Instituti


paketiga o`xshash shaxsiy paket mavjud. Simulink dasturi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/101
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#180742
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   101
Ilmiy tadqiqot metodologiyasi

 
paketiga o`xshash shaxsiy paket mavjud.
Simulink dasturi. 
Oxirgi yillarda 
Simulink 
dasturi dinamik tizimlarni 
modellashtirish va simulyatsiyalash (o`xshatish) uchun fanda va sanoatda eng keng 
qo`llaniladigan dasturlar paketi bo`lib qoldi.
Simulink 
dan foydalanib, namunalardan osongina modellarni shakllantirish 
mumkin yoki mavjud modellarga yangi komponentlarni qo`shish mumkin. 
Simulyatsiya interaktiv jarayondir, shuning uchun ishlash vaqtida parametrlarni 
o`zgartirish va o`zgartirish natijalarini birdan ko`rish mumkin. MATLAB
®
ning 
tahlil qilish asboblar vositalarini to`g’ridan–to`g’ri ochish imkoniyati mavjud va 
binobarin natijalarni olish, ularni tahlil qilish va barcha zarur grafiklarni chizish 
mumkin. 


69 
Simulink
yordamida haqiqatga yaqinroq nochiziqli modellarni tekshirish 
mumkin. Masalan, ishqalanish, havo qarshiligi, mexanizmning siyqalanishi, keskin 
to`xtashlarni va boshqa omillarni hisobga oluvchi real hodisalarni tasvirlovchi 
modellarni tekshirish mumkin.
Shunday qilib, 
Simulink
– bu dinamik tizimlarni modellashtirish, 
simulyatsiyalash va tahlil qilish uchun xizmat qiluvchi dasturlar paketidir. Bu paket 
uzluksiz vaqtda, vaqt intervalida yoki ikkalasining ham uyg’unligida
modellashtirilgan chiziqli va nochiziqli tizimlarni qo`llab – quvvatlaydi. Bu tizimlar 
ko`p tezlikli tizimlar bo`lishi mumkin, ya`ni turli tezliklar bilan tanlangan yoki 
yangilangan har xil qismlarga ega bo`lishi mumkin. 
Modellashtirish uchun 
Simulink
foydalanuvchining grafik interfeysini 
ta`minlaydi. Foydalanuvchining grafik interfeysi sichqonning 
«click – and – drag»
operatsiyasi yordamida modelning blok–sxemasini shakllantirish imkoniyatini 
beradi. Bu interfeys yordamida modellarni qog’oz va qalam bilan chizgan kabi 
«
chizish
» mumkin. Bunday imkoniyat oldingi modellashtirish paketlari 
imkoniyatlaridan ancha ilgaralib ketgan. Avvalgi modellashtirish paketlari echilishi 
lozim bo`lgan differentsial va chekli ayirmali tenglamalar ma`lum tilda yoki dastur 
ko`rinishida tasvirlanishini talab qilar edi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin