122
olish uchun texnologik operatsiyani amalga oshiruvchi jihozlar tanlanadi. Ishlab
chiqarishni tayyorlash natijasida ishlab chiqarish rejasi , uskuna jihozlar uchun
dasturlar va materiallar ro`yxati tuziladi. Shu bosqichda boshqa maxsus talablar,
qisqich va bog’lash materiallarining konstruktsiyalariga ishlov beriladi. Ishlab
chiqarish jarayoniga tayyorgarlik loyihalash jarayonining sintez kichikjarayoni kabi
mutaxasislarning katta hayotiy tajribasini va sifatli qarorlarni qabul qilishni talab
etadi. Bu tavsifdan mazkur bosqichni to`liq komp’yuterlashti rish murakkabligi
ko`rinib turibdi. Texnologik tayyorgarlik tugagach tayyor mahsulotni ishlab
chiqarishni boshlash hamda ishlab chiqarilgan mahsulot talabga to`liq mos kelishi
tekshiriladi. Sifat nazoratida a`lo baho olgan detallar bir joyga yig’iladi, ishlashi
sinovdan o`tkazilib, qadoqlanadi. Tamg’alanib buyurtmachilarga yuboriladi.
Biz mahsulotning hayot siklini qarab chiqdik. Endi bu siklning barcha bosqichlarida
CAD/CAM/CAE
- texnologiyalari qanday qo`llanilishini ko`rib chiqamiz. Yuqorida
aytib o`tgakichikizdek, sintez kichikjarayonida komp’yuterlar keng qo`llanilmaydi.
Chunki ular bo`lgusi mahsulot to`g’risidagi axborotlarni sifatli qayta ishlash
imkoniyatiga ega emas. Lekin hatto bu bosqichda loyihachi masalan, tijorat
ma`lumotlar bazasidan tahlilni amalga oshirish uchun muhim axborotlarni
muvofaqqiyatli yig’ishi, shuningdek kataloglardagi ma`lumotlardan foydalanishi
uchun loyihalarni asoslash jarayonida komp’yuterlarni qo`llashini tasavvur etib
bo`lmaydi, chunki komp’yuterlar hali intellektual ijod uchun kuchli vositaga
aylangani yo`q.
Bu bosqichda har xil asoslangan loyihalarni chizmalarini yaratish, hisob kitob
ishlarini amalga oshirishda komp’yuterlardan keng foydalanildi.
Chizmalarni ishlab chiqishning avtomatlashgan tizimida makrodasturlar,
shuningdek parametrik va geometrik modellashtirish vositalaridan foydalanish
foydali bo`ladi.
Loyihalash jarayonida keng qo`llaniladigan geometrik modellashtirish tizimi bu
chizmalarni ishlab chiqishning avtomatlashgan tizimida uch o`lchovli ekvivalent,
ya`ni uch o`lchamli ishlovchi dasturiy paketdir.
Dostları ilə paylaş: