Ilmiy unvon
19
:
oliy o`quv yurtlari o`qituvchilari va ilmiy tekshirish institutlari ilmiy
xodimlariga beriladigan unvon.
O`zbekistonda oliy o`quv yurtlarida
dotsent va professor
, ilmiy tekshirish
muassasalarida
katta ilmiy xodim
va
proffessor
ilmiy unvonilari joriy etilgan.
Proffesor, dotsent va katta ilmiy xodim unvoni ilmiy darajasi bo`lgan va oliy o`quv
yurti yoki ilmiy tekshirish muassasasida pedagogik yoki ilmiy tekshirish ishlarini
bajarish jarayonida etarli malaka ko`rsatgan shaxslarga oliy o`quv yurtlari va ilmiy
tekshirish institut ilmiy kengashlari tavsiyasiga asosan O`zbeksiton Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi OAK tomonidan beriladi.
2. Magistrlik dissertatsiyasining tarkibi va uning mazmuniga quyiladigan
talablar
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 2 martdagi 36-
sonli Qaroriga asosan tasdiqlangan “Magistratura to`g’risidagi Nizomda”:
“
Dissertatsiya talabaning ta`lim dasturlarini o`zlashtirishni yakunlovchi va o`qish
davrida egallagan nazariy va amaliy bilimlari asosida bajargan ilmiy-tadqiqot
ishlarining natijasi hisoblanadi
”- deb ko`rsatilgan.
Dissertatsiya quyidagi tarkibiy qismlardan iborat bo`lishi kerak:
•
titul varaq;
•
ikki tilda (o`qitish tili va ingliz tilida) magistrlik dissertatsiyasining
qisqacha annotatsiyasi;
•
mundarija;
•
kirish;
•
asosiy qism;
•
xulosa;
•
adabiyotlar ro`yxati;
•
ilovalar (mavjud bo`lsa).
Kirish quyidagilarni qisqacha o`z ichiga olishi lozim:
•
magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi;
•
tadqiqot ob`ekti va predmeti;
•
tadqiqot maqsadi va vazifalari;
19
ЎзР ВМ ҳузуридаги ОАК
Раёсатининг 2017 йил 31 майдаги 239/5
-
сон «Илмий унвонлар бериш тартиби
тўғрисидаги низомга ўзгартириш ва қўшимчалар киритиш ҳа
q
ида»ги қарори (ЎзР Адлия вазирлиги
томонидан 2017 йил 23 июнда рўйхатдан ўтказилди, рўйхат рақами 2793
-2).
40
•
ilmiy yangiligi;
•
tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari;
•
tadqiqot mavzusi bo`yicha adabiyotlar sharhi (tahlili);
•
tadqiqotda qo`llanilgan metodikaning tavsifi;
•
tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati;
•
ish tuzilmasining tavsifi.
Magistrlik dissertatsiyasining asosiy qismi kamida uch bobdan iborat bo`lib,
boblar hajm jihatidan o`zaro mutanosib bo`lishi va quyidagilarni o`z ichiga olishi
lozim:
•
tadqiqot mavzusiga taalluqli boshqa manbalarda keltirilgan nazariy, amaliy
va empirik tadqiqotlar natijalarining tanqidiy tahlili;
•
tadqiqot metodikasi va ishning amaliy qismi bayoni;
•
tadqiqot olib borilgan masalani hal etishda magistratura talabasining
shaxsiy hissasi ko`rsatilgan holda tadqiqotning asosiy natijalari bayoni.
Magistrlik dissertatsiyasining xulosa qismida barcha boblarda qayd etilgan
natijalarning ilmiy va amaliy ahamiyati, shuningdek ilmiy tadqiqot muammosini hal
etish bo`yicha xulosalar yoritiladi. Xulosa qismi 4 sahifadan oshmasligi kerak.
Magistrlik dissertatsiyasiga uning mazmunini bayon etish uchun bevosita zarur
bo`lgan qo`shimcha ma`lumotlarni o`z ichiga olgan materiallar ilova qilinishi
mumkin. Ilova qismining hajmi magistrlik dissertatsiyasi umumiy hajmining uchdan
bir qismidan oshmasligi lozim.
Magistrlik dissertatsiyasi ustida ishlayotgan magistratura talabasi kasb odob-
axloqi qoidalariga rioya etishi (plagiat, ma`lumotlarni soxtalashtirish, shuningdek
yolg’on tsitatalar keltirishga yo`l qo`ymaslik) lozim.
Dissertatsiya matni standart varaqda yozilgan bo`lib, unda quyidagi qoidalarga
rioya etilgan bo`lishi lozim:
•
qatorlar oralig’i — 1,5 sm;
•
yuqori va pastki hoshiya 2 sm, satr boshi: chap tomondan 3 sm, o`ng
tomondan 2 sm;
•
xatboshilar orasidagi oraliq — 5 yoki 6 belgili.
Magistrlik dissertatsiyasi matnini
Misrosoft Word
matnli redaktorida
Times
New Roman
shriftida yozish tavsiya etiladi.
Magistrlik dissertatsiyasining hajmi titul varaq, mundarija, adabiyotlar ro`yxati
va ilovalardan tashqari 70 - 80 sahifa bo`lishi tavsiya etiladi.
Magistrlik dissertatsiyasi magistratura talabasi o`qigan tilda (kafedra yoki
magistratura bo`limi tavsiyasiga muvofiq chet tilda) tayyorlanadi. CHet tilda
tayyorlangan magistrlik dissertatsiyasiga davlat tilida yozilgan annotatsiya ilova
etiladi. Bunday magistrlik dissertatsiyalarining dastlabki va rasmiy himoyalari
tarjima bilan o`tkaziladi.
Magistratura mutaxassisligi xususiyati hisobga olingan holda magistrlik
dissertatsiyasi tarkibiy qismlarining mazmuni va hajmi fakul’tet O`quv-metodik
kengashining qarori bilan o`zgartirilishi va ko`paytirilishi mumkin.
|