57
Misol tariqasida meva danagi mag’zidan yog’ olish texnologik tizimida
joylashgan danak mag’zini issiqlik ishlov berish jarayonini ko`rib chiqamiz (4.1-
jadval). Bu jarayonni mukamallashtirish va issiqlik ishlov berishda danak mag’zida
kechagidan issiqlikmoddaalmashinuv va biokimyoviy hodisalarni o`rganish hamda
har xil faktorlarning yog’ning chiqishi va sifatiga ta`sirini aniqlash maqsadida
jarayonni tahlil qilib, texnologik jarayonning ieraraxik strukturasini tuzamiz.
Iyerarxik
ifodalash
atom-mokulekulyar
bosqichdan
butun
qurilma
masshtabidagi ishlov berilayotgan mahsulot qatlamigacha bo`lgan bosqichlarda
biokimyoviy va fizik jarayonlar amalga oshirilishi natijasida bo`ladigan fizik-
kimyoviy effekt va hodisalar orasidagi o`zaro aloqalarni ochib berishga imkon
beradi.
O`z navbatida har bir bosqichda ma`lum funktsiyalarni bajaruvchi, shu
bosqichga tegishli effekt va hodisalarni ichiga olgan o`zining tizimlarini ajratish
mumkin. Bizning misolimizda danak mag’ziga issiqlik ishlov berish jarayonini
ettiga o`zaro bog’lik iyerarxik bosqich bilan ko`rsatish maqsadga muvofiq bo`ladi.
Jadvalda iyerarxiya bosqichlari funktsiyalari bilan hamda bu bosqichlarda boradigan
hodisalar bilan ko`rsatilgan.
Iyerarxiyaning birinchi bosqichida oqsil, lipid, kletchatka va boshqalardan
tarkib topgan murakkab molekulalar strukturasi elementlari ko`rib chiqiladi.
Fermentlar, ingibitorlar, energiya tashuvchilarning funktsiyalari va danak mag’zini
infraqizil nurlar bilan ishlov berilganda kechadigan fizik-kimyoviy hodisalar
o`rganiladi.
Bu bosqich alohida hujayralarning faoliyati shartlari bilan xarakterlanadi.
Dostları ilə paylaş: