi.
Metomiqyosda
avtomatlashtirilgan boshqaruv nazariyasi
va ommaviy xizmat
nazariyasini tadqiq etish predmeti bo`lgan ob`ektlar uchun matematik model
tuziladi.
24
Л.В. Перегудов, М.Х. Саидов, Д.Е. Алиqулов. Илмий ижод методологияси.- Тошкент: "Молия" нашриёти,
2002 й. - б.22
63
Modellashtirishning boshlang’ich jarayonida ko`rib chiqilayotgan matematik
o`zgaruvchanlik tabiatini belgilash qabul qilinadigan muhim echim hisoblanadi.
Amalda ular ikki sinfga bo`linadi:
•
aniq
o`lchash
va
boshqarish
mumkin
bo`lgan
determinlangan
o’zgaruvchilar;
•
aniq o`lchash mumkin bo`lmagan va tasodifiy
tavsifga ega stoxastik
o`zgaruvchilar.
Dostları ilə paylaş: